13:37 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Dotsent kafedrы ekonomiki i finansov fakulteta ekonomicheskix i sotsialnыx nauk (FESN) RANXiGS Alisen Alisenov

Yangi Bojxona kodeksi – bu Oʻzbekistonning YEOIIga kirish yoʻlidagi qadamidir - Alisenov

© bettingbusiness
Analitika
Havola olish
40010

Davlat bojxona qoʻmitasi yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasini umumiy muhokamaga qoʻydi.

Ushbu masala yuzasidan Sputnik Oʻzbekiston radio efirida Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS), iqtisodiy va ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, iqtisodiy fanlar nomzodi Alisek Alisenov oʻz fikrlarini bildirdi.

“Yangi Bojxona kodeksini qabul qilish – bu 2018 yil 1 yanvarda kuchga kirgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Bojxona kodeksida belgilab berilgan bojxona protseduralariga yaqinlashtirish yuzasidan oraliqdagi oʻziga xos bosqich boʻlsa kerak”, - dedi Alisenov.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston kelajakda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirish niyatida hamda bojxona protseduralari va qoidalarini yaqinlashtirish boʻyicha harakat qilmoqda.

“Yangi Bojxona kodeksi, mening fikrimcha, bojxona protseduralarini sezilarli darajada soddalashtirish, bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, biznesni rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan va Oʻzbekiston bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega boʻlgan davlatlar oʻrtasida tovar ayirboshlashni ragʻbatlashtirish boʻyicha zamonaviy yondoshuvlardan foydalanishga qaratilgan”, - dedi ekspert.  

Mutaxassisning toʻliq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular