Mixeyev: AQShning Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishi haqidagi bayonoti - siyosiy o‘yin

© SputnikDmitriy Mixeyev
Dmitriy Mixeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"AQSh Afg‘onistonda umrbod o‘rnashish niyatida. Kontingentni "razvedka" yoki "yordamchi" deb atash esa - faktlarni ustalik bilan xohlagan tomonga burish - ya’ni siyosiy o‘yindir", - deydi ekspert

Donald Tramp AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini sezilarli qisqartirishi va u yerda razvedka bo‘linmalarini qoldirishi haqida bayonot qildi.

V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarib, u yerda razvedka kuchlarini qoldiradi

Amerikashunos-siyosatshunos Dmitriy Mixeyev 4-5 yil muqaddam amerikaliklar o‘z harbiy kontingentini qisqartirish va’dasini berganida, ular bu kelishuvni buzib, hatto harbiylar sonini 14 ming nafargacha oshirganliklarini eslatdi.

"AQSh Afg‘onistonda umrbod o‘rnashish niyatida. Kontingentni "razvedka" yoki "yordamchi" deb atash esa - faktlarni ustalik bilan xohlagan tomonga burish - ya’ni siyosiy soxtalashtirish masalasidir", - deydi ekspert.

Mixeyev shuningdek, Afg‘onistondan ketish haqida gapirgan Tramp, aslida qolayotgani va u yerda uchta asosiy bazalar faoliyat yuritishlari uchun yetarli kontingent qoldirayotganiga e’tibor qaratadi.

"Bundan kelib chiqadiki, Tramp o‘z bayonotlariga qaramay, o‘zidan ancha oldin boshlangan siyosatni davom ettirmoqda. Bularning barchasi AQShning u yerda qolish va o‘z bazalarini qo‘llab-quvvatlash rejasi bilan chambarchas bog‘liqdir", - deb qayd etadi siyosatshunos.

Ekspert izohini to‘liq Sputnik radiosi podkastida tinglashingiz mumkin.

Mixeyev: zayavleniya Trampa o vivode voysk iz Afganistana — politicheskoe jonglirovanie slovami
Yangiliklar lentasi
0