06:41 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Grafik sostoyaniya finansovogo rыnka

Oʻzbekistonda qaysi xizmatlar sohasi eng tez oʻsib bormoqda?

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Analitika
Havola olish
404 0 0

Oʻzbekistonda moliya, savdo va taʼlim sohasidagi xizmatlar ulushi ilgʻor oʻsib bormoqda va rivojlanmoqda.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Ushbu yilning  yanvar – may oylari davomida Oʻzbekistonda xizmatlar sohasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 13%ga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qoʻmitasi.

Hisobotda aytilishiga koʻra, aholi isteʼmol qilgan xizmatlar orasida eng katta ulush – transport xizmatlariga tegishli boʻlib, u jami xizmatlarning 29,5 %ini tashkil qilgan. Undan soʻng savdo xizmatlari – 25,3%, moliyaviy xizmatlar – 17,9 %, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 5,6 % va boshqalar.

Shu oʻrinda ulushi eng kichik boʻlgan xizmat turlarini ham sanab oʻtamiz: ular sogʻliqni saqlash sohasida – 1,4 %, Kompyuterlarni taʼmirlash – 1,6 %, meʼmorchilik – 1,7 %, ijara xizmati – 2 %.  

Deti v detskom sadu
Press-slujba ministerstva narodnogo obrazovaniya RUz

Oʻtgan davr mobaynida hajimining oʻsish surati boʻyicha moliya xizmatlar yetakchilik qilmoqda. 2019 yilning yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlar salkam 60%ga oshgan. Undan soʻng meʼmorchilik va muhandislik sohalaridagi xizmatlar – 30 %, taʼlim sohasidagi xizmatlar – 21%, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 18 %ga oshgan.

Foydalanilgan xizmatlar hajmiga hududlar kesimida nazar solganda, Toshkent shahri yaqqol ajralib turmoqda. Oʻzbekistonda koʻrsatilgan jami xizmatlarning uchdan biri Toshkent shahrida koʻrsatilgan – 33,1 %. Ikkinchi oʻrinda Toshkent viloyati – 7,2 %, keyin Samarqand – 6,5 %,  Fargʻona -  6%, Andijon – 5,2 % va boshqalar.

Xizmatlar sohasining rivojlanishi boʻyicha Res. chempioni – Jizzax viloyati boʻldi. Bu yerda xizmatlar sohasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan – 21 %ga oʻsgan. Sirdaryo – 20%ga, Xorazmda – 15%, Buxoro va Namangan viloyatlarida – 13%dan, qolgan viloyatlarda oʻrtacha 9-12%ga oʻsgan.

Asosiy mavzular