Belarus O‘zbekistonga nima taklif qilishi mumkin

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBelorusskie traktori na vistavke v Tashkente
Belorusskie traktori na vistavke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti 31-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Belarusga keladi. Sputnik kolumnisti Aleksandr Shpakovskiy erishilgan natijalarni hisobga olgan holda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Minskka birinchi rasmiy tashrifi 31-iyul - 1-avgust kunlari amalga oshiriladi.

Sputnik Belarus yozishicha, bundan avval Belarus va O‘zbekiston mintaqalararo birinchi forum o‘tkazildi, unda 20 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimlar imzolandi.

Qator ekspertlar fikriga ko‘ra, uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng Minsk va Toshkent o‘rtasida deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalar o‘rnatilgani kuzatilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati

Bu asosan O‘zbekiston yangi rahbari Shavkat Mirziyoyevning sa’yi-harakatlari bilan bog‘liq, u 2016-yilda prezident Islom Karimov vafotidan keyin hokimiyat tepasiga keldi va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faol pozitsiyasi, yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni ifodalovchi yangi ochiqlik siyosati ilgari surmoqda.

Bu yo‘nalish sobiq O‘zbekiston rahbariyatining strategiyasidan tubdan farq qiladi (avvalgi rahbariyat xorijiy sheriklar, shu jumladan sobiq ittifoq mamlakatlari bilan aloqa qilishga bezovtalik bilan qaragan).  

Toshkentning yondoshuv o‘zgarishini Markaziy Osiyo mintaqasida o‘z ta’sirini o‘tkazishda raqobat qiluvchi tashqi o‘yinchilarning e’tiboridan chetda qolmadi. Xitoy, AQSh, YeI, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar o‘zbek bozorida mustahkam o‘rin egallash, O‘zbekistonni hamkorlik qilish bo‘yicha turli loyiha va shakllarga jalb qilishga harakat qilmoqda.

Ekspert rasskazal, chem interesen Uzbekistan dlya Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida asosiy hamkorlik yo‘nalishlari - ekspert

Shu o‘rinda, O‘zbekiston tomoni taqdim etilgan takliflardan faqat milliy manfaatlari va rivojlanish maqsadlariga javob beradigan foydali loyihalarni tanlab olmoqda.

Bunday yondoshuv o‘zini oqlamoqda: O‘zbekiston iqtisodiyoti yiliga 5-5,5 % yaxshi o‘sish suratlarni namoyish qilmoqda. XVJ prognozlariga ko‘ra, ushbu ijobiy dinamika keyingi yillarda ham saqlanib qoladi.

Xorijiy subyektlar bilan munosabatlarda Toshkentning ustuvor yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, buning uchun O‘zbekistonda tegishli maxsus jamg‘arma tashkil etilgan, mamlakat hududida sanoatni yo‘lga qo‘yish uchun investitsiya kiritgan xorijliklarga jiddiy imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Shu yilning o‘zida O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida umumiy qiymati 4,2 milliard dollar kiritilishi kutilmoqda.  

Rivojlanishdagi sezilarli yutuqlar 3-5 yil ichida O‘zbekiston sobiq ittifoq hududida “ikkinchi iqtisodiyot”ga aylanishi borasida ayrim ekspertlarga bashorat qilish imkoniyatini bermoqda.   

Ta’kidlab o‘tish kerakki, “ochiqlik siyosati” doirasida rasmiy Toshkent Rossiya bilan hamkorlikni sezilarli darajada jadallashtirdi, shuningdek, MDH maydonida ishlarni faollashtirish vazifasini qo‘ydi.

Tabiiyki, Belarus O‘zbekiston mintaqadagi yangi roli va ochilayotgan keng imkoniyatlarni e’tiborsiz qoldirmadi. 2016 va 2018-yillarda Aleksandr Lukashenko Toshkentga rasmiy tashriflarini amalga oshirdi, ular muloqotni o‘rnatish nuqtayi nazaridan juda muvaffaqiyatli deb topildi.

Mutaxassislar Belarus prezidenti va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida yaqin ishonchli munosabatlar o‘rnatilganligini ta’kidladilar.

Yangi yo‘nalishlar

Natija ozoq kutilmadi, 2017-yildan boshlab o‘zaro tashqi savdo hajmi ikki baravarga ortdi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyevning fikriga ko‘ra, 2019-yil yakuni bo‘yicha o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari 500 million dollarni tashkil qilishi mumkin, prezidentlar 1 milliard dollarga chiqish vazifasini qo‘yishgan.  

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Belarusga tashrif buyuradi

2015-2016  yillarda tovar ayirboshlash hajmi 65 million dollar oshmaganini hisobga olsak bu belgilangan maqsad juda katta.

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda mahalliy eksport ortishi, asosan O‘zbekiston bozorida o‘z joyini topgan mashinasozlik mahsulotlarini yetkazib berish hisobiga erishildi.

Ammo shuni tushunish kerakki, birinchidan, belorusliklar yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning qattiq raqobatiga duch kelmoqda, ikkinchidan, O‘zbekistonning yuk mashinalar, traktorlar, avtobuslar, og‘ir samosvallarga bo‘lgan ehtiyoji cheksiz emas.

Ya’ni, yuqori darajada mahalliylashtirish talab etiladigan qo‘shma korxonalarni, servis markazlarini tashkil etish, shuningdek yetkazib beriladigan tovarlar va xizmatlar turlarini kengaytirish haqida oylash kerak.

Bundan tashqari, O‘zbekiston savdo balansini tenglashtirishga qiziqish bildirmoqda, hozirda Belarus ko‘rsatkichi yuqori.

Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari –  ta’lim, IT-tarmoq va albatta turistik xizmatlar bozori bo‘lishi mumkin.

Yana bir qiziq tomon, so‘nggi vaqtda O‘zbekistonga sayyohlar oqimi keskin ko‘paydi: 2018-yilda mamlakatga 5,35 million sayyoh tashrif buyurdi. Hozirgi vaqtda rossiyaliklar orasida O‘zbekiston yo‘nalishi ommaviy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolganligiga qaramasdan, atigi 6 ming Belarus fuqarolari O‘zbekistonga keldi.

Gap shundaki, ehtimol belarusliklar yetarli ma’lumotga ega emas, chunki Gruziya Belarus turizmi bozoridagi muvaffaqiyati singari qadimgi Samarqand, Buxoro, ajoyib o‘zbek taomlari hisobiga belaruslarda ham ommaviy yo‘nalishga aylanishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Belarus “Rosatom” kompaniyasi bilan hamkorlikda AES qurishmoqda. Bu atom energetika sohasidagi mutaxassislar ilmiy-texnikaviy kooperatsiyasi uchun maydon bo‘lib qolishi mumkin.

Minsk va Toshkent, shuningdek, tovarlarni uchinchi mamlakatlar bozoriga chiqarish va o‘zaro savdo ko‘mak berishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma strategiyani ishlab chiqarishdan manfaatdordir.

O‘zbekiston hozircha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilmoqchi emas, biroq bu integratsion blok bilan muayan formatda ishni tashkil qilishi kerak. Bunday takliflarni ishlab chiqish Belorus tomon ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkin va bu hamkorlikni milliy darajaga olib chiqadi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi-nazaridan farqlanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0