12:40 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
1172 0 0

Oʻzbekistonda birorta ham zamonaviy avtomobil ishlab chiqarilmaydi - “Za rulyom” bosh muharriri.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik.  Rossiyaning yetakchi avtomobil jurnali, “Za rulyom” boshmuharriri Artur Saruxanov Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar haqida oʻz fikrini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Oʻzbekistonda Chevroletning Equinox va Trail Blazer kabi avtomobillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

Ushbu munosabat bilan Sputnik muxbiri Rossiyaning yetakchi avtomobil jurnali - “Za rulyom” bosh muharriri bilan bogʻlanib, kelajakda ushbu avtomobillarning Rossiya bozorida istiqbollari qanday boʻlishi mumkinligi bilan qiziqdi. 

Saruxanov aytishiga qaraganda, koʻp narsa ularning narxiga bogʻliq boʻladi. Agar ushbu avtomobillarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish evaziga, ularning narxini pasaytirish imkoni paydo boʻlsa, bunday avtomobillar Rossiya bozorida oʻz xaridorlarini topadi.

Ikkinchidan, Trail Blazer – ramali, yoʻltanlamas avtomobil. Hozir Rossiya bozorida juda sanoqli haqiqiy yoʻltanlamaslar qolgan. Bunday avtomobillarga har doim, oz boʻlsada, ovchi va baliqchilar orasida talab bor. 

Ekspert fikriga koʻra, Oʻzbekistonda zamonaviy, yetakchi avtomobillar ishlab chiqarilmaydi.

“Bir vaqtlar boshqa joylarda muvaffaqiyat qozongan avtomobillarga “ikkinchi hayot” berishga harakat qilishmoqda. Bunday avtomobillarning ham oʻz xaridorlari bor, albatta, lekin hozir Oʻzbekistonda birorta ham zamonaviy, yetakchi avtomobil ishlab chiqarilmaydi”, - deydi ekspert.  

Saruxanov fikriga koʻra, hozir Rossiyada kichik va yengil krossoverlar segmenti juda yaxshi sotilmoqda. Iqtisodiy vaziyat qiyin boʻlishiga qaramasdan Hyundai Creta va Renault Kaptur avtomobillari “issiq boʻgʻirsoqday” tez sotilmoqda.

Asosiy mavzular