14:12 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Politolog Dmitriy Verxoturov

Amerika Markaziy Osiyo davlatlaridan nima istaydi? Ekspert S5+1 uchrashuvi haqida

Sputnik
Analitika
Havola olish
1082 0 0

Ekspert fikriga koʻra, AQSH Markaziy Osiyo davlatlarini afgʻon muammosini tartibga solish yoʻlida toliblarni siyosiy va iqtisodiy sheriklar tariqasida sinovdan oʻtkazishga koʻndirishga harakat qiladi

Dmitriy Verxoturov

Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSH davlat kotibi oʻrinbosari Devid Xeyl oʻrtasidagi "S5+1" (yoki Markaziy Osiyo plyus AQSH) formatidagi uchrashuv ekspertlarda qiziqish uygʻotmasligi mumkin emas. Uchrashuv ishtirokchilari yopiq eshiklar ortida nimalarni muhokama qilgan boʻlishlari mumkin, degan savolga siyosatshunos, sharqshunos Dmitriy Verxoturov javob berishga harakat qildi.

Yigʻilish yopiq eshiklar ortida oʻtdi va garchi uchrashuv formati eʼtiborga molik darajada boʻlsa-da, muloqot mazmuni haqida maʼlumotlar juda kam. Bilganimiz shu-ki, muloqot xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, transport va investitsiyalar sohalarida hamkorlik borasida kechgan. Xeylning oʻzi brifing davomida Qozogʻistonga 2018 yil yanvarida QR prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQShga qilgan safarida erishilgan kelishuvlarga binoan kelganini aytgan.

Shunday ekan, haqli savol tugʻiladi: bu nima degani oʻzi? AQShning ushbu, Rossiyaning janubiy qoʻshnilarigina emas, balki sheriklari va hatto yaqin harbiy ittifoqdoshlari (Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston ODKB tarkibiga kiradi) boʻlgan mamlakatlar bilan yigʻilishi hech kimda qiziqish uygʻotmasdan, xususan, xushyorlik aralash qiziqish uygʻotmasdan qolmaydi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2018 yilning yanvaridayoq ushbu format Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiya bilan aloqalarini uzib tashlash maqsadida tashkil etilganini aytgan edi. Lavrov oʻshanda Rossiya mintaqa mamlakatlarining tashqi siyosiy aloqalari rivojlanishiga qarshi emasligini, ammo bu munosabatlar amaldagi kelishuvlarga ziyon yetkazmasligi lozimligini alohida taʼkidlagandi.

Lavrov bergan bahoga qoʻshilmay boʻlmaydi. Haqiqatan, aftidan, AQSH oʻzini Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun katta siyosiy sherik rolida sinab koʻrmoqda, va, ehtimol, u yerdan Rossiyani siqib chiqarishga ham urinib koʻradi. Shtatlarning olis masofadagi keng mintaqalarda siyosiy va harbiy ustunlikka intilishi hech kimga sir emas.

Shunday boʻlsa-da, Nur-Sultonda oʻtgan majlisning asosiy mavzusi tashqi siyosiy sherikni almashtirishga bagʻishlangan pand-nasihatlar boʻlganiga ishonish qiyin. Odatda bu kabi uchrashuvlarda, davlatlararo darajadagi muhokamani talab etadigan aniq mavzu koʻtariladi va dasturning bosh mavzusi ham oʻsha boʻladi. Siyosiy tashabbuslar "oq varoqdan" kamdan-kam hollarda ilgari suriladi, odatda ular muayyan kontekst va oʻtmishga ega boʻladi.

Bu yerda qaysinisi imitatsiya edi?

Ushbu muzokaralar formati AQSH prezidenti Barak Obama daridayoq paydo boʻlgan va ilk uchrashuv 2015 yilning 1 noyabrida Samarqandda, ikkinchisi - 2016 yilning avgustida Vashingtonda boʻlib oʻtgan. AQSH davlat departamenti axborot byulleteniga koʻra, tomonlar quyidagi loyihalar boʻyicha kelishib olgan: terrorizmga qarshi kurash, mintaqaviy biznesning raqobatbardoshligini oshirish, transport koridori, "yashil energetika"ni rivojlantirish va iqlim oʻzgarishiga moslashuv sohasida milliy rejani qoʻllab-quvvatlash.

