10:59 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Rovenskaya atomnaya elektrostantsiya v Kuznetsovske.

Dunyo atom elektr stantsiyalari – falokatlar, oʻtmish va hozirgi holat

Press-slujba prezidenta Ukrainы
Analitika
Havola olish
783 0 0

2019 yil iyun holatiga dunyoda 449 ta yadro reaktorlar ekspluatatsiya qilinmoqda. Eng koʻpi AQShda 98 ta, Frantsiyada – 58 ta, Xitoyda – 46 ta reaktor mavjud.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. RIA Novosti dunyo atom elektr stantsiyalari haqida tahliliy maʼlumot tayyorladi.

Atom elektr stantsiya (AES) – yadro reaktorida ogʻir elementlar (asosan uran-233, uran-235, plutoniy-239) yadrolari nazoratga olingan reaktsiyasi asosida hosil boʻladigan, uning issiqligidan elektr energiyani ishlab chiqarish uchun moʻljallangan tizimlar, qurilmalar, jihozlar va binolar majmui hisoblanadi.

AESning oddiy issiqlik elektr stantsiyalarga nisbatan afzalliklaridan biri bu stantsiyalar, yadroviy reaktorlar malakali ekspluatatsiya qilinsa, atrof muhitga zarar qilmaydi.

AES deyarli har doim energiya isteʼmolchilari yaqinida quriladi. Ular yaqin aholi punktiga nisbatan shamol osti tomonda barpo etiladi.

Stantsiya atrofida sanitar-himoya zonasi va kuzatuv zonasi tashkil qilinadi, u yerda aholi istiqomat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kuzatuv zonada atrof muhitga taʼsirini doimiy nazorat qilish uchun nazorat-oʻlchov qurilmalari oʻrnatiladi. Uzoq vaqt davomida yonilgʻini almashtirmasdan ishlash xususiyati tufayli AESlarni chekka hududlarda ulardan foydalanish imkoniyatini beradi. AES ekspluatatsiya muddati 25-30 yil.    

Birinchi AES

Dunyoda birinchi AES sobiq ittifoqda Kaluga viloyati Obninsk shahri oldida qurilgan.

Boʻlajak AES reaktorini yaratish taklifi ilk bor 1949 yil noyabrda ilmiy atom loyihasi rahbari Igor Kurchatov tomonidan yigʻilishda aytilgan.

Reaktor Davlat fizika-energetika instituti xodimlari tomonidan loyihalashtirilgan.

1951 yil sentyabrda AES qurish boʻyicha ishlar boshlandi. 1954 yil 9 mayda Igor Kurchatov ishtirokida reaktorning faol zonada yonilgʻi kanallar ishi boshlanib, uranni janjirli oʻzlashtiruvchi boʻlish reaktsiyasi amalga oshirildi.

Rovenskaya atomnaya elektrostantsiya v Kuznetsovske.
Press-slujba prezidenta Ukrainы

1954 yil 27 iyunda Obninsk AES birini sanoat energiyani berdi. 1954 yil oktyabrda AESning toʻliq loyiha 5 megavatt quvvatiga oʻtkazishdi.

Birinchi AES 48 yil ekspluatatsiya qilindi. 2002 yil 29 aprelda stantsiya reaktsiya batamom oʻchirildi. AES oʻz missiyani bajardi, yadro energetika rivojlanishini boshlab berdi. 

2006 yilda Obninsk AES bazasida tarmoq yodgorlik majmua yaratildi. 2016 yilda Obninsk jahon atom energetikasi muzeyini tashkil etish haqida memorandum imzolandi.

Dunyoda ikkinchi AES 1956 yilda Buyuk Britaniyaning Kolder-Xoll shahrida ishga tushirildi. Uning quvvati 469 megavatt boʻlgan. Uchinchi AES 1957 yil AQShda Shippingport shahrida qurildi.

1974 yilda dunyoda birinchi atom issiqlik elektr stantsiya (ATETS) ishga tushirildi. U elektroenergiya va issiqlik ishlab chiqarishga moʻljallangan (bugʻ va issiq suv, aholi turar joy va sanoat obʼyektlarini issiq suv taʼminoti bilan taʼminlash).

1960 yil ikkinchi yarmida koʻplab yirik AESlar qurilishi boshlandi.

AES falokatlari

1986 yil 26 aprelda Ukraina SSR hududida joylashgan Chernobil AESi toʻrtinchi energoblokida portlash yuz berdi. Avariya oqibatida reaktor butunlay ishdan chiqdi va atrom muhitga koʻp miqdorda radiofaol moddalar tarqaldi. Bu yerning shimoliy qismidagi koʻplab davlatlar, ayniqsa davlatlar – Rossiya, Ukraina, Belarus hududi radiaktiv ifloslanishiga olib keldi. Rossiya, Ukraina va Belarusda qariyb 8,4 million aholi radiatsiya taʼsiriga uchradi.     

Chernobil AES falokatidan soʻng, yadro energetikasining jozibadorligi sezilarli ravishda kamaydi. Qator mamlakatlarda, oʻzida anʼanaviy yonilgʻi-energetika resurslarga ega boʻlgan (Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya) yangi AES qurish deyarli toʻxtab qoldi.

XXI asr boshida neft va gaz narxi koʻtarilishi va global iqlim issib ketilishi borasida tashvishlar dunyoni “atom qayta tugʻilishi” haqida gapirishga majbur etdi. Shu vaqtga kelib, Rossiya va xorijda inson omilini toʻliq olib tashlash uchun atom stantsiyalarining xavfsizlik tizimi maksimal darajada takomillashtirildi.

Butun dunyoda atom energetikasi rivojlanishi navbatdagi sekinlashuvi - 2011 yil 11 martda Tinch okeanida 9,0 bal kuchli zilzila va uning ortidan tsunami oqibatida Yaponiyadagi Fukusima-1 AESda avariya boʻldi.

Tsunami zarbasi AESda tashqi elektr tejash qurilmalar va zaxira dizel generatorlarni ishdan chiqardi. 2013 yil dekabrda AES rasmiy ravishda yopildi.

AES bugungi kunda

Bugungi kunda dunyo nafaqat yadro energetikasidan keng foydalanishga qaytdi, balki koʻplab yangi davlatlar oʻzlarining yadroviy sanoatini rivojlantirish rejalarini eʼlon qilishdi.

Atom energetikasi boʻyicha xalqaro agentligi (MAGATE) maʼlumotlariga koʻra, 2019 yil iyun holatiga dunyoda 449 ta yadro reaktorlar (umumiy quvvati 397 650 megavatt) ekspluatatsiya qilinmoqda. Yana 54 ta yadro reaktorlarni qurilishi ketmoqda.

2019 yilda eʼlon qilingan rasmiy hisobotga koʻra, 2018 yilda AQShda 98 ta reaktor, Frantsiyada – 58, Xitoyda – 46, Yaponiyada – 39, Koreada – 24, Hindinstonda – 22, Kanada – 19, Buyuk Britaniya va Ukraina – 15 tadan faoliyat koʻrsatmoqda.

Rosatom maʼlumotiga qaraganda, Rossiyada umumiy hisobda 10 atom stantsiyalarda sanoat foydalanishda 35 ta energoblok mavjud. Rosatom Rossiyada yana 6 ta yangi energoblok qurmoqda. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 36 ta energoblok, shu jumladan Turkiyada “Akkuyu” AES, Belarusda AES, ikkinchi navbatda Xitoyda “Tyanvan” AES va boshqalar qurilishini olib bormoqda.  

Asosiy mavzular