13:18 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Professor Yuriy Yudenkov

Hozirgi sharoitda qanday valyutani sotib olish kerak – rossiyalik ekspertning maslahati

© Facebook
Analitika
Havola olish
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)
113310

Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi. Shunda dollar va yevro kursi 300 soʻmdan ortiq koʻtarildi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi(RANXiGS)ning dotsenti Yuriy Yudenkov, oʻzbekistonliklar bunday sharoitda qanday valyutani sotib olishi va sotishi kerakligi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. 

Ekspertning soʻzlariga koʻra, Markaziy bank tomonidan koʻrilayotgan choralar, xorijiy valyuta tanqisligi yuzaga kelganligidan dalolat beradi, uni davlat strategik nuqtai nazardan bozor mexanizmlari bilan ushlab turishga harakat qilmoqda.

“Shubhasiz, valyuta yetarli emas, shuning uchun u ushlab turiladi va keyin butunlay boshqacha kursda chiqadi. Oʻylaymanki, soʻmning maʼlum darajada pasayishi davom etadi, bu esa import tovarlarining narxi koʻtarilishini anglatadi, shu vaqtda mahalliy mahsulotlar, umid qilaman, avvalgi darajada qoladi, har qalay, hozircha. Aholiga beriladigan maslahalarga keladigan boʻlsak, menimcha, masalan rubl sotib olish maʼqul, chunki yuan bahosi tushib ketdi va uning taqdiri nomaʼlum”, - deb taʼkidladi Yudenkov.

Shu bilan birga, ekspert xorijiy valyutani erkin sotish va sotib olish chorasi noqonuniy valyutafurushlardan (ular chegara orqali kontrabanda yoʻli bilan dollarni olib kirish va aholiga sotishni davom etmoqda) batamom xalos boʻlishga yordam berishiga shubha bilan qaraydi.

Mutaxassisning toʻliq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Mavzu:
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)

Asosiy mavzular