Tomonlar ushbu yoʻnalishlarda ishchi guruhlarni tuzishga kelishib oldilar, ular orasida eng faol ishlayotgani terrorizmga qarshi kurash guruhidir. Bu maqsadlarga AQSH 15 million dollar ajratgan. Lekin yirik hisobda oladigan boʻlsak, bu muloqotni moliyalashtirishdir. Bunday miqdordagi byudjet uchrashuvni tashkil etish va muhokamalar harajatini qoplaydi xolos, moddiy loyihalarga oʻtish uchun bu mablagʻ juda kam. Shunday ekan, tahlillar, taklif etilgan loyihalarning kattagina qismi maʼlum imitatsiya shaklida mavjuddir deya xulosa bildirishga imkon bermoqda.

Misol uchun, Markaziy osiyoda iqlim oʻzgarishi va u bilan bogʻliq boʻlgan suv-energetika muammolariga yechim topishga jiddiy kirishish uchun, ilmiy izlanishlar va loyiha ishlarining oʻzi yuz millionlab dollarni talab etadi. Zarur obʼyektlarning qurilishi, xususan, suv zaxirasini tashkil etish uchun yirik GESlarning qurilishi ham bir necha oʻnlab milliard dollarlarni talab qiladi.

Markaziy osiyoda transport masalalarining yechimi hal qiluvchi darajada Rossiya va Xitoyga bogʻliq, ular esa bu muzokaralar formatida qatnashmayapti. Afgʻoniston orqali temir yoʻl qurilishiga keladigan boʻlsak, bu uchun 5 milliard dollar atrofida mablagʻ talab etiladi, shu bilan birga loyihalashtirish ishlari ham arzon emas.

Mintaqaviy biznesning raqobatbardoshligini oshirish ham katta mablagʻlar va koʻp yillik ishlarni talab etadi, kamiga bu ish ham Rossiya va Xitoy bilan boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga bogʻliq. AQSH esa bu ikkala davlat bilan ham oʻta nodoʻstona munosabatlarda. Shunday ekan, Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga qanday konkret va keng koʻlamli takliflarni bera oladi?

Xulosa qilish mumkin-ki, muhokamalarda ilgari surilgan taxminiy real masala, - terrorizm, yaʼni Afgʻoniston va "Tolibon" bilan tinchlik muzokaralariga erishishga harakat masalasi boʻlgan.

Toliblar legal siyosiy sheriklar sifatida

Koʻrinib turibdiki, "S5+1" formati, avval boshdan toliblar bilan muzokaralar jarayonini qoʻllab-quvvatlash va ularni Afgʻoniston siyosiy tizimiga qonuniy ravishda integratsiyalash maqsadida tashkil etilgan.

Shtatlarning BMTdagi Afgʻonistonda chet el harbiy kontingentini ushlab turish boʻyicha mandat muddati yakunlangach, AQShning "Tolibon" bilan muzokaralari birdan faollashib ketdi. Harbiy kontingent birdan qisqartirilgan, va bu hol toliblar va ularga ittifoqdosh boʻlgan radikal guruhlarga qarshi turishda sezilarli qiyinchiliklarni tugʻdirgan edi.

Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka amerikancha nazar

AQShning toliblar bilan yarashuv izlashining yana bitta sababi mavjud. Aynan 2015 yilda uzoq davom etgan Pokiston-Xitoy yaqinligi oʻz mantiqiy yakuniga yetib, XXR raisi Si Tszinpinning 2015 yilning yanvarida Pokistonga tashrifi bilan mustahkamlab qoʻyilgan edi. Pokiston Xitoyning "tengsiz doʻsti" maqomini oldi, va u Xitoyning harbiy ittifoqdoshi, shu jumladan atom sohaqidagi sherigiga aylandi. AQSH esa koʻproq Hindistonga ishonch bogʻlagan edi.

Pokiston avval boshda NATOning Afgʻonistondagi kampaniyasini qoʻllab-quvvatlab turdi, ammo 2012 yilda NATO qoʻshinlari uchun Pokiston orqali yuklarning olib oʻtilishi toʻxtatildi. Bu AQShni Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston orqali oʻtadigan "shimoliy marshrut"dan foydalanishga majbur etdi. Ushbu yoʻnalish koʻp vaqtni talab etardi, yirik qoʻshinlar guruhini u orqali taʼminlab turishning iloji yoʻq edi, va aynan shu holat toliblar bilan muzokaralar olib borish va yarashuvga erishish jarayonini deyarli yoʻqqa chiqardi.

