07:03 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
SPUTNIK_antiterroristicheskiye  ucheniya Kollektivnыx sil ODKB v Tadjikistane

NATO harbiylarining tushiga ham kirmagan - "Markaz-2019" aksilterror mashgʻulotlari haqida

© Ruptly .
Analitika
Havola olish
Aleksandr Xrolenko
316131

AQSH va NATO ancha yillardan buyon bu darajadagi mukammal "harbiy oʻyinlarni" tashkillashtirishga urinib kelmoqda, jangovar aviatsiyani aniq qoʻllash imkonini beruvchi "razvedka-zarba konturlari" mashqlari haqida esa faqatgina orzu qilishlari mumkin, deb hisoblaydi harbiy ekspert.

"Markaz-2019" strategik qoʻmondonlik-shtab mashgʻulotlari butun dunyoga Rossiya, uning ittifoqdoshlari va sheriklarining, Pentagon va NATO mutlaqo teng kelolmaydigan koʻlamdagi, mislsiz mudofaa imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilgan.

RF Mudofaa vazirligi sakkizta davlat - Rossiya, XXR, Pokiston, Qirgʻiziston, Hindiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistondan - 128 ming nafar harbiy xizmatchilar qatnashadigan manyovrlar haqida eʼlon qildi. Bunda 20 mingdan ziyod qurol-aslahalar va harbiy texnika, 600ga yaqin uchish apparatlari va 15tagacha kemalar hamda flot kuchlari faoliyatini taʼminlovchi reyd kemalari ishtiroki kutilmoqda. Rossiya tomonidan Markaziy harbiy okrug va Kaspiy floti, Sharqiy harbiy okrug kuchlarining bir qismi, HDK va harbiy transport aviatsiyasi kuch va vositalari jalb qilinmoqda.

"Markaz-2019" oʻquvlari sentyabr oyida ikkita bosqichda oʻtkaziladi. Avvaliga terrorizmga qarshi kurash masalalari, havodan hujumga qarshi mudofaa harakatlari tekshiruvi va razvedka ishlari mashq qilinadi. Soʻngra shartli dushman ustiga bostirib borish va uni tor-mor etish harakatlari amalga oshiriladi. Asosiy voqealar koʻlami Rossiyaning Orenburg viloyatidagi "Totskiy" va "Donguz", Dogʻistondagi "Adanak", Astraxan viloyatidagi "Ashuluk", Chelyabinsk viloyatidagi Chebarkul va Kurgan viloyatidagi "Safakulevo", Altay oʻlkasidagi Aley va Kemerovo viloyatidagi Yurgin poligonlarida boʻlib oʻtadi. Oʻquv-mashgʻulotlarning alohida epizodlari chet davlatlari poligonlarida ham oʻtkaziladi. Kaspiy dengizi akvatoriyasida Kaspiy flotiliyasi kuchlari guruhi dengiz kommunikatsiyalari hamda dengiz iqtisodiy faoliyatiga kiruvchi hududlar mudofaasi metodlari mashgʻulotini namoyish etishadi.

Shunisi eʼtiborga molikki, "markaz-2015" mashgʻulotlari bilan taqqoslaganda bu yilgi oʻquv ishtirokchilar sonida, jangovar texnika miqdori jihatdan ham ancha oʻsish borligini koʻrish mumkin. Toʻrt yil muqaddam manyovrlarda 95 ming harbiy xizmatchilar, 7 ming dona qurol-aslaha, 170ta samolyot va 20ta HDF kemalari jalb etilgan. Aytgancha, oʻshanda faqatgina Rossiya va Qozogʻiston qoʻshinlari ishtirok etgan (ODKB tezkor kollektiv kuchlarni tuzish tarkibidan).

Tashqi tahdidlarga monand

Harbiy xizmatchilar va jangovar texnika soni, minglab kilometrlarga yoyilgan operatsiya maydoni koʻlami bilan MDH davlatlarida hech kimni qoyil qoldirib boʻlmaydi, chunki bundan-da keng koʻlamli tadbirlar ham boʻlgan. Xususan, "Sharq-2018" oʻquvlari davomida 300 mingga yaqin RF harbiy xizmatchilari bir vaqtning oʻzida masalalarga yechim topgan, shuningdek, 36 mingga yaqin tanklar, piyodalar jangovar mashinalari va bronetransporterlar, 1 000 dona uchar apparatlar jalb etilgan edi.

Bu tinchlik davrida kuch va vositalarni muvofiqlashtirish darajasi jihatdan misli koʻrilmagan voqelikdir. Qoʻshinlar "Markaz-2019"da yanada globalroq stsenariyni jonlantirishi mumkin edi, biroq Rossiya 2011 yilda ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash choralari toʻgʻrisidagi Vena shartnomasida oʻz aksini topgan taqiqlarga qatʼiy amal qiladi.

AQSH va NATO ancha yillardan buyon bunday darajadagi murakkab "harbiy oʻyinlarni" tashkillashtirishga urinib kelishmoqda. Polsha va Boltiqboʻyi mamlakatlarida esa jangovar aviatsiyani aniq qoʻllash imkonini beruvchi "razvedka-zarba konturlari" haqida orzu qilishadi.

NATOning uzoq yillar davom etgan mashgʻulotlaridan soʻng eng yirik Trident Juncture 2015 oʻquvi Yevropa janubida 30ta davlatdan 36 ming harbiy xizmatchilar, 200 dona samolyot va 50 dona jangovar kemalarni jamlagan. Polsha hududida oʻtgan Anakonda-2016 oʻquvlari esa - 31 ming nafar harbiyni bir maydonga toʻplagan edi. Shu tarzda, NATO generallari MDH va ODKB armiyalari oʻquv tadbirlari jangovar tayyorgarligiga nisbatan nafaqat tajriba, balki qoʻshinlar soni  jihatdan ham ancha ortda. Jang maydonida koʻpmillatli kuchlarning oʻzaro aloqasi sifat darajasi haqida-ku, gapirmasa ham boʻladi.

Pentagon va alyans shtablarida ehtimoliy janglarning komyuterlashtirilgan modeli ustuvorlikka ega, ammo reallik va qoʻshinlarning jangovar amaliyoti har doim ularga murakkablik tugʻdirgan.

Qaynoq yoʻnalish

"Markaz-2019" strategik qoʻmondon-shtab oʻquvlari tarkibi va ishtirokchilar roli ham Rossiya, XXR, Pokiston, Qirgʻiziston, Hindiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi ishlar holatidan, terrorizm tahdidi ortishi va bu tahdidlarning Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi tomon yoʻl olganidan jiddiy tashvishdaligidan dalolat beradi.

"Moʻʼtadil" "Tolibon" harbiy-diniy harakati terrorchilari va "moʻʼtadil boʻlmagan" "ID" jangarilari oʻrtasida kurash avj olgan bir vaqtda Afgʻonistondagi AQSH kontingentining ojizligi, regionda xalqaro qurollangan mojaro tobora kuchayayotgan bir mahalda bunga yoʻl qoʻymaslik uchun mashgʻulotlar oʻtkazilishi haqidagi afsonalar va nihoyat haqiqiy ahvolni koʻrsatmoqda.

Agar shuning iloji bor ekan, bu kabi muammoni hamjihatlikda hal etgan maʼqul. Tahdidlar koʻlamini ongli his eta olish harbiy bloklar tarkibida boʻlmagan yoki ishonchga asoslangan sheriklik munosabatlarida boʻlgan davlatlarni Rossiya va ODKBning "harbiy oʻyinlari"ga olib kelmoqda. Sal oldin Oʻzbekiston Qozogʻiston va Rossiya bilan harbiy hamda harbiy-texnik hamkorligi faollashgani haqida Sputnik xabar bergan edi.

Neytral Turkmaniston hozircha oʻzini chetga olib turibdi, ammo Afgʻonistondagi qurollangan islomchilar faolligining ortib borayotgani oʻz-oʻzidan respublikani qoʻshnilar bilan harbiy integrallashuvga qoʻshilishga olib kelmoqda.

V Balыkchi ofitsialno startovali ucheniya stran SHOS Mirnaya missiya
Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov

"Markaz-2019" strategik manevrlarida uch geosiyosiy raqib — Xitoy, Hindiston va Pokiston ishtiroki - bir qarashda mantiqqa mos kelmaydigandek tuyulgani bilan aslida unday emas. Real tajriba - bebaho, Rossiya esa oʻz ittifoqdoshlari va yaxshi qoʻshnilari bilan "Suriya tajribasi", terrorchilar uyushmasini yoʻq qilish boʻyicha samarali taktikalar, mutaxassislarni tayyorlash metodikalari bilan oʻrtoqlashishga tayyor. Bu jarayon oʻzaro foydali, axir har bir davlatning mudofaa va xavfsizlik sohalarida - tashqi siyosiy, taktik va texnologik jihatdan - erishgan oʻziga xos yutuqlari bor.

"Markaz-2019" strategik qoʻmondon-shtab oʻquvlari joriy yilda RF Qurolli kuchlarining tezkor va jangovar tayyorgarligi bosqichini yakunlab, markaziy-osiyo yoʻnalishida harbiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlaydi.

Asosiy mavzular