16:13 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve

Bepoyon shahar boʻylab sayohat: oʻzbekistonlik pedagoglarni Moskva hayratlantirdi

Sputnik
Analitika
Havola olish
702 0 0

Oʻzbekistonning eng yaxshi rus tili oʻqituvchilari Moskvaga ekskursiyaga keldilar, sayoxat davomida ular Rossiya poytaxti haqidagi taassurotlari va respublikada tilni oʻrgatish muammolari toʻgʻrisida soʻzlab berdilar.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik, Lev Rыjkov. Moskvada Oʻzbekistonning eng yaxshi rus tili oʻqituvchilari mehmon sifatida qabul qilinmoqda. Ular "Oʻzbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi gʻoliblaridir. Sputnik muxbiri oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻldi.

Bir dengiz taassurotlar va zich grafik

Tanlov gʻoliblari bilan Moskva daryosi qirgʻogʻidagi "Patriarshiy" prichalida uchrashamiz. Daryo tramvayi qirgʻoq tomon yaqinlashadi va u yerdan mutlaqo baxtli va sal sovuqqotgan pedagoglar chiqib keladi. Moskvada iyul oyi kutilmaganda salqin keldi. Oʻzbekistondagi jazirama ob-havo va Moskvadagi salqin ob-havo oʻrtasida kattagina tavofut bor. Ammo pedagoglar, bu havoga ham moslashishga ulgurganlarini, endi esa Rossiya poytaxti goʻzalliklaridan zavq olishayotganini aytadilar.

Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve
Sputnik
Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve

Tanlov gʻoliblari grafigi juda zich. Har bir daqiqa band etilgan. Oʻqituvchilar bilan suhbatlashar ekanmiz, bu vaqtda ular uchun shu yerga yaqinroqda joylashgan Muso xaloskor cherkovi tamaddixonasida tushlik kutayotgan edi.

"Dasturimiz juda rang-barang va boy, - deydi "Rossiya gumanitar missiyasi" vakili Yelena Sanыcheva. - Mening nazdimda, Moskvani tanish boʻyicha chempionlarmiz. Biz uchta adabiyot muzeylarida boʻldik (Gogol, Lermontov va Pushkin), VDNX va Kremlni tomosha qildik, Zaryadyedagi shisha-koʻprikka chiqib, Moskva ustida parvoz qilgandek his etdik oʻzimizni. "Sovremennik" teatrida "Tri sestrы" spektaklini tomosha qildik. Kolomenskoye va Tsaritsinodagi parklarda boʻldik".

"Rossiya gumanitar missiyasi" vakilining aytishicha,madaniy dasturni tashkil etishga juda astoydil yondashishgan. Misol uchun, Tretyakovka galereyasiga shunchaki tashrif rejalashtirilmagan, balki muzeyga ekskursiya buyuk rus rassomi Ilya Repin koʻrgazmasi oʻtkaziladigan kunga toʻgʻri kelishi uchun harakat qilingan.

Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve
Sputnik
Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve

"Bilasizmi, pedagogika universitetiga oʻqishga kirayotganimda, qachonlardir Moskvaga borishim xayolimga ham kelmagan, - deya tan oladi yosh oʻqituvchi Malika Kutluyolova. - Taassurotlar - bir olam. Taomlaringiz juda mazzali ekan. Men gʻoliblikni qoʻlga kiritaman, deya oʻylamagandim. Bu yerdagi oʻqituvchilarning aksariyati yuqori malakali oʻqituvchilardir. Men esa atigi ikki yildan beri ishlayman".

Oʻqituvchilarning taxminan yarmi Moskvaga birinchi bor kelishi ekan.

"Moskva bepoyon ekan, - deydi Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumanidan boʻlgan pedagog Nadirjon Tojimov. - Ayniqsa, menga Zaryadye parkidagi koʻprik juda yoqdi. U yerda xuddi parvoz qilayotgandek his etdim oʻzimni. Park mediamarkazi esa - fantastikadan boshqa narsmasa!"

Yangi doʻstlar va oʻzaro tajriba almashish

Pedagoglarning hikoya qilishlaricha, Moskvaga sayohat turistik taassurotlardan tashqari, amaliy jihatdan ham foydali boʻldi. Yaʼni, Oʻzbekistonning eng yaxshi rus tili oʻqituvchilari Moskvaga tashkil etilgan sayohat tufayli uchrashdilar va bir-birlari bilan tanishdilar. Tanishuv bor joyda - tajriba almashish va kelajakda hamkorlik ham boʻladi, albatta.

"Oʻzbek xalqi rus tilini hamisha yaxshi koʻrgan, - deydi andijonlik oʻqituvchi Nilyufar Milaxunova. - Rus yozuvchilari taʼlim, oʻsib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshganlar. Bugungi kunda rus tiliga boʻlgan qiziqish kuchli, lekin talab taklifdan koʻra yuqoriligi ham bor gap. Va katta muammo shunda. Rus tili chuqurlashtirilgan holda oʻtiladigan sinflarida baʼzan 45-50 nafardan oʻquvchilar shugʻullanadilar. Men oʻylaymanki, ushbu tanlov chet tillarini, ayniqsa, rus tilini oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi".

Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve
Sputnik
Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve

Pedagoglarning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda rus tili pozitsiyasi bu tilda bemalol gaplasha oladigan katta yoshdagi avlod vakillari hisobiga kuchli. Ammo yoshlar orasidagi holat quvonarli emas. Chunki 90-yillarda koʻplar rus tili endi kerak boʻlmaydi, deb oʻylagan. Ammo hayot teskarisini koʻrsatdi. Bugungi kunda rus tilini bilmasdan turib, nafaqat Rossiya, balki oʻz vataningda ham yaxshiroq ishga joylashish qiyin.

"Asosiy muammolardan biri - bizda umumiy metodik asos yoʻqligida, - deydi andijonlik pedagog Mayya Artikova. - Darsliklar bor. Biroq har bir oʻqituvchi oʻz bilganicha oʻqitadi. Rus tiliga qiziqish ham kuchli".

Pedagoglarning cheksiz quvonchi orasida biroz gʻamginlik notalari seziladi. Axir ular tez orada ortga qaytishlari kerak, bepoyon Moskvaning esa hamma moʻʼjizasi ham oʻrganilgani yoʻq. Qayerdadir Sankt-Peterburg shahri joylashgan va u yerda oʻqituvchilarning birortasi boʻlmagan.

"Umid qilamizki, bu kabi tanlovlar hali boʻladi, - deydi Nilyufar Milaxunova. – Bir-birimiz bilan koʻproq muloqot qilishimiz kerak, qandaydir qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kerak. Umid qilamizki, hali bunday imkoniyat bizda boʻladi".

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻtkazilgan "Oʻzbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi gʻoliblari RFga sayohatni mukofot sifatida qoʻlga kiritgan edilar. Tanlov oʻtgan yilning 1-dekabridan joriy yil 10 iyungacha davom etgan, unda respublikadagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritadigan rus tili va adabiyoti oʻqituvchilari qatnashgan edilar.

Asosiy mavzular