Ekspert Samarqand nega YuNESKO qora ro‘yxatiga tushishi mumkinligi haqida

© Foto : Iz lichnogo arxiva Irini GenslerIrina Gensler
Irina Gensler  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya "Shahar iqtisodi instituti" jamg‘armasining "Shahar xo‘jaligi" yo‘nalishi direktori Irina Gensler Samarqand nega YuNESKO Butunjahon merosidan chiqarib yuborilishi xavfi ostida qolgani haqida gapirdi

YuNESKO Butunjahon qo‘mitasining 30-iyundan 10-iyulga qadar Bakuda o‘tkaziladigan 43-sessiyayasi oldidan tashkilot saytida xuddi shunday bayonot e’lon qilingan edi.

Shahrisabz, Samarqand va Buxoro madaniy merosini saqlash masalasi YuNESKO sessiyasida ko‘riladi

"YuNESKO tomonidan bildirilayotgan e’tirozlar shaharning rivojlanayotganiga emas, balki tarixiy yodgorliklarning qanday asrab-avaylanayotgani, ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilinishiga bog‘liq", - deb ta’kidlaydi Gensler.

U shuningdek, Samarqandda tarixiy yodgorlik obyektlari bir-biridan olis masofada joylashgani, shu bois, yodgorliklar o‘rtasidagi hududlarda o‘zgarishlar tabiiy ravishda ro‘y berayotganiga e’tibor qaratadi.

"Registonga qo‘shilgan allaqanday obyektlarning yo‘q qilingani haqida ham gap-so‘zlar bo‘lgan edi. Aslida, bu juda jiddiy masala, chunki tarixiy yodgorlikka zayon yetkazmasdan nimani o‘zgartirish mumkinligini anglash lozimligini talab etadi", - deydi ekspert.

Genslerning so‘zlariga ko‘ra, aslida Samarqandda turistlarning tarixiy yodgorliklar o‘rtasidagi masofada qulay harakatlanishlari uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar hukumati turizm mavsumi o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan, havo juda qizigan bir vaqtda sayohatchilarning yanada qulay va mobil harakatlanishlariga alohida e’tibor qaratishmoqda.

To‘liq izohni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Ekspert o tom, pochemu Samarkand mojet popast v cherniy spisok YuNESKO
Yangiliklar lentasi
0