09:58 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Politolog Ramaz Sakvarelidze

Siyosatshunos Gruziya va Rossiya munosabatlari qachon normallashishi haqida

Sputnik / Alexander Imedashvili
Analitika
Havola olish
296 0 0

Siyosatshunos Ramaz Sakvarelidze Rossiya - Gruziya munosaatlari normallashuvi qachon roʻy berishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Ehtimol (munosabatlar normallashuvi) hissiyotlar bosilgach roʻy beradi, Rossiya ham tuygʻularga berildi, buni inkor etib boʻlmaydi. Delegatsiyani haydab chiqarishsa, har qanday hukumat ham gʻazablanadi. Ammo, boshqa tomondan, munosabatlarni normallashtirish masalasi kun tartibiga kiritiladi. Bundan yomon kunlar ham boshimizdan oʻtgan, lekin oxir-oqibat, hissiyotlar soʻngach, Rossiya ham munosabatlarni yaxshilash borasida oʻylashni boshlaydi", - dedi Ramaz Sakvarelidze Sputnik Gruziyaga bergan intervyusida.

20 iyun kuni RF Davlat Dumasi deputati, Kompartiya aʼzosi Sergey Gavrilov Gruziya parlamenti spikeri oʻrindigʻiga oʻtirgani uchun Tbilisida muxolifatchilar norozilik aktsiyasini boshlab yuborishgan edi.

Miting tartibsizliklarga aylandi, natijada 200dan ortiq kishi - norozilik namoyishi qatnashchilari va politsiyachilar jabrlandilar.

Ushbu aktsiya ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar keskin oʻzgargani fonida roʻy bermoqda. Rossiyaga qarshi shiorlar va Gruziya yetakchisining keskin bayonotlariga javoban Moskva 8 iyuldan boshlab Gruziyaga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaparvozlarni bekor qildi.

Asosiy mavzular