"Tolibon" bilan kelishish oson ish boʻlmadi. Negaki, AQShning kuch bilan bosim oʻtkazish imkoniyatlari sezilarli qisqardi va toliblar rahbariyati bu imkoniyatdan toʻliq foydalanishga va imkon qadar koʻproq yon bosishga erishishda keng foydalandi.

Lekin, koʻrinib turibdiki, uzoq davom etgan voqea oʻz nihoyasiga yetmoqda, va "Tolibon" bilan tinchlik bitimi tasdiqlangan ham. Bu bitim imzolangach, "Tolibon", xuddi sal oldin bitim imzolagan Gulbeddin Hikmatyor singari terroristik tashkilotlar roʻyxatidan oʻchiriladi, toliblar esa tinch hayotga qaytib, siyosatda ishtirok eta oladi.

Toliblar (gap albatta, faqat afgʻon toliblari haqida bormoqda), kelajakda afgʻon siyosiy tizimi(parlament va hukumat)ning bir qismi sifatida koʻrilmoqda. Ammo ularning yangi maqomini mustahkamlash uchun oʻziga xos tan olish talab etiladi, yaʼni ular bilan ish koʻradigan va ularni qonuniy siyosiy hamda iqtisodiy sheriklar sifatida sinovdan oʻtkazadigan bir guruh mamlakatlar boʻlishi lozim.

Meni nazarimda, AQSH bu missiya uchun toliblarga madaniy va diniy dunyoqarash jihatdan eng yaqin, shuningdek, siyosiy jihatdan ularga koʻproq darajada neytral boʻlganlar sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlarini tanlab olgan. Agar bu rost boʻlsa, u holda "S5+1" formati — bu shunday mazmundagi muzokaralar-ki, bunda AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlarini ushbu funktsiyani oʻz boʻyniga olishlariga koʻndirmoqda.

Koʻrinib turibdiki, iqtisodiy, transport va energetika sohalariga oid loyihalar shu kontekstda muhokama qilinmoqda, chunki deganda, Afgʻonistonda tinchlik jarayoni barqaror boʻlishi uchun mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat sezilarli yaxshilanishni talab etadi va bu kundek ravshan. Lekin hozircha bu faqat muloqot va fikr almashinuvi koʻrinishida kechmoqda.

Natija nima boʻldi?

Oʻylashimcha, Nur-Sultondagi yigʻilishning natijasi yomon emas, biroq haqiqiy muvaffaqiyatdan ancha yiroq. Omadli kechganida, bu haqda bizga maʼlum qilishardi.

Markaziy osiyo beshligining pozitsiyasi taxminan bunday. Bir tomondan bu mamlakatlar afgʻon ishlaridagi maʼlum ishtirokdan umuman voz kechayotgani yoʻq, bundan tashqari, ular bu ishni foydali va zarur deb tan olmoqda, alqissa, xavfsizlik uchun ham, bu esa Afgʻoniston bilan chegaradosh mamlakatlar uchun ayniqsa muhim.

Biroq, boshqa tomondan, kelajak juda noaniq. Birinchidan, afgʻon iqtisodiyoti va uning taraqqiyotiga doir istiqbollar amerika iqtisodiy koʻmagiga bogʻliq, shu bilan birga AQShning oʻzi soʻnggi yillarda jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan knchirmoqda. Afgʻon iqtisodini koʻtarish uchun buncha mablagʻ Markaziy osiyo davlatlarida ham yoʻq. Afgʻonistonni toʻlaligicha sotib olishga qurbi yetadigan Xitoy esa yopiq eshiklar ortida oʻtgan uchrashuvning narigi tomonida qoldi.

Ikkinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari, AQSH bilan ehtiyotkorlik kelishish lozimligini, bunda mintaqaga ancha yaqin boʻlgan Rossiya va Xitoy pozitsiyalarini hisobga olish, axir ularning taʼsir imkoniyatlari amerikaliklarga nisbatan ancha koʻpligini juda yaxshi tushunishadi.

PShu bois, muloqot taxminan bu koʻrinishda borgan: Xeyl porloq istiqbollarni taʼriflagan, MO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari esa, shunday vaqtlarga xos diplomatik komplimentlar bilan bularning barchasi haqiqatan roʻy berishi haqida salmoqli dalillarni talab qilishgan. Shu bilan xayrlashishgan.

Asosiy mavzular