14:35 04 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Analitika
Havola olish
98701

Oʻzbekistonda ikki mamlakat bosh vazirlari darajasida hukumatlararo komissiya yigʻilishi oʻtkazildi. Moskva va Toshkent hamkorligi haqida gapirar ekan, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Oʻzbekiston-Rossiya sherikligining Amerika Markaziy Osiyoda koʻzlaydigan maqsadlardan nimasi bilan farqlanishini aytib oʻtdi.

Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining asosiy maqsadi - hamkorlikda ikki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va bu bilan xalqlar farovonligiga erishish, deya qayd etdi vazir Oreshkin.

"Amerikalik sheriklar Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonni, birinchi galda Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi allaqanday bufer zona sifatida koʻradi. Ayniqsa, Vashington va Pekin oʻrtasida mavjud qarama-qarshilikni hisobga oladigan boʻlsak. AQShdan farqli oʻlaroq, Rossiya iqtisod taraqqiyotiga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantiradi. Oʻzbekiston biz uchun geosiyosiy oʻyindagi qiymatga ega boʻlmagan chaqa emas, haqiqiy sherikdir", - deb taʼkidladi Oreshkin.

RF iqtisodiy rivojlanish vaziri izohini Sputnik radiosi podkastida tinglang.

Oreshkin: v otlichiye ot SSHA dlya RF Uzbekistan — partner, a ne razmennaya karta

Asosiy mavzular