Navoiy viloyati - O‘zbekiston “Silikon vodiy”siga aylanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel xokima Navoiyskoy oblasti Uktam Islamov
Zamestitel xokima Navoiyskoy oblasti Uktam Islamov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy viloyati O‘zbekistonda innovatsion korxonalar mujassamlashgan hududga, o‘ziga xos “Silikon vodiysiga” aylanishi mumkin.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Yaqin kelajakda Navoiy viloyati O‘zbekistonda yuqori texnologiyali va innovatsion ishlab chiqarish korxonalari mujassamlashgan hududga, o‘ziga xos “Silikon vodiysiga” aylanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevga Navoiy IESning kelajagi namoyish qilindi

Bunga nafaqat viloyatda yuqori malakali texnik kadrlar hamda tabiiy boyliklarning bisyorligi, balkim yaqinda imzolangan 5719-sonli “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishlar uchun EIZ sifatida belgilash to‘g‘risida”gi prezident farmoni ham asos bo‘ladi.

Innovatsiyalar markazi 

Ushbu farmonda aytilishiga ko‘ra, Navoiy viloyatida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “Innovatsion texnologiyalarni joriy etish markazi” faoliyati tashkil etiladi va  ushbu markaz:

  • xalqaro darajada patentlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ilmiy hajmdor va ilg‘or texnologiyali ishlanmalarni yaratish;
  • yangi innovatsion mahsulotlarning namunalarini modellashtirish, maketlashtirish, tayyorlashda ishtirok etish;
  • zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalangan holda ularni sinovdan o‘tkazish;
  • yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun yangi istiqbolli g‘oyalar va innovatsion ilmiy hajmdor ishlanmalarni shakllantirish hamda ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish;
  • hududda biznes akseleratorlar, startaplar va kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish;

Shuningdek, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun akademik, oliy ta’lim va tarmoq fanlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Investorlarga - ulkan imtiyozlar 

Undan tashqari viloyatga xorijiy sarmoyalar faol jalb etiladi va investorlarga katta imtiyozlar beriladi. Xususan xorijiy sarmoyalar asosida tashqil qilingan korxonalarga 3-yildan 10-yilgacha ulkan soliq imtiyozlari taqdim etiladi:

  • 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3-yil muddatga;
  • 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5-yil muddatga;
  • 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7-yil muddatga;
  • 10 million AQSh dollari va undan ko‘p hajmdagi investitsiyalar keyingi 5-yil davomida daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovining amaldagi stavkalarini 50 foiz hajmda qo‘llangan holda — 10-yil muddatga beriladi;

Va shu bilan birga viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar uchun xorijiy moliya institutlarida umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollaridan kam bo‘lmagan kredit liniyasi  ochiladi.

Nega aynan Navoiy viloyati? 

Ushbu ulkan  o‘zgarishlar arafasida Sputnik muxbiri viloyat hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Islamov bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev vruchil nagradi v Den zashitnikov Rodini - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Navoiy viloyatini investitsiya va innovatsiyalar hududiga aylantirishni taklif qildi

Islamov aytishiga qaraganda, bugungi kunda qadar Navoiy EIZda 30ta loyiha amalga oshirilgan, ishlab chiqarish jarayonlariga 1,5 mingdan ziyod kishi jalb etilgan. Undan tashqari xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan 164ta yangi investitsion loyihalar ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya davlatlari loyihalari salmog‘i katta.

Hokim o‘rinbosari loyiha Navoiy erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomni olish uchun qanday talablarga javob berishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

“Birinchi navbatda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘lishi kerak, ikkinchisi bugungi kunda O‘zbekistonda import qilinayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin, uchinchisi - innovatsion ishlab chiqarish, to‘rtinchisi - yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bo‘lishi kerak. Bu korxonalarga yo‘nalishdagi loyihalar bo‘lsa Navoiy viloyatida chegarasiz har joyda ishlab chiqarishni tashkil qilishi mumkin”, - deydi Islamov.  

Islamov, shuningdek, Navoiy viloyatining investorlar uchun jozibadorlik tomonlari haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.

“Navoiy viloyati bejizga EIZ etib belgilanmagan. Viloyatda juda ko‘plab tabiiy boyliklar zahiralari mavjud. Navoiy EIZda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma rivojlangan: qo‘shni davlatlarga eksport qilish uchun qulay joyda joylashgan, xalqaro aeroport mavjud, qolaversa, viloyat dastavval sanoatga ixtisoslashtirilgan bo‘lgani sababli, injener-texnologlar tanqisligi mavjud emas”, - deydi hokim o‘rinbosari.

Navoiy Erkin iqtisodiy zonalarida kelajakda yaratiladigan ish o‘rinlari nafaqat viloyat ahlining, balki qo‘shni – Buxoro va Samarqand viloyatlaridan malakali mutaxassislarni ham jalb qilishga imkon yaratadi, dedi O‘ktam Islamov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20-iyun kuni O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Navoiy viloyatida hududning investitsiyaviy jozibadorligi masalalariga bag‘ishlangan anjuman tashkil etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0