15:04 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Analitika
Havola olish
310 0 0

Strategik rejalashtirish va prognozlash instituti direktori, Rossiya fanlar akademiyasi Sotsiologiya instituti ilmiy xodimi, siyosiy fanlar doktori, professor Aleksandr Gusev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi rivojlanish istiqbollari toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

YEOII – bu yagona 108 million isteʼmolchilarni oʻz ichiga olgan bozordir. Bugungi kunda juda muhim xalqaro oʻyinchilar – Singapur, Isroil, Hindiston bilan muzokaralar olib borilmoqda.

YEOII va Vyetnam oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida bitim mavjud. Shuningdek, Eron va Xitoy bilan hujjatlar imzolangan.

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kelajakdagi istiqboli, sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlarining toʻliq integratsiya qilish uchun  tuzilgan. Oʻylaymanki, IOII asta-sekinlik bilan uning tarkibiga kiradigan davlatlar hisobiga kengayadi ”, - dedi ekspert.

U bugungi kunda kun tartibidan koʻproq iqtisodiy masalalar oʻrin olganini, biroq kelajakda siyosiy masalalar koʻproq boʻlishini taʼkidladi.

2014-yilning 29-may kuni Nur-Sultonda Rossiya, Belarus va Qozogʻiston prezidentlari tomonidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tuzish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan.

29-may kuni Nur-Sultonda Yevroosiyo ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida bitimni imzolanganiga 5 yil toʻlishi munosabati bilan yigʻilish oʻtkaziladi.  

Tadbirda Yelboshi Nursulton Nazarboyev, Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armeniya bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etadi.

Shuningdek, yigʻilishda YEOIIda kuzatuvchi davlat sifatida Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev faxriy mehmon sifatida qatnashadi.

Asosiy mavzular