03:49 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Glavы gosudarstv - chlenov SHOS

Yarim koinotni birlashtirgan sakkiztalik: davlatlar nega SHHTga intiladi?

Press-slujba Prezidenta RF
Analitika
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
1375 0 0

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahriga SHHTga aʼzo mamlakatlar hamda kuzatuvchi maqomidagi davlatlar yetakchilari kelishmoqda. Delegatsiya harakatlanishi tufayli shu kunlarda Bishkekda yoʻllarda harakatlar cheklanadi.

TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Bishkekda Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga start berildi. Oliy darajadagi mehmonlar allaqachon kelishni boshlashgan. Xususan, 13 iyun kuni Bishkekka kelgan birinchi oliy martabali mehmon - Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani boʻldi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston tomonidan tashkil topgan. Oradan oʻn besh yil oʻtib unga Hindiston va Pokiston ham qoʻshildi. Afgʻoniston, Belarus, Eron, Moʻgʻuliston esa kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega.

Bugun sizlarga "SHHT oilasi" haqida toʻliq maʼlumot beramiz.

"SHHT oilasi" nima degani?

SHHTga aʼzo mamlakatlar rahbarlari kengashi majlisi Bishkekda 13-14 iyun kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida boʻlib oʻtmoqda, deb yozadi RIA Novosti.

BMTning sobiq rahbari Pan Gi Mun SHHTni yevroosiyo mintaqasidagi yetakchi tashkilot deb hisoblaydi. U integrallashuv, harbiy yoki oʻta iqtisodlashgan ittifoq ham emas. YEI, misol uchun, SHHTni prezidentlar klubi, deya ataydi. Aslida esa bu juda jiddiy xalqaro tashkilot boʻlib, xalqaro xavfsizlikning muhim omili hisoblanadi.

SHHT sakkizligidan - Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Hindiston hamda Pokiston oʻrin olgan. Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka muloqot boʻyicha sheriklar maqomida. Isroil, Suriya, Saudiya Arabistoni davlatlari ham oʻz arizalarini yoʻllaganlar. Mana shu 18 davlatning barchasi turli maqomda "SHHT oilasi"ni hosil qiladi.

Shunisi eʼtiborliki, "oilada" shunday davlatlar ham borki, ularni bir-biriga nisbatan doʻstona munosabatda deya atash qiyin: Ozarbayjon va Armaniston, Hindiston va Pokiston shular jumlasidan. SHHTning rasmiy tillari — rus va xitoy tillaridir, ammo zarurat tugʻiladigan boʻlsa, ingliz tilida ham muloqot qilinadi.

Tsindaodagi sammit nega tarixiy deb ataladi?

Oʻtgan yili Tsindao (Xitoy)dagi sammitda dunyoning eng obroʻli ikki davlati - Hindiston va Pokiston - SHHTga qoʻshilish jarayonini yakunladi. Mana shundan soʻng tashkilot dunyoning teng yarim aholisini qamrab oldi. SHHT davlatlari - bu Yevroosiyo davlatlarining kattagina qismini tashkil etadi.

SHHT uchun anʼanaviy boʻlgan mavzular - xavfsizlik va iqtisod sohasida hamkorlik, terrorizm va narkotik savdosiga qarshi kurashdir. Ammo XXR raisi Si Tszinpin sammitda AQSH bilan boʻlayotgan savdoga oid kelishmovchiliklarni hamda terrorizmga qarshi kurash masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

"SHHTning tashkil topishi uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan, ammo bunday darajadagi uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro kun tartibida boʻlgan eng muhim masalalarga muayyan eʼtibor qaratiladi", - deya eslatishadi Pekinda.

Sammit yakuniga koʻra, davlat rahbarlari deklaratsiya, qoʻshma kommyunike hamda hamkorlik haqidagi bir nechta bitimlarni imzolaydilar.

Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi mojaro barham topganmidi?

