03:34 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mejdunarodnыe armeyskiye igrы v Tyumenskoy oblasti

Sheriklarga eng yaxshisi: Rossiya quroli oʻzbek armiyasini qanday mustahkamlamoqda

Sergey Rusanov
Analitika
Havola olish
299460

Toshkent va Moskva oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik tobora rivojlanmoqda.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev 10 iyul kuni Moskvada savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar hamkorlik masalarini muhokama qiladi. Shubhasiz, ikki davlatning harbiy-texnikaviy hamkorligi ham koʻrib chiqilishi mumkin.

Oʻzbekiston harbiy qudrati dunyoda 48-chi oʻrinda boʻlib, Markaziy Osiyoda mudofaa sohasida eng yetakchi davlat hisoblanadi. Biroq mintaqada vaziyat murakkab, qoʻshni Afgʻonistonda urush davom etmoqda. Turli hisob-kitoblarga qaraganda, terorchi-jangarilar safida bir yarim mingga yaqin oʻzbekistonliklar bor. Afgʻon narkotrafigi ham oʻsib bormoqda, narkosavdogarlar yiliga 30 milliard dollarga yaqin mablagʻ Markaziy Osiyo davlatlarida terrorizm va diniy ekstremizmni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi.

Bunga qarshi respublika mudofaa xarajatlari YAIMning 4 foizigacha yoki 1,5 milliard dollarga koʻpayadi va Oʻzbekiston Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorligi mustahkamlanmoqda.

Rossiyadan Oʻzbekistonga harbiy texnikani yetkazib berilishi sezilarli darajada koʻpayishi kutilmoqda. 12 ta bitim kuchga kirdi, ular boʻyicha yaqinda Toshkent yangi Su-30SM qiruvchilar, Mi-35M jangovar vertolyotlar, BTR-82A bronetransporterlar va radioaloqa majmualarini oladi.

Birinchi bosqichda Rossiya ikki yil davomida Oʻzbekistonga 12 dona Mi-35M vertolyotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, Toshkent Moskvaga MiG-29 qiruvchi samolyotlar parkini modernizatsiya qilish uchun buyurtmani yuboradi.

Muvaffaqiyatli tanlov

Bundan avval Sputnik Rossiya tomonidan Oʻzbekistonga oʻndan ortiq Mi-35 rusumli jangovar vertolyoti ichki narxlarida yetkazib berilishi boʻyicha shartnoma imzonlangani haqida xabar bergandi. 2016 yildan beri Oʻzbekiston ODKB va Bojxona ittifoqi hududidan tashqaridagi bunday imtiyozga ega boʻlgan MDHning yagona davlati hisoblanadi.

Toshkent 4++ avlod Su-30SM qiruvchilarni Rossiya davlat eksport krediti hisobiga sotib olmoqchi. Yerda parvozlarni taʼminlash vositalari, ehtiyot qismlar, oʻq-dori, uchish va muhandis-texnik xodimlarini oʻqitish masalasi shartnomaga kiritish rejalashtirilgan.  

"Sopka-2" radioaloqa majmuasi havo harakatini boshqarish va uni nazorat qilish uchun moʻljallangan. Bu majmua har qanday ob-havo sharoitida ishlashi mumkin.

Qayta qurollash istiqbollari

Oʻzbekiston Rossiyaning oʻquv-jangovar Yak-130 samolyotiga ham qiziqish bildirmoqda. Bu samolyot Markaziy Osiyo davlatlarida katta talabga ega, undan Rossiya, Bangladesh, Belarus, Laos, Myanmada muvafaqqiyatli foydalanilmoqda. Ehtimol, Toshkent ham bu yoʻnalishda tegishli shartnoma tayyorlamoqda.

Bu samolyotning taktik-texnik xususiyatlari: maksimal uchish balandligi – 12,5 ming metr, tezligi – 1050 km/soat, uchish uzoqligi – 1850 kmgacha. Samolyot turli boshqaruvdagi raketalar bilan qurollanishi mumkin. Shuningdek, harbiy-texnikaviy hamkorligining boshqa istiqbolli yoʻnalishlari  mavjud.

Shubhasiz, eski qadrdon ikkita yangi doʻstdan afzal. Buning tasdigʻi – 2017 yil 17 aprelda Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida Shartnoma imzolangan.  

Asosiy mavzular