23:49 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Stodollarovыe kupyurы

Rossiya, Xitoy va Yevropa dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechmoqda

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Analitika
Havola olish
222610

Moskva va Pekin 2014 yil dekabr oʻzida milliy valyutalarga oʻtish qaroriga keldi. Shu vaqtdan boshlab, rublda toʻgʻridan-toʻgʻri savdo qilish haqida bitim kuchga kirdi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Rossiya va Xitoy milliy valyutada toʻlov oʻtkazish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimni qabul qildi. Yevropa Vashington sanktsiyalarni chetlab oʻtish va dollarsiz Eron bilan savdo qilish imkoniyatini beradigan INSTEX mexanizmini ishga tushirmoqda.

Amerika pul birligidan voz kechish tobora aniq yoʻnalishga ega boʻlmoqda - bu haqda RIA Novosti material tayyorladi.

Dollarni oʻldirish

Bir yil oldin Butunjahon banki iqtisodchilari jahonda dedollarizatsiya jarayoni ishga tushirilgani va uni toʻxtatib boʻlmasligini aytishgandi. Tahlilchilar oʻsha vaqtda: Rossiya hisob-kitob qilishda, birinchi navbatda yirik savdo sherigi - Xitoy bilan dollarda voz kechishi mumkin.

Moskva va Pekin 2014 yil dekabr oʻzida milliy valyutalarga oʻtish qaroriga keldi. Shu vaqtdan boshlab, AQSH, Buyuk Britaniya va YEI banklari ishtirokisiz toʻgʻridan-toʻgʻri rublda savdo qilish haqida bitim kuchga kirdi.

Hozircha rubl ulushiga 10 foizga toʻgʻri kelmoqda. Biroq yaqin yillarda bu koʻrsatkich besh baravarga koʻpaytiriladi. Iyun oyi boshida Rossiya bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Xitoy xalq banki raisi I Gan yangi toʻlov tizimini yaratish toʻgʻrisida bitimni imzolashdi. Bu SWIFT tizimi, Rossiya va Xitoy oʻrtasida shlyuz hisoblanadi.

SWIFT – xalqaro banklararo moliyaviy maʼlumotlarni joʻnatish tizimi hisoblanadi. Rossiya tizimiga, Moliya xabarlarini joʻnatish tizimi 1 iyun holatiga Rossiyaning 398 ta korxonasi va banki, shuningdek Belarus Belgazprombank ulandi.

Xitoyda CIPS tizimi mavjud, Rossiya Markaziy banki mart oyidagi maʼlumotiga koʻra, unga bir nechta banklar ulandi.

Taxminlarga koʻra, milliy valyutalarda hisob-kitob qilish tizimi shu yil yakuniga qadar ishga tushiriladi va birinchi navbatda yirik Rossiya neftgaz, qishloq xoʻjalik kompaniyalarini qamrab oladi.   

Vashington iqtisodiy sanktsiyalari kuchayishi xavfi tufayli Moskva va Pekin bu jarayonni tezlashtirishmoqda. Oʻtgan yilning oʻzida kongressga 10 ta qonun loyihasi taqdim etildi – davlat obligatsiyalarida investitsiyalarga cheklovdan SWIFT tizimdan davlat banklarini uzishgacha.

SWIFT tizimida tranzaktsiyalarning 42 foizi dollarda amalga oshirilishi tufayli bu Vashingtonning kuchli qurolidir. Bu tizimdan voz kechish Rossiya iqtisodiyotida jiddiy muammolar – kapital ketishidan rubl kursi pasayishi va kredit stavkalarini ortishigacha yuzaga kelishi mumkin.

Financial Times gazetasi yozishicha, Vashington keskinligi Rossiya va Xitoyni “amerika valyutasi mustahkamligi”ni tekshirishga undamoqda va bu yomon yakunlashi mumkin.

Yangi toʻlov mexanizmi nafaqat santsiya bosimidan ishonarli himoya qiladi, balki dollarni asosiy zaxira valyutasi sifatidagi maqomini shubha ostiga olishi mumkin.   

INSTEX tahdidi

Yevropaning AQShdan bogʻliqligi kuchsizlanmoqda. Vashington sanktsiyalari tahdidiga qaramasan, YEI mamlakatlari Erondan neft sotib olishni davom etmoqda. Toʻlovlar dollarda emas, yevroda amalga oshirilmoqda.    

Yevropaliklar Amerika cheklovlarini INSTEX moliyaviy tranzaktsiyalar mexanizmi yordamida amalga oshirishga harakat qilmoqda. Bu tizimni ishga tushirilishi haqida oʻtgan haftada Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya maʼlum qilgandi.  

28 iyundan boshlab bu mexanizm YEI barcha mamlakatlari uchun ochildi, yaqin kelajakda boshqa davlatlar kompaniyalari ham foydalanishi mumkin.

INSTEX (Instrument in Support of Trade Exchanges) – Eron va YEI kompaniyalari oʻrtasida pul oʻtkazmasdan tovar almashish imkoniyatini beradigan toʻlov vositachi-tizim hisoblanadi.

Tehron kelgusida neft va boshqa tovarlarni Yevropaga yetkazib berishni davom ettirishi mumkin. Bular uchun pullarni INSTEX Eron banklariga emas, balki Eronga mahsulotlarni eksport qiluvchi Yevropa kompaniyalariga joʻnatadi.

Hozirga dori-darmon, tibbiyot asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari haqida gap ketmoqda. Vaqt oʻtishi bilan mahsulotlar turlari koʻpayadi. INSTEXni ishga tushirishga oʻtgan yildan berish tayyorgarlik koʻrildi. Kuzatuvchilar darhol Bretton-Vud konferentsiyasi vaqtidan beri dollarga birinchi jiddiy tahdid boʻlganini aytishdi.

INSTEX AQShning jahon iqtisodiy tartibini nazorat qilish istagiga zarba beradi, axir nafaqat Yevropa “dollardan xoli” boʻlishi mumkin -  balki Oq uy sanktsiya rejimiga rioya qilishni istamagan har qanday davlat boʻlishi mumkin.

Ajab emas, Vashington sanktsiyalar bilan tahdid qilgan holda yevropaliklarni bu loyihadan voz kechishga majbur qilishga harakat qilmoqda.

Bloomberg AQSH Moliya vaziri oʻrinbosari Sigal Mandelker xatiga asosan bayon etilishicha, “INSTEX aloqador boʻlgan rasmiy shaxslar”, AQShning moliviy tizimidan chiqarib yuboriladi.

Asosiy mavzular