22:23 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Zamministra ministerstva stroitelstva Shuxratxudja Xashimov

Oʻzbekiston qurilish vaziri oʻrinbosari: bir xil tipdagi binolardan voz kechish vaqti keldi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Analitika
Havola olish
307 0 0

Yangi binolarni qurishda va kommunikatsiyalarni oʻtkazishda Oʻzbekistonga yangi ijodiy va texnologik yechimlar zarur. Bu haqda Toshkentda boʻlib oʻtgan brifingda qurilish vaziri oʻrinbosari Shuhratxoʻja Xashimov maʼlum qildi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbirining Toshkentning zamonaviy qiyofasidagi kamchiliklari haqidagi savoliga javob berar ekan, vazir oʻrinbosari, shahar va umuman respublika shaharsozlik siyosatida zamonaviy texnologiyalarni faolroq qoʻllash lozimligini qayd etdi. Ushbu yoʻnalishda ilk qadamlar allaqachon qoʻyilgan.

"Uylarni loyihalashtirish va qurishda standart yechimlardan chekinish lozim. Katta hisobda, standart uzunburchak binolar - oʻtgan asrda qoldi. Ha, biz muaʼyan jihatlarni hisobga olishimiz kerak, shu jumladan seysmologiyani ham, lekin bugungi kunda texnologiyalar deyarli har qanday turdagi masalalarga yechim topa oladi. Bugun biz loyihalashtirishda BIM-texnologiyani qoʻllayapmiz — yaʼni 3D model tufayli boʻlajak qurilish majmuasi, shu jumladan, kommunikatsiyalarni ham toʻliq koʻrish imkoniyatini bermoqda. Buni anʼanaviy qoʻllanmalarga taqqoslaganda, ulkan afzallik sifatida qabul qilish kerak", - dedi Xashimov.

U shuningdek, arxitekturaga oid xilma-xillik va binodan foydalanish samaradorligini oshirishdan tashqari, keyinchalik ekskavatorlar yordamida yerni qazishga, ochiq usulda taʼmirlash ishlarini olib borishga majbur boʻlmaslik uchun, puxta oʻylangan kommunikatsiyalar tizimiga investitsiya kiritish maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.

"Bu albatta qoʻshimcha harajatlarni talab etadi, lekin ushbu kommunikatsiyalar ekspluatatsiya jarayonida toʻliq oʻzini oqlaydi. Hammasi pulga, investorlar imkoniyatiga borib taqalmoqda, shu bilan birga bu yerda buyurtmachilar mentalitetini ham oʻzgartirish zarur", - deb taʼkidladi Qurilish vazirligi vakili.

Poytaxtda transport holatini yaxshilash haqida toʻxtalar ekan, Xashimov logistika va shahar yoʻl tarmogʻini rivojlantirish masalasini boshqa loyihalardan ajratib, puxta oʻylanmagan shahar bosh rejasisiz tasavvur qilib boʻlmasligini aytdi.

"Biz hozir yangi davrda, yangicha sharoitlarda yashayapmiz, "xavfsiz shahar", "smart-city" va boshqa koʻplab global loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Asosiysi - bu jarayonlarni oʻzaro bogʻlash, va shundan soʻnggina transport muhiti samaradorligini oshirish boʻyicha aniq choralarni qabul qilish lozim. Fikrimcha, bu ishni yoʻl yechimlaridan boshlash kerak", - dedi vazir oʻrinbosari.

Shuhratxoʻja Xashimovning toʻliq javobini rus tilida Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tinglang.

Asosiy mavzular