Fevral oyida boʻlib oʻtgan eskalatsiyadan soʻng SHHT majlisi doirasida Hindiston va Pokiston yetakchilari ilk marotaba bitta stol atrofida yigʻiladi. Yigirma yettinchi fevral kuni Hindiston HHK Pokiston tomonidan nazorat qilinadigan Kashmir hududi boʻylab aviazarbalarni amalga oshirgan edilar. Marra sifatida "terrorchilarning yirik lageri" eʼlon qilingan edi. Bunga javoban Pokiston Kashmirning Hindiston nazorat qiladigan qismiga aviahujumni amalga oshirdi.

Moskvada aytishlaricha, ushbu mojaro SHHT ishiga unchalik taʼsir qilmagan, sababi, ikkiyoqlama kelishmovchiliklar hech qachon umumiy maydonga olib chiqilmaydi. Bu qatʼiy printsipial yondashuv. Bundan tashqari, Hindiston va Pokiston hatto ularning chuqur kelishmovchiligini hisobga olgan holatda ham, SHHTda terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilib kelmoqda, shu jumladan bu hamkorlik Mintaqaviy aksilterror tuzilmalar doirasida ham davom ettirilmoqda.

Hozircha, shu maʼlumki, Pokiston Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining Bishkekdagi sammitga uchishi uchun oʻz osmonini ochib beradi. Taxminlarga koʻra, Pokistonning ushbu ijobiy harakatiga Hindiston ham pozitiv javob qaytaradi.

Aytgancha, Bishkekdagi sammitdan soʻng Vladimir Putin va Si Tszinpin Tojikiston poytaxti Dushanbega yoʻl oladilar, u yerda 14-15 iyun kunlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha davlat rahbarlarining beshinchi sammiti oʻtkaziladi.

Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan ushbu xalqaro forum 27 davlatni birlashtiradi, u Osiyo aholisining deyarli 90 %ini qamrab olgan. Yana sakkizta davlat va beshta xalqaro tashkilot, xususan, BMT ham kuzatuvchi maqomiga ega.

Ishtirokchilar bir narsani taʼkidlaydilar: Osiyo muammolari mintaqa davlatlari tomonidan, tashqi aralashuvsiz bartaraf etilishi lozim.

Prezidentlar uchun oʻtovlar

Moʻgʻuliston va Hindiston yetakchilaridan tashqari barcha mehmonlar birinchi raqamli "Ala-Archa" davlat qarorgohida joylashadilar. Sammitning asosiy tadbirlari shu yerda oʻtkaziladi. Moʻgʻuliston prezidenti shahardan tashqarida joylashishni maʼqul koʻrdi. Xavfsizlik nuqtai-nazaridan aniq joy nomi ochiqlanmayapti. "Ala-Archa" jami 15 nafargacha prezidentlarni qabul qilishga qodir. Qirgʻiziston prezidenti ish boshqaruvchisining soʻzlariga koʻra, qarorgohdagi uylarning barchasi bir xil, shu bois aniq bir uyni band qilish borasida maslahatlardan foyda yoʻq.

Sammit ishtirokchilarini anʼanaga koʻra milliy taomlar - beshbarmoq, qazi-qarta, boorsok va chak-chaklar mehmon qilish rejalashtirilgan. Nonushta har bir mehmonning taʼbiga koʻra, qarorgohning oʻzida tayyorlanadi. Ammo davlat rahbarlarining aksariyati shaxsiy oshpazi va sanitar vrachlari bilan kelishmoqda. Ular oʻzlari bilan oziq-ovqat mahsulotlarini ham olib kelishadi. Hindiston Bosh vaziri vegetarian boʻlgani uchun unga alohida menyu taklif etiladi.

Sammit boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida, qarorgohda oʻtov oʻrnatildi. Mehmonlar oʻz xohishlariga koʻra, u yerda tushlik qilishlari mumkin.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular