15:27 04 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Analitika
Havola olish
684 0 0

Rossiya Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy qoʻmitasi raisi Kirill Kabanov Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishda toʻsqinlik qilayotgan omillarni sanab oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”da farmonni imzoladi. Farmon bilan korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi tegishli sohada korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoʻqotish hisoblanadi. Shuningdek, farmonga asosan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, yoshlarga korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tatbiq etiladi. 

Bundan tashqari, muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Rossiyalik ekspert soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekiston eng yuqori rasmiy darajada ushbu illatni tag-tomiri bilan yoʻqotishga faol kirishdi.

“Oʻzbekistonning korruptsiyaga qarshi kurashishga boʻlgan maqsadlarini faqat olqishlash mumkin, lekin koʻpgina omillar hozircha real natijalarga toʻsqinlik qilmoqda. Bunday mamlakatlar uchun anʼanaviy oshna-ogʻaynigarchilik modelidan darhol zamonaviy yondashuvga oʻtish juda qiyin. Aslini olganda, mamlakatda biz 2000-yillar boshida Rossiyada kuzatgan jarayonlar rivojlanmoqda: sud va maʼmuriy tizimdagi islohotlar, mansabdor shaxslarning javobgarligi va hokazolar. Qozogʻiston bu sohada yaxshi natijalarga erishdi. Shunday qilib, Oʻzbekiston qoʻshni davlatlar tajribasini qoʻllagan holda boy berilganlarni qaytarib olishi osonroq boʻlishi ehtimoldan yiroq emas”, - deydi Sputnik᾽ka bergan interyusida Kabanov.

Uning soʻzlariga koʻra, rivojlanayotgan davlatlar allaqachon korruptsiya milliy xavfsizlikka bevosita tahdid solishini anglab yetishgan, shuning uchun bu illatga qarshi kurashish global savdo va boshqa loyihalarda ishtirok etayotgan davlatlarning umumiy vazifasidir.

Yoshlar oʻrtasida korruptsiyaga qarshi ish olib borishga toʻxtaladigan boʻlsak, Kabanov bu gʻoyani qoʻllab-quvvatladi. Yosh avlod ongiga bu illatning naqadar zararli ekanligi singdirgandan soʻng korruptsiyaga yanada samarali qarshi kurashish mumkin boʻladi.

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Kabanov obʼyasnil, chto meshayet Uzbekistanu v borbe s korruptsiyey

Asosiy mavzular