13:53 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi "Muzzday 2019" festivalidan reportaj

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Analitika
Havola olish
365 0 0

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida tarixda birinchi marta muzqaymoqlar festivaliga start berildi. Tadbir mehmonlari hatto oʻzlari kutmagan turdagi muzqaymoqlardan taʼtib koʻrishga muvaffaq boʻldilar

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahrida ilk bor muzqaymoqlar festivaliga start berildi. Bunda mehmonlar eksklyuziv turdagi yaxna desertlardan taʼtib koʻrishga muvaffaq boʻldilar.

"Toshkent oʻzgarmoqda!"

Muzqaymoq shinavandalarini toʻplayotgan Brodvey sari borayotib, oldinda ketib borayotgan ikki qizning oʻzaro suhbati eʼtiborimni tortdi. Ulardan biri "Toshkent oʻzgarmoqda" deya dugonasiga shahardagi oʻzgarishlarga faxr bilan baho berib borardi. Suhbatni oxirigacha eshitish uchun qadamimni tezlashtirdim. "Bilasanmi, bir yil oldin kelganimda ham bunday festivallardan nom-nishon yoʻq edi. Endi esa koʻpaygan. Juda xursandman"... 

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
V Tashkente proxodit festival morojenogo

Aytgancha, boshqa davlatlarni bilmayman, lekin Oʻzbekistonda jazirama kunlar davom etmoqda. Demak, muzqaymoqxoʻrlik "mavsumi" oʻlgan emas. Shu boismi, Saylgoh koʻchasi har qachongidan-da odamlarga gavjum.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
V Tashkente proxodit festival morojenogo

Uch yuz turdagi muzqaymoqlar taqdim etilishini eshitgan borki, bugun bu yerga shoshilgan. Ular orasida farzandlari bilan va oilaviy kelganlar, xususan yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Toshkent muzqaymoq festivaliga chorlamoqda >>>

Odamlar nigohida avval koʻproq yengil sarosima va qiziqish sezilgan boʻlsa, ammo mehmonlar qarshisiga animatorlar chiqishi bilan bu kayfiyat oʻz oʻrnini quvonchga boʻshatib berdi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Vыxod animatorov ochen ponravilsya gostyam festivalya

Savdogar-fokuschilar

"Zarafshon" restoranidan Gʻaznachilik binosigacha joylashgan muzqaymoq rastalari oldida odamlar gavjum. Atrofdagilar faqat muzqaymoq haqida gapirishadi. "Oyi, muzqaymoq olib bering". "Qaysinisidan olamiz?". "Yur, ana u yerda muzqaymoqni fokus koʻrsatib, sotishayotgan ekan"... Odamlar bugun bu yerda nafaqat muzqaymoq yeyapti, balki ushbu desert savdosini yuksak mahorat darajasigacha koʻtara olgan savdo ustalari tomoshasidan ham bahramand boʻlishmoqda.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Prodavets morojenogo pokazal fokus

Festivalda 300 turdagi muzqaymoqlar taqdim etilgani bilan, Rossiyada ishlab chiqarilgan muzqaymoqlar sotiladigan rastalarda odam nihoyatda gavjum edi. Undan bahramand boʻlishni istaganlarga navbatda turishlariga toʻgʻri kelardi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Za moskovskim morojenыm stoyala ogromnaya ochered

Albatta, boshqa rastalardagi muzqaymoq turlari koʻzni quvontiradi. Qaymoqli, mevali, bananli, shokoladli.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Lyudi s semyami segodnya speshili na festival, chtobы poprobovat novыe vkusы morojenogo

Istasangiz stakanda, istasangiz rojokda yoki xohishingizga qarab quyma muzqaymoqlarni xarid qilishingiz mumkin.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Morojenoye trebovali daje malyutki

Hatto eng jajji kichikintoylar ham, muzqaymoq berishni talab qilishardi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Na festivale gostyam bыlo predlojeno trexsot vidov morojenogo

Festival mehmonlariga anʼanaviy turdagi muzqaymoqlar bilan birga tamomila yangi taʼmga ega yaxna desertlar ham taqdim etildi. Misol uchun "Katta yoshdagilar uchun" deb yozilgan muzqaymoq rastasida spirtli ichimliklar taʼmiga ega boʻlgan muzqaymoqlar sotilar edi. Bu muzqaymoqdan taʼtib koʻrganlarni koʻrmadik, lekin qiziquvchanlar eʼtiborini tortgani guvohi boʻldik.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Festival morojenogo v Tashkente prodlitsya vsego lish tri dnya

Festival estrada yulduzlari chiqishlari bilan yakun topdi. Muzqaymoqning yangi-yangi turlaridan bahramand boʻlishni istovchilar uchun festival yana ikki kun davom etishini eslatib oʻtamiz.

Shuningdek, bu yerda eng mazali muzqaymoq tanlash qoidalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Asosiy mavzular