00:04 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

SHHT sammitida qanday masalalar koʻriladi - ekspert

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova
Analitika
Havola olish
33410

RFA Uzoq Sharq instituti rahbari Sergey Luzyanin boʻlajak SHHT sammiti haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

13-14 iyun kunlari Bishkekda Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi.

RFA Uzoq Sharq instituti rahbari Sergey Luzyaninga koʻra, SHHT kun tartibidan oʻrin olgan iqtisodiy masalalarga AQSH va Xitoy oʻrtasida avj olgan savdo urushi oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmagan. Boʻlajan SHHT sammiti kun tartibidan yigirmaga yaqin masalalar oʻrin olgan. Kutilishicha, tomonlar SHHT Bankini tashkil etish hamda zamonaviy tahdid va chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurash olib borish masalalarini muhokama qiladilar.

SHHT tarkibiga kiruvchi davlatlar - bu Rossiya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekiston.

"Albatta, XXR raisi Si Tszinpin forum doirasida qator ikkiyoqlama uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirayotgani bejiz emas. Iqtisodiy masalalar kun tartibiga ortda qolayotgan boʻgʻinlarni chuqurlashtirish zarurati yuzasidan boʻlgan masalalar, xususan, banklararo hamkorlik va investitsiyaviy hamkorlik yoʻnalishidagi masalalar ham taʼsir koʻrsatadi. Bu sohada koʻplab foydalanilmagan resurslar mavjud", - deydi Luzyanin.

Ekspertga koʻra, bugun xavfsizlik sohasida ham yangi chaqiriqlar turibdi.

"Bu eng avvalo Afgʻoniston hududida ID jangarilari mavjudligi. Tashkilotga aʼzo barcha davlatlar buni yaxshi tushunadi. Rossiya uchun esa joriy sammit Bishkek raisligida oʻtkazilayotgani ham juda muhim. Qirgʻiziston Markaziy Osiyoda muhim oʻyinchilardan biri boʻlib, bugungi kunda uning infratuzilma, logistika, investitsiya sohalarida hamkorlik qilishga ehtiyoji borligi bizga maʼlum. Shu jumladan, temir yoʻl qurilishi ham sammit xoʻjayinlariga qiziq va koʻpdan beri muhokama qilib kelinadi", - dedi ekspert.

Luzyanin SHHT sammiti juda sermahsul, shu bilan birga murakkab boʻlishini aytadi.

"Har holda kengaytirilgan tarkib - sakkizta davlat ishtiroki va qolaversa, kuzatuvchi davlatlar rahbarlari bilan jami oʻn bir yetakchi ishtiroki SHHT sammiti haqiqatan ham juda muhim siyosiy va iqtisodiy voqelik boʻlishini anglatadi", - deb taʼkidlaydi ekspert.

Asosiy mavzular