13:31 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Professor kafedrы sistemnoy ekologii RUDN, doktor texnicheskix nauk Vladimir Tetelmin

Tetelmin: Rogʻun GES barcha Markaziy Osiyo mamlakatlariga taʼsir koʻrsatadi

© FOTO. Iz lichnogo arxiva Vladimira Tetelmina
Analitika
Havola olish
1012 0 0

Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN) tizim ekologiyasi kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Vladimir Tetelmin Tojikistondagi Rogʻun GESning ikkinchi agregati ishga tushirilishi Markaziy Osiyo mamlakatlariga qanday taʼsir koʻrsatishi haqida soʻzlab berdi.

Tojikistonda Rogʻun GESning  ikkinchi agregati 9 sentyabr, Tojikiston Mustaqilligining 28 yilligi kuni ishga tushiriladi.

Ekspertning taʼkidlashicha, Rogʻun GESning  ikkinchi agregati ishga tushirilishi butun Markaziy Osiyodagi energetika sohasida oʻta muhim va soʻnggi boʻlmagan voqea sanaladi.

Rogʻun stantsiyasi qancha elektr energiya ishlab chiqarganligi maʼlum boʻldi

Vladimir Tetelmin elektr energiyasi universal ekani, uni sotish mumkinligi, ortiqcha energiyasi boʻlgan davlatlar uni sotayotganini qayd etdi.

Elektr energiyasi endilikda tovar boʻlmoqda. Ekspertning fikriga koʻra, bu oʻz navbatida Markaziy Osiyo mamlakatlarini jipslashtiradi.

“Elektr energiyasiga boʻlgan har qanday ehtiyoj mamlakatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, <...> Markaziy Osiyo mamlakatlari bir-birlari bilan yaxshi aloqada”, - dedi Vladimir Tetelmin Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Ekspertning fikriga koʻra, ikkinchidan soʻng uchinchisi ham albatta ishga tushiriladi. Uning taʼkidlashicha, mamlakat gidroenergetika sohasida hozirda faqat 50 foizidan foydalanilgan katta imkoniyat va salohiyatlarga ega.

Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstligi Rogʻun GESini qurilishini bitkazishga yordam beradi

Shuningdek, Tetelmin Markaziy Osiyo Pomir va Tiyonshon togʻ tizmalari katta gidroenergiya quvvatiga egaligi, shuning uchun kelajakda ulardan foydalanish mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Asosiy mavzular