08:26 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Zaslujennыy energetik RF, doktor texnicheskix nauk, direktor NOTS Vozobnovlyayemыe vidы energii i ustanovki na ix osnove  Viktor Yelistratov

Nega Oʻzbekiston Qozogʻistondan elektr energiyasini sotib olmoqda – ekspert fikri

© Foto : Iz lichnogo arxiva Viktora Yelistratova
Analitika
Havola olish
1305 0 0

Rossiyada xizmat koʻrsatgan energetika mutaxassisi, texnika fanlari doktori, “Qayta tiklanadigan energiya turlari va ularga asoslangan qurilmalar” ilmiy-taʼlim markazi direktori Viktor Yelistratov Qozogʻistondan elektr energiyasini sotib olishning asosiy sabablarini sanab oʻtdi.

Qozogʻiston 2019 yil iyun oyi oxiridan 17 iyulgacha Oʻzbekistonga 145 mln kVt-soat elektr energiyasini eksport qildi. 2019 yil davomida Oʻzbekiston energetika tizimiga 1 mlrd kVt-soatdan oshiqroq elektr energiyasi eksport qilinadi. Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksportini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri Qozogʻistonning ichki ehtiyojini taʼminlash hisoblanadi. 

Ekspertning Sputnik Oʻzbekistonga maʼlum qilgan fikriga koʻra,  bunday kelishuvga birinchi navbatda elektr energiyasi isteʼmolining oʻsishi turtki boʻlgan. Bu Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Isteʼmolchilar soni ortib bormoqda va yangi korxonalar barpo etilmoqda.

Boshqa tomondan esa Oʻzbekistonning koʻplab issiqlik elektr markazlarida ekspluatatsiya muddati uzoq boʻlgan eskirgan uskunalardan foydalanish mumkin. Bu oʻz oʻrnida talab ortib borayotgan elektr energiyasini almashtirish ehtiyojini yuzaga keltiradi.

Yelistratov Qozogʻiston mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatbardosh boʻlishi mumkin boʻlgan narxda elektr energiyasini taklif qilishi mumkinligini istisno qilmadi. Bu bilan ularni korxonalar samaradorligini oshirish bilan shugʻullanishga undaydi.

Eskpert hozirda Oʻzbekistonda AES qurilishi jadallik bilan davom ettirilayotganini eslatib oʻtdi. Ushbu loyiha elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarning katta qismini qoplaydi.

Biroq shuni unutmaslik lozimki, Oʻzbekiston juda katta hududga ega boʻlgan mamlakatdir va uning uzoq hududlariga elektr energiyasini yetkazib berish uchun qoʻshni Qozogʻistondan sotib olish foydali va osonroqdir.

Asosiy mavzular