11:11 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati v Gamburge

Putin va Tramp uchrashuvini kim buzishga urinayapti?

© Sputnik / Sergey Guneyev
Analitika
Havola olish
996 0 0

G-20 sammiti arafasida The New York Times gazetasida amerikalik xakerlar Rossiya elektr stantsiyalariga hujum qilgani haqidagi yolgʻon xabarlar paydo boʻldi. Ushbu axborotni chiqarishdan asl maqsad nima?

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Mana 3 yildan buyon har safar G20 davlatlari sammiti arafasida ayrim kuchlar tomonidan nima boʻlsa ham Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan harakatlar amalga oshirilayotganini kuzatish mumkin, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Galiya Ibragimova.

Ana shunday harakatlardan biri putin va Tramp uchrashuvi oldidan gʻarbiy nashrlara xakerlar aralashuvi yoki hujumi haqida vahimali sarlavhali xabarlarning chiqishidir. Birorta ham ishonchli dalil, isbot keltirilmagan, “Oq uydagi ishonchli manbaa”ga asosan chop etilayotgan ushbu xabarlar mualliflari darhol “aybdor” tomonni ham koʻrsatib qoʻyishadi.

Maqsad - nima qilib boʻlsa ham uchrashuvni buzish 

2017 yilda Gamburgda boʻlib oʻtgan G20 sammiti oldidan Bloomberg  agentligi rossiyalik xakerlar AQShning Wolf Creek AESiga hujum qilishni rejalashtirayotganini xabar qilishgan edi. Oʻshanda jurnalistlar birorta ham dalil isbot keltirmasdan “Oq uydagi ishonchli manbaa”ga asosan xabar tarqatishgan va darhol Moskvani jazolashga chorlashgan edi. Keyinchalik ushbu xabar yuzasidan hech qanday tekshiruv yoki sud – hech narsa oʻtkazilmadi, maʼlumotlarning davomi ham chiqmadi, voqea oʻz oʻzidan axborot olamidan yoʻqolib ketdi.

2018 yilda Xelsinkida boʻlib oʻtgan Rossiya – AQSH sammiti oldidan The Wall Street Journal nashri AQShning GES va IESlari toʻxtatilib mamlakat qorongʻulik ichida qolishi haqida vahimalari xabarlar chop etishgan va yana darhol Moskvani jazolashga chorlashgan edi. Maqolani oʻqigan kishida “Ruslar shunday bemaza boʻlsa Tramp Putin bilan uchrashishi nima kerak?” degan savol oʻz oʻzidan paydo boʻlar edi.

Ushbu voqealar zanjiridan 2019 yil ham mustasno boʻlmadi. Osakada kutilayotgan G-20 sammiti arafasida, Putin va Tramp uchrashuvi rejalashtirilayotgan bir paytda The New York Times nashri yana “hujum” boshladi. Ular yozishiga koʻra, amerikalik xakerlar Rossiya elektr stantsiyalariga va muhim infratuzilma obʼyektlariga ommaviy hujum qilayotgani, ushbu hujumlar AQSH harbiy qoʻmondonligi tomonidan tashkillashtirilayotgani haqida xabarlar tarqatildi. Rossiyada ushbu xabarlarning hech biri oʻz tasdigʻini topmadi, barcha elektr stantsiyalar bekamu-koʻst ishlamoqda.

Yana xakerlar yana elektr stantsiyasi yana vahima...

Buyam yetmagandek NYT fantaziyasini rivojlantirishda davom etdi: "AQSH Rossiyaga xaker hujumlarini kuchaytirmoqda, lekin ushbu hujumlar haqida ataylab prezident Trampga xabar qilinmagan, chunki u bexosdan davlat sirini ochib qoʻyishi mumkin...", -  deb yozadi nashr navbatdagi maqolasida.

Nima boʻlayotganini tushunmay hamma hayron boʻlib turgan bir vaqtda Tramp oʻz tvitterdida ushbu yolgʻon xabarlarga javob yozdi.

“The New York Times oʻquvchilari kamayib ketayapti, ommaviylik ortidan quvib ular AQSH Rossiyaga qarshi kaiberhujumlarni kuchaytirmoqda deb yozgan. Bu – virtual sotqinlik va bu – gʻirt yolgʻon! Korruptsiyalashgan media hamma narsaga tayyor. Ular qoʻrqoq va xalq dushmani!” – dedi Tramp Twitterda.

Bundan bir necha yil oldin boʻlib oʻtgan voqealarni esga olsak, Tramp prezident boʻlgan kunidanoq AQShning Demokratlar partiyasi qoʻl ostida boʻlgan gazetalari bir ovozdan “AQShda prezident sayloviga Rossiya aralashgan” deb jar sola boshladi.

Bu borada qancha-qanda ayblovlar toʻqildi, Rossiya barcha xalqaro maydonlarda qoralandi, sanktsiyalar kiritildi va oradan 3 yil oʻtib – AQSH prokurori Robert Myuller Kongress oldida "Rossiya AQSH prezidenti saylovga aralshganining isboti topilmadi", deb hisobot berdi va ish yopildi.

Hech qanday asosga ega boʻlmagan, mutlaq yolgʻon xabar OAVda qayta-qayta takrorlanaverib, ikki mamlakat munosabatlariga ulkan zarar yetkazdi. Biznes milliadlab zarar koʻrdi.

OAV – toʻrtinchi hokimiyat deyishadi. Ushbu hokimiyat nomunosib yoki gʻarazli maqsadni koʻzlagan kishilar qoʻliga tushib qolsa ana shunday boʻlarkan...

Asosiy mavzular