16:39 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vladimir Djaralla

Ukraina xavfsizlik xizmati nega Rossiya tankerini qoʻlga oldi – ekspert izohi

Foto iz lichnogo arxiva
Analitika
Havola olish
777 0 0

Ukraina xavfsizlik xizmati nima sababdan Rossiya tankerini qoʻlga oldi va bundan koʻzlangan maqsad nimadan iborat edi?

Ukraina xavfsizlik xizmati Odessa viloyatidagi Izmail portida Rossiyaga tegishli Neyma tankerini goʻyoki Kerch boʻgʻozidagi hodisa vaqtida Ukraina harbiy kemalarini yoʻlini toʻsganlikda ishtirok etganligi uchun qoʻlga oldi. UXX xodimlari, harbiy prokurorlar va chegarachilar kemada tituv oʻtkazdi va hujjatlar, muzokaralar yozuvlari va bort jurnallarini musodara qilishdi. Shuningdek, ekipaj aʼzolarini soʻroq qilishdi.

Siyosiy ekspert Vladimir Djaralla boʻlib oʻtgan hodisani Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyni noqulay vaziyatga qoʻyishga urinish deb hisoblaydi.

“Bunda ilgari Poroshenko bilan hokimiyat tepasiga kelgan va besh yil davomida mamlakatni boshqargan kishilarning qoʻli bor. Ularning maqsadi – Zelenskiyga muammolar yaratish va Rossiya bilan muloqot oʻrnatishga qaratilgan har qanday urinishni toʻxtatib qolish. Ular hech kim qanday hal qilishni bilmaydigan qoʻshimcha muammolar tugʻdirishga urinishmoqda”, - dedi u Sputnik radio efirida.

Uning fikriga koʻra, tanker qoʻlga olinishi Zelenskiy jamoasi uchun oʻziga xos sinov boʻlgan.

Hozirda Ukraina qoʻlga olgan tankerdagi dengizchilar qoʻyib yuborilgan va Rossiyaga yetib kelishdi. Dengizchilarga nibatan hech qanday ayblov qoʻyilmagan. Kema Izmail portida ashyoviy dalil sifatida olib qolingan.

Asosiy mavzular