02:40 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Jiteli Uzbekistana

Oʻzbekistonda qancha odam yashashini hech kim bilmaydi

© Flickr / Allan Grey
Analitika
Havola olish
632622

Tez orada barcha MDH davlatlarida aholini roʻyxatga olish ishlari boshlanadi. Ammo Oʻzbekiston bundan istisno. Sputnik nega respublikada statistik maʼlumotlarni yangilashga shoshilishmayotganini ochiqlashga harakat qildi

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ishtirokchi-mamlakatlarida tez orada boshlanadigan keng koʻlamdagi aholini roʻyxatga olish ishlari syurprizlarni olib kelishi mumkin, deb hisoblashadi MDH davlatlararo statistik qoʻmitasi vakillari.

"MDH davlatlarida aholini roʻyxatga olish ishlari joriy va kelgusi yillarning oktyabr oylarida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston bundan istisno. U yerda roʻyxatga olish ishlari 2022 yilda oʻtkaziladi. Shuningdek, Ukrainada aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkaziladigan aniq sanani aytolmayman. 2016 yilda mamlakat biz imzolagan umumiy bitimga qoʻl qoʻymagan, lekin qiziq bayonot eʼlon qilgan: "Biz buni imzolamaymiz, lekin hammaga alam uchun aholimizni roʻyxatdan oʻtkazamiz", degan. Va bu bizni juda quvontiradi", - deb hikoya qildi Sputnik agentligiga MDH davlatlararo statistika qoʻmitasi raisi Vladimir Sokolin.

Ukraina bitta roʻyxatga olishni oʻtkazib yuborgan boʻlsa, MDH statistika qoʻmitasini koʻproq Oʻzbekiston tashvishga solmoqda. Bu oʻlkada oxirgi marta aholi 1989 yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan va respublika oʻsha vaqtda SSSR tarkibida boʻlgan.

"Oʻzbekiston eng katta bosh ogʻrigʻimiz. Oxirgi 30 yil ichida u yerda jiddiy migratsiya jarayonlari kechgan. Hozirda u yerda qancha inson yashashini hech kim ayta olmaydi. Lekin roʻyxatga olish ishlarini oʻtkazayotgan boshqa mamlakatlar materiallarida ularda oʻzbeklar soni birdaniga koʻpaygani koʻrinib turibdi. Demak, bu davlatlarga ular qayoыdandir kelishgan", - deya tushuntiradi Sokolin.

Sokolinning aytishicha, Oʻzbekistonda xubbi bir vaqtlar Moldovadagi kabi - mamlakatdan aholi oqimi yuz bergan boʻlishi mumkin. U yerda 3,5 million kishi istiqomat qiladi, deb hisoblab kelingan, ammo 2014 yilda oʻtkazilgan roʻyxatga olish ishlaridan soʻng "bir million kishi qayoqqadir gʻoyib boʻlgani" aniqlangan.

Moldovadan farqli oʻlarov Oʻzbekistonda kadrlar muammosi mavjud - 30 yil ichida keksa yoshdagi statistika xodimlari ishdan ketishgan, yoshlari hali ish oʻrganmoqda va nimani qanday bajarish kerakligini yaxshi tasavvur eta olishmaydi. Vladimir Sokolinning aytishicha, statistikani mashinalar emas, tirik odamlar toʻplaydi, ularni esa hali koʻp narsaga oʻrgatish lozim.

"Men bahorda Toshkentda boʻldim. Sovet ittifoqi davrida oʻzbek statistikasi eng yaxshilardan biri edi va ular hozir bor harakatni oʻsha darajani tiklashga yoʻnaltirishgan. Mamlakatning yopiqligi tufayli hamkasblar bilan muloqotning uzilib qolganligi sohaga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Shunga qaramay, roʻyxatga olish qarori qabul qilingan, Oʻzbekiston hukumati barcha xalqaro forumlarda faol qatnashmoqda. Ular banday tadbirlarda koʻrgan va oʻrganganlarini oʻzlarida joriy etishga harakat qilishmoqda", - deydi MDH bosh statisti.

U shuningdek Oʻzbekiston aholini roʻyxatga olish muammosi bilan yakkama-yakka qolmasligini aytib, tinchlantiradi. Mamlakatga birinchi galda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi statistika qoʻmitasi, MDH davlatlari milliy statistika xizmatlari, xalqaro tashkilotlar va Rossiya yordam berishini aytadi.

"Aytgancha, BMT aholishunoslik jamgʻarmasi hozirda RF TIV bilan ishlamoqda, bundan koʻzlangan maqsad, Rossiya maʼlum miqdordagi mablagʻlarni oʻzbek statistikasiga yordam uchun ajratib berishi kerak. Rossiya ulkan salohiyatga ega, Rossiya oʻz hamkasblariga hamisha yordamga keladi", - deya taʼkidlaydi Vladimir Sokolin.

U shuningdek, aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilgach, syurprizlar boʻlishi mumkinligini istisno etmaydi. "Oʻzbekiston - musulmon davlat ekanligini, u sovet davridagi sharoitlar emas, yangi sharoitlarda yashayotganini unutmaslik lozim. Ehtimol, bir oilada nechtadan rafiqa va farzandlar borligini bilgach, hayratga tusharmiz. Ushbu demografik xarakteristikalar aholi oʻsishini belgilash, sogʻliqni soqlash sohasi hamda taʼlim sohalarida maʼlum rejalarni amalga oshirish uchun juda muhim. Statistika shunchaki katta qiziqish uchun emas, balki holatni toʻgʻri tushunish va oldinga harakat qilish uchun amalga oshiriladi", - deb ishontiradi statist.

Aytishicha, roʻyxatga olish materiallari demografik kelajakka nazar tashlash imkonini beradi, shu bilan birga bunda har bir mamlakat aholisining nafaqat jinsi va yosh tarkibi haqida bilish mumkin, balki noldan 16 yoshgacha boʻlgan qizlarni hisoblashda oʻn yilliklar oldinga aholi sonini prognozlashtirishga imkoni ham vujudga keladi.

"Amaliyotda bu raqamlar 99,9% toʻgʻri boʻlib chiqqan, albatta, agar urush, ochlik va epidemiya roʻy bermasa", - deydi Vladimir Sokolin.

Asosiy mavzular