08:31 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

VDNXdagi "Oʻzbekiston" paviloni oʻzida qanday sinoatni mujassam etgan

© YouTube
Analitika
Havola olish
137420

Sputnik muxbiri VDNXdagi sobiq "Oʻzbekiston SSR" paviloni qanday restavratsiya qilinayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi.

Joriy yil VDNXdagi №66 pavilon (sobiq "Oʻzbekiston SSR" paviloni) yana Oʻzbekistonga qaytadi. Xuddi shunday qaror Urganchda oʻtkazilgan RF va Oʻzbekiston hukumatlari rahbarlari uchrashuvi vaqtida qabul qilindi va Moskva meriyasi hamda Toshkent hokimligi oʻrtasida shartnoma bilan mustahkamlab qoʻyildi.

Muddatsiz ijara Oʻzbekistonga, VDNXda oʻz vakolatxonasini tiklashga qaror qilgan boshqa sobiq ittifoqi davlatlari singari, yiliga 1 rublga tushadi.

Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Sputnik muxbiri bu ishlar yakuniga yetib qolay dedimi-yoʻqmi, bilish uchun voqea joyiga yoʻl oldi.

Ishlar shipgacha...

Sobiq "Oʻzbekiston SSR" paviloni — madaniy meros obʼyekti boʻlib, VDNXdagi eng mashhur joylardan biri - oʻz favvorasiga ega, ingichka ustunlardan qad rostlab turgan koʻrkam gumbazli binodir. Hozir u yopiq va goʻyo u yerda hech narsa roʻy bermayotgandek tuyuladi. Aslida esa, bino ichida, bir necha haftadan soʻng, serquyosh va mehmondoʻst respublikaning haqiqiy burchagi Moskvada ham paydo boʻlishi uchun hayot qaynamoqda.
Arxivnыe foto pavilona №66 na VDNX v Moskve
Iz arxiva A. Grigorova
Arxivnыe foto pavilona №66 na VDNX v Moskve
Pavilonda oʻttizga yaqin ishchilar mehnat qilishyapti. Ulardan biri shipga chiqib olgan va oʻn ikki metr balandlikda ganchkor naqsh ustidan ulkan changyutkichni yurgʻizmoqda. Bu jarayon changsizlantirish, deb ataladi. Jimjimador bezaklar ustida haddan ziyod koʻp chang toʻplangan - axir shipni 1954 yildan buyon hech kim tozalamagan. Bu oʻta nozik va uzoq davom etadigan jarayon boʻlib, eskirgan ganchlarga ehtiyotkorlik bilan, avaylab munosabatda boʻlish lozim.
"Elektrika va ventilyatsiya ishlari qoldi, — deydi bosh pudratchi - YEKS kompaniyasi tomonidan loyiha rahbari boʻlgan Dmitriy Mizin. Ishchilarimizning deyarli barchasi malakali ishchilar, noprofessionallar bu ishni eplay olishmasdi. Lekin qoʻl ostimizda ikki-uch nafar qora ishchilar ham bor. Pavilonni topshirish arafasida ishchilarimiz sonini oshiramiz - obʼyektda oltmish nafargacha odam boʻladi".
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Sputnik
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Bosh zal markazida yangi eman parketli qoplar joy olgan. Aslida, boshida 1954 yilda yasalgan pollarni restavratsiya qilishga qaror qilingan edi, ammo binodagi koʻpsonli oʻzgartirishlar tufayli u yaroqsiz holatga kelgan.
"Eskpluatatsiyalar jarayonida tarixiy parket usti yangi qatlam bilan qoplangan, — deb hikoya qiladi Dmitriy Mizin. — Soʻngra — allaqanday kovrolin bilan, kovrolin esa, oʻz navbatida ikki-uch qatlam DSP qatlamlari ostida yashiringan. Endi tasavvur qila olasizmi, daraxt qay holatga kelganini? U qorayib ketgan, boz ustiga unda mixlarning izlari bor edi. Qanchalik xohlamaylik, parketni restavratsiya qilishning imkoni yoʻq edi".
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Sputnik
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Pavilondagi taʼmirlash-tiklash ishlari 2017 yil oxirida boshlangan. Moliyalashtirishni Rossiya Madaniyat vazirligi oʻz zimmasiga olgan, obʼyekt yaqin vaqtlarga qadar uning zimmasida boʻlgan. Devorlar, ship, kolonnalar, ganchlar, lyustralar tartibga keltirildi.

"Biz hech narsa oʻylab topmaganmiz, — deya hikoya qiladi ishlar buyurtmachisi ROSIZO muzey-koʻrgazma markazi vakili Tatyana Chumakova. – Loyiha tarixiy hujjatlarga muvofiq tuzilgan edi. Restavratsiya ishlari bir necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi. Avvaliga – pavilon ichida, soʻngra fasadda va avariya holatida boʻlgan yarim doira shakldagi gumbazda".

Pavilon № 66 na VDNX
Sputnik
Pavilon № 66 na VDNX

Endilikda, pavilon Oʻzbekiston tomoniga ijaraga berilgach, restavratsiya harajatlarini Markaziy Osiyo respublikasi oʻz zimmasiga oladi. Bu borada pavilon yangi egalarining rejalari qandayligi hozircha - nomaʼlum.

Moskvadagi "Oʻzbekiston" sirlari

Ushbu majmuaning iftixorlaridan biri - tarixiy yogʻoch eshiklardir. Unga murakkab oʻymakor naqsh berilgan. 1950-yillar oʻrtalarida ushbu noyob ornament oʻzbekistonlik ikki usta tomonidan pavilon uchun maxsus yaratilgan. Taʼmirlash ishlari ketayotgan bir vaqtda ular vaqtincha olib qoʻyildi. Ammo ustunlarning aksariyati va ship ganchini yangitdan yaratishga toʻgʻri keldi. Buning uchun VDNX arxividagi chizma va suratlardan foydalanildi.

Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Sputnik
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

Gʻoyib boʻlgan shedevrlar

Joriy yilda VDNX paviloni saksoninchi yubileyini nishonlaydi. Avvaliga u bir yoʻla bir nechta respublikalar uchun bunyod etilgan - Oʻzbekiston, Turkmaniston va Tojikiston uchun. Ammo respublikalar boshqa qurilmalarni oʻz tasarrufiga olishgan va "ayrilganlar".

"Oʻzbekiston" paviloni buyuk arxitektor Stefan Polupanov tomonidan yaratilgan, u bu obʼyektni ikki marta qad rostlashga muvaffaq boʻlgan.

Arxivnыe foto pavilona №66 na VDNX v Moskve
Iz arxiva A. Grigorova
Arxivnыe foto pavilona №66 na VDNX v Moskve

"Birinchi pavilon yogʻochdan edi, — deb hikoya qiladi tarixchi Pavel Nefedov. – Urushdan keyin VDNXda barcha qurilmalar obdon inspektsiyadan oʻtkazilgan va yogʻoch inshootdan voz kechishga, uning oʻrniga mukammalroq qurilmani bunyod etishga kelishilgan. Xuddi shu Polupanov 1954 yilda yana to bizgacha yetib kelgan pavilon muallifiga aylandi.

Bu yerda paxta terimchilari va energetiklar oʻz yutuqlarini namoyish etganlar. Monumental freskalardan birini rossiyalik buyuk arxitektorlardan biri Konstantin Melnikov yaratgan. U oʻzi uchun eng murakkab boʻlgan yillarda, 50-yy boshlarida naqqoshlikda oʻzini sinab koʻrgan. Ulugʻ Vatan urushidagi sovet marshallarining turkum krassik portretlari muallifi - Petr Kotovning freskalari ham pavilon faxri boʻlgan.

"Ushbu naqshlarning birida Chirchiq GES jilvalangan boʻlsa, ikkinchisida kanal qurilishi, taxminan Qoraqum kanali qurilishi aks ettirilgan, — deb hikoya qiladi yozuvchi Amiram Grigorov. – Keyinchalik bu naqshlarning ikkisi ham vahshiylarcha ohaklab tashlangan".

Madaniy qayta ixtisoslashtirilish

1960-yillar oʻrtalariga kelib, "Oʻzbekiston" paviloni "Sovet madaniyati"ga aylangan. Tarixchi Pavel Nefedov soʻzlariga koʻra, VDNXning qayta ixtisoslashtirilishi respublikalar majmualarida ekspozitsiyalar koʻpincha qayta takrorlanishi bilan bogʻliq edi. Misol uchun, paxta terimi bir yoʻla bir necha milliy pavilonlarda taqdim etilgan edi. Natijada, bu kabi joʻgʻrofiy tamoyildan sohaviy tamoyil foydasiga tamomila voz kechiladi.

Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Sputnik
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

Qator eksponatlarning gʻoyib boʻlishi aynan shu vaqtga aloqador. Amiram Grigorovning aytishicha, oʻzbek sopol buyumlari, gilamlari kollektsiyasi, shuningdek, mashhur haykaltaroshlar - Anton Lavinskiy va Iosif Chaykov muallifligiga mansub boʻlgan bir nechta haykallar - paxta koʻtargan pioner qiz, doira chalayotgan musiqachi izsiz gʻoyib boʻlgan.

Shuningdek, choyxona ham yoʻqotilgan. Stefan Polupanov tomonidan bunyod etilgan choyxona hatto pavilondan ham koʻrkamroq boʻlgan, deb aytishadi. VDNX qayta ixtisoslashgach, u bir muncha vaqt ajralib turgan va yangi ansamblga mos kelmagani bois, keyinchalik buzib tashlangan.

Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Sputnik
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

Sobiq Ittifoqi barham topgach, savdo-sotiq avjiga chiqishiga qaramay, pavilon oʻz yuzini yoʻqotmaslikka muvaffaq boʻlgan. Bu yerda, tabiiyki asal emas va hatto mushuk bolalari ham emas, balki qoʻl hunari va rassomlar uchun tovar hisoblangan - zargarlik buyumlari sotilgan. 

2014 yilda, koʻrgazma majmuasiga tarixiy boʻlgan - VDNX nomi qaytarilgach, sobiq "Oʻzbekiston" bir muddatga muzey zaxiralaridagi sovet rassomlari ekspozitsiyalari uchun koʻrgazma maydoniga aylanadi. Ammo bino rassomchilik asarlarini namoyish etishga ixtisoslashmagani maʼlum boʻlib qoldi - shiplar juda baland, devorlar kam, seryorugʻlik - galereya sifatida umuman toʻgʻri kelmas edi.

Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Sputnik
Rekonstruktsiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

"Respublika pavilonida sanoat yutuqlari va mamlakat sanʼat namunalari taqdim etilishini xohlar edik, — deydi dizayner va jamoatchi Fatima Arifjanova. – Lekin, fikrimcha, bu yerda boshqa respublikalar pavilonlari singari savdo rastalari qoʻyilsa kerak".

Oʻzbekiston Moskvadagi yana qayta ega boʻlgan qasrda mehmonlarni nimalar bilan hayratga solishini yoz faslining oʻzidayoq - VDNX yubileyi nishonlanlan vaqtda bilib olamiz.

Asosiy mavzular