13:46 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Rektor NIYAU MIFI Mixail Strixanov

Oʻzbekistonga yadro sohasida yangi yoʻnalishlar qiziq – MIFI rektori

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Analitika
Havola olish
188 0 0

Toshkentda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining (NIYAU MIFI) filiali ochildi. Bu yerda boʻlajak atom elektrostantsiya uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet rektor Mixail Strixanov Sputnikga bergan interyuda – talablarni qabul qilish, taʼlim yoʻnalishlari, Oʻzbekistonda oliygohning istiqbollari haqida soʻzlab berdi.

Birinchi bosqichda MIFI filiali yadro energetikasi, fizika va texnologiya bilan bogʻliq boʻlgan toʻrt yoʻnalish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Biroq yaqin kelajakda mutaxassisliklar soni koʻpayishi mumkin.   

“Biz mamlakat rahbariyati, energetika vazirligi va Oʻzbekiston hukumati raisi bilan tayyorgarlik yoʻnalishlarini koʻpaytirish imkoniyatlari haqida suhbatlashdik. Ehtimol, yaqin orada axborot texnologiyalari, biotibbiyot va yadroviy tibbiyot mutaxassisliklari paydo boʻladi. Qiziqish bor”, - deb taʼkidladi Strixanov.

Moskva muhandislik fizikasi instituti rektori taʼkidlashicha, bu yil butun respublikadan talabalar qabul qilindi va talabalar bilimlarini tekshirish toʻgʻridan-toʻgʻri bosh universitet mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Birinchi navbatda fizika va matematikadan imtihon natijalariga eʼtibor qaratildi.

Strixanov abituriyentlarning bilim darajasiga yuqori baho berdi, biroq kelgusida talabalarning tayyorgarligini oshirish uchun zarur boʻlgan sohalar mavjudligini taʼkidladi.

“Ikkita narsaga alohida eʼtibor berish kerak. Birinchisi, rus tilini bilish. Agar Oʻzbekistondagi yoshi kattalar rus tilini yaxshi bilsa, yoshlar, afsuski, har doim ham erkin soʻzlasha olmaydi. Ikkinchisi – maktablardagi tayyorgarlik. Fizika-matematika sinflarda yuqori darajada bilim berishni taʼminlash kerak. Umuman olganda, yigitlar kuchli, ular juda katta salohiyatga ega”, - deb taʼkidladi MIFI rektori.

Mutaxassislarni tayyorlash xususida gapirganda, Strixanov ushbu yoʻnalishda Rossiyaning yetakchi universitetlarida boʻlgani kabi oʻtkazilishini tushuntirdi.

"Birinchi kursda fundamental fanlar - matematika, fizika, kimyo, axborot texnologiyalari va chet tillarni oʻrganishni koʻzda tutadi. Shunday qilib, talabalar uchta tilni – ona tili – oʻzbek, rus va ingliz tillarini bilishlari shart. Yuqori kurslarda zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan laboratoriyalarda kasbiy tayyorgarlik oʻtiladi. Atom sanoatida ishlaydigan amaliyotchilar jalb qilinadi. Ularni Toshkentga taklif qilamiz, oʻquv-seminarlar tashkil qilamiz. Yaʼni eʼtibor amaliyotga qaratiladi”, - deb tushuntirdi Strixanov.

Rektorning taʼkidlashicha, universitet uchta yoʻnalish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi: bevosita atom elektr stantsiyasi xodimlari, yadroviy fizika va yadroviy texnologiyalar sohasidagi ilmiy-texnik elitasi, shuningdek, turli davlat idoralarida ishlaydigan va atom sohasini tartibga soluvchi hujjatlarni qabul qilish bilan shugʻullanadigan yetakchi mutaxassislarni tayyorlaydi.

Asosiy mavzular