09:58 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Ekspert: oʻzbekistonliklar AES chiqindilaridan tashvishlanmasalar ham boʻladi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin
Analitika
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (27)
573 0 0

Rossiyaning Energetika va moliya instituti eksperti Sergey Kondratyev Oʻzbekistonda AES qurilgandan soʻng yadroviy chiqindilar nima qilinishini aytdi.

Sergey Kondratyev Sputnik  Oʻzbekistonga bergan izohida “yadroviy chiqindilar” tushunchasi har doim ham toʻgʻri qoʻllanilmasligini tushuntirdi. Atom elektr stantsiyasi (AES) ishi natijasida ishlatilgan yadroviy yoqilgʻi hosil boʻladi va bu juda qimmatbaho mahsulot sanaladi. Uni qayta ishlashga yuborib, qimmatbaho komponentlarni olish mumkin.

Oʻzbekistondagi AES Rossiya loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Shuning uchun Rossiya majburiyatlaridan biri oʻz vaqtida ishlatilgan yoqilgʻini qayta ishlash uchun olib ketish hisoblanadi. Ushbu amaliyot yadroviy qurolni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomaga toʻliq mos keladi.

Oʻzbekiston vaqtinchalik saqlanadigan joyni tashkil etsa kifoya, deya hisoblaydi Kondratyev.

"Oʻzatom" bosh direktori AES yaqinida choʻmilsa nima boʻlishini aytdi

Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi  Oʻzbekistonda 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli ikkita energoblok qurishni rejalashtirilgan. Ushbu loyiha 2028 yilgacha hayotga tatbiq etilishi lozim.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (27)

Asosiy mavzular