06:15 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Jurabek Mirzamaxmudov, generalnыy direktor Agenstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzatom

"Oʻzatom" bosh direktori AES yaqinida choʻmilsa nima boʻlishini aytdi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Analitika
Havola olish
890 0 0

"Oʻzatom" agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov kelajakda bunyod etiladigan atom elektr stantsiyasi hududida ekologik holat jiddiy monitoring tufayli yanada yaxshilanishini aytib, jurnalist va jamoatchilikni tinchlantirdi

Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi AES quriladigan maydonda ishlar davom etmoqda. Bu orada internet tarmogʻida ekologik xatarlar, boʻlajak energetik obʼyektning suv resurslariga taʼsiri qizgʻin muhokama qilinmoqda.

"Oʻzatom" rahbari soʻzlariga koʻra, stantsiya resurs va ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmaydi, boshqa davlatlarda AES ekspluatatsiyasi tajribasi esa, ekologiya uchun ijobiy taʼsiri borligini koʻrsatgan.

"Bugʻ ishlab chiqish va stantsiyani sovitish uchun suv miqdori hozirgi elektr stantsiyalarimiz sarflayotgan miqdordan koʻp talab etilmaydi. Shu bilan birga, atmosfera yoki oqova suvlarga hech qanday zararli taʼsiri ham boʻlmaydi. AES hududidan tashqarida yashasa, ishlasa, dam olsa, choʻmilsa va baliq tutsa boʻladi. Boz ustiga, ekologik holatning qatʼiy monitoring qilinishi atrof-muhit himoyasini yanada kuchliroq taʼminlash imkonini yaratadi", - dedi Mirzamahmudov.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Yevropada AESning muvaffaqiyatli ekspluatatsiyasi qilinishi uning energetika va texnologiyalar jihatdan tabiiy resurslarni tejash boʻyicha samaradorligini isbotlagan.

Oʻzbekiston "Rosatom" loyihasi boʻyicha 2,4 GVt quvvatga ega boʻlgan ikkita energoblokdan tashkil topgan AES qurilishini rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha 2028 yilgacha hayotga tatbiq etilishi lozim.

Asosiy mavzular