15:19 04 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Analitika
Havola olish
1213 0 0

Harbiy ekspert, “Milliy mudofaa” jurnali bosh muharriri Igor Korotchenkoning soʻzlariga koʻra, AQSH Iroq va Suriyada tirik qolgan jangarilarni Afgʻonistonga tashimoqda.

Korotchenko taʼkidlashicha, AQSH harbiy transport aviatsiyasiga qarashli samolyotlari jangarilar bilan Afgʻonistonda birma-bir qoʻnmoqda.

“Vaziyat u yerda murakkab va noaniq. AQSH afgʻon qurolli kuchlarini mustahkamlash bilan birga, Afgʻonistonga Suriya va Iroqda tirik qolgan tajribali jangarilarni oʻtkazmoqda”, - deb taʼkidladi harbiy ekspert Sputnik Tojikistonga.

Ekspertning fikriga koʻra, AQSH Markaziy Osiyo respublikalarida mavjud boʻlgan muammolardan oʻz manfaatlarida oʻynashi mumkin.

“U yerda harbiy-siyosiy barqarorlikni buzish, Afgʻonistondan terrorizmni sobiq ittifoq hududiga eksport qilish, Rossiya va Xitoyga katta muammo yaratish”, - deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

Korotchenko Rossiya AQShning bunday harakatlari natijasida vaziyat izdan chiqib ketmasligi uchun zudlik javob berishi kerakligini taʼkidladi.

Tojikiston qurolli kuchlari oʻz hududini himoya qilish boʻyicha majburiyatlarni talab darajasida bajarishi uchun koʻmak berish maqsadida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Dushanbega yaqinda  tashrifi amalga oshirilganini qayd etdi.  

Rossiya Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Zubov yanvarda aytgan soʻzlariga qaraganda, “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi Rossiyaning janubiy chegaralarida qochoqlarni “siqib chiqarish” bilan keng miqyosli provokatsiyalarni tayyorlamoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Korotchenko o tadjiksko-afganskoy granitse

Asosiy mavzular