13:57 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Pasport RF

Kadrlar hammaga kerak: professionallar Rossiya pasportini tezlashtirilgan tartibda oladi

Sputnik
Analitika
Havola olish
536 0 0

Kuzdan Rossiyada migratsiyaga oid yangi qonunchilik ishga tushadi. RFdagi xorij fuqarolari hayoti shundan soʻng qanday oʻzgarishi haqida Sputnik materialida oʻqing.

TOSHKENT, 16 avg - Sputnik, Lev Rыjkov. Yaqin vaqt ichida Rossiya Federatsiyasida migratsiyaga oid qonunchilikka muhim oʻzgartirishlar kiritiladi. Joriy etiladigan yangiliklar haqida "Rossiya segodnya" XAA tashkil etilgan matbuot-anjumanida RF IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi rahbari politsiya general-mayori Valentina Kazakova soʻzlab berdi.

Muddatsiz yashash huquqi

2019 yilning 2 oktyabridan kuchga kiradigan yangi qonunga binoan RF fuqaroligini olish uchun ariza bilan murojaat etish huquqiga ega boʻlgan mutaxassislarning minimal ish faoliyati muddati 3 yildan 1 yilgacha etib qisqartiriladi. Oʻzgarishlar birinchi navbatda malakali kadrlarni qamrab oladi. Tegishli mutaxassisliklar roʻyxati Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu roʻyxatda shifokorlar ham, muhandislar ham, tokarlar ham, elektriklar ham bor.

2019 yilning 1 noyabridan Rossi Federatsiyasi hukumati tomonidan oʻrnatilgan kvotasiz "vid na jitelstvo" (yashash uchun ruxsatnoma) huquqini olishga haqli boʻlgan fuqarolar toifasi roʻyxati kengaytirilmoqda.

"Roʻyxatga SSSR tarkibiga kirgan davlatlar fuqarolari hamda Rossiyadagi taʼlim tashkilotlarida professional maʼlumot olgan fuqarolar kabi toifa qoʻshilgan, - deya tushuntiradi Valentina Kazakova. - Shu tarzda, bizdagi oliy va oʻrta kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari kvotadan tashqarida yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) olishlari mumkin boʻladi".

Rossiya Federatsiyasida 2019 yilning 1 noyabridan boshlab yashash ruxsatnomasi (VNJ) muddatsiz boʻladi. Hujjat xuddi Rossiya fuqarosi pasporti singari 14, 20 va 45 yoshda almashtirib beriladi. Shu bilan birga, yashash ruxsatnomasiga ega boʻlish uchun berilgan arizani koʻrib chiqish muddati 6 oydan 4 oyga qisqartiriladi. Zarur hujjatlar roʻyxati ham qisqa: VNJ uchun ariza, chet el fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ikki dona fotosurat va davlat bojini toʻlaganlik haqidagi kvitantsiya.

Oʻtmishda SSSR fuqaroligida boʻlgan RSFSR fuqarolari, shuningdek, RF hududida yaqin qarindoshlari: ota-onasi va farzandlari yashaydigan shaxslar RVP olmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri yashashga ruxsantnoma (vid na jitelstvo) olish huquqini qoʻlga kiritadilar.

Faqatgina RF fuqarosi bilan nikohda boʻlgan shaxslar bundan mustasno. Bunday shaxslar avval vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP)ni olishlari kerak boʻladi.

Shuningdek, ushbu oʻzgarishlar rasman rus tili tashuvchisi etib tan olingan shaxslarga ham taalluqlidir. Agar ilgari bunday fuqarolarga yashash ruxsatnomasi uch yil muddatga berilgan boʻlsa, endi uning muddati cheklanmagan.

Pasport bekor qilingan boʻlsa

2019 yilning avgust oyida pasportlarni tortib olib boʻyicha muammolarga yechim topadigan oʻzgarishlar kuchga kirmoqda.

"Rossiya davlatchiligi shakllana boshlagan davrda, sovet davrida berilgan pasportlar yangi namunadagilariga almashtirilgan davrda, pasportlar RF fuqaroligi bor-yoʻqligi tekshirilmagan tartibda berilgan, - deydi Valentina Kazakova. - Mana shu tufayli ham RF fuqarosi boʻlmagan shaxslarda pasport mavjudligi muammosini keltirib chiqargan. Bundan kelib chiqadiki, shaxs oʻzini RF fuqarosi hisoblagan, ammo qonuniy tartibda bu fuqarolikni olmagan. Natijada, unda RF fuqaroligi mavjud emasligi haqida xulosa chiqariladi va bu holda pasport olib qoʻyiladi".

Ushbu masala sobiq ittifoq davlatlaridagi koʻplab yashovchilar uchun dolzarbdir. Siz oʻzingizni RF fuqarosi hisoblagan boʻlsangiz, lekin kutilmaganda sizdan pasportni olib qoʻyishsa, nima qilmoq kerak?

Kazakovaning aytishicha, bunday shasxlar birgina ariza va pasport olib qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi akt bilan RF fuqaroligini olish jarayoniga qabul qilinishi mumkin.

Shuningdek, Kazakovaning soʻzlariga koʻra, agar shaxs chet el fuqarosi boʻlsa, u fuqarolikka qabul qilish qarori chiqarilgan sanadan boshlab bu jarayonga jalb qilingan hisoblanadi, agar boshqa fuqarolikning mavjudligi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, arizachi Rossiya pasporti berilgan sanadan boshlab fuqaro sifatida tan olinadi.

Asosiy mavzular