03:54 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Asteroid. Arxivnoye foto

Yerga yaqinlashib kelayotgan asteroid qanchalik xavfli – ekspert izohi

CC BY 2.0 / Hubble ESA / Artist's view of watery asteroid in white dwarf star system GD 61
Analitika
Havola olish
600 0 0

NASA maʼlumotiga koʻra, avgust oxirida Yerga oʻz oʻlchami bilan mashhur Xeops ehromini ortda qoldiruvchi “xavf tugʻdirishi ehtimoli boʻlgan” asteroid yaqinlashadi. Rossiya Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Natan Eysmont ushbu asteroid Yerga qanchalik xavfni tugʻdirishi mumkinligi haqida soʻzlab berdi.

NASA avgust oxirida Yerga oʻz oʻlchami bilan Xeops ehromini ortda qoldiruvchi “xavf tugʻdirishi ehtimoli boʻlgan” asteroid yaqinlashishini maʼlum qildi.

2019 OU1 asteroid diametri 160 metrga teng, bu esa Xeops ehromi diametridan 20 metrga kattaroq degani.

Asteroid 28 avgust kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, yaʼni u Venera sayyorasidan 40 baravar yaqinroq keladi.

Asteroid sayyoramiz yonidan bir million kilometrga yaqin masofada toʻqnashmasdan uchib oʻtib ketadi.

Rossiya Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Natan Eysmont taʼkidiga koʻra, NASA᾽ning bunga oʻxshash bayonotlari ajablanarli, chunki xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan barcha asteroidlar, jumladan, “Xeops ehromi kattaligidagi” asteroidlar roʻyxati allaqachon tuzilgan.

Ammo bunday kattalikka ega boʻlgan osmon jismlari haqiqatdan ham Yerga xavf tugʻdirishi mumkin.

“Hozir odamlar ularni qoʻrqitishlarini yaxshi koʻrishadi, shuning uchun shunga oʻxshash bayonotlar koʻpincha yolgʻon boʻlib chiqadi”, - deydi Natan Eysmont.

Asteroid haqiqatdan ham Yerga xavf tugʻdirishi mumkinligini baholash va aniqlash uchun uning harakat yoʻlini uzoq muddat davomida kuzatish lozim. Amalda bunga oʻxshash asteroidlar Yer bilan toʻqnashmasdan uchib oʻtishi kuzatiladi, deya xulosa qildi ilmiy xodim.

Asosiy mavzular