13:47 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Andrey Serenko

Shoh Maʼsudning oʻgʻli Afgʻonistonni birlashtira oladimi – siyosatshunos fikri

© Facebook / Andrey Serenko
Analitika
Havola olish
363 0 0

Ahmad Shoh Maʼsudning oʻgʻli AQSH “Tolibon” bilan kelishishning uddasidan chiqsa, Afgʻonistonning shimoliy provintsiyalarini birlashtirish istagida ekanini maʼlum qildi. Siyosatshunos Andrey Serenko kichik Ahmad Maʼsud bu rejasini amalga oshira olishi va olmasligi haqida oʻz fikrlarini bayon qildi.

Siyosatshunos Andrey Serenkoning fikriga koʻra, kichik Ahmad Maʼsudning bu rejani amalga oshirish uchun na mablagʻi, na obroʻi bor. Qolaversa, Afgʻonistondagi, jumladan, shimoliy provintsiyalarda vaziyat hozircha bu loyihani amalga oshirishga imkon bermaydi.

“Kichik Ahmad Maʼsud otasi singari obroʻ-eʼtiborga ega emas. U faqat oʻz provintsiyasi Panjsherda mashhur. Toʻgʻri, “Tolibon” va pushtun guruhining kuchayishi koʻpchilik noroziligini keltirib chiqaradi, biroq bu ularni Ahmad Shoh Maʼsudning oʻgʻli safiga qoʻshilishiga majbur qilishi dargumon”, - deya taxmin qildi siyosatshunos Sputnik Oʻzbekistonga bildirgan fikrida.

U bu kabi bayonotlarni Afgʻonistondagi real vaziyatga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydigan axborot urushi va provokatsiya deb hisoblaydi.

Pompeo “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortdi

1996 yilda shakllangan shimoliy Afgʻonistonning qator dala komandirlari uyushmasi Shimoliy Alyans deb atalgan. Unga etnik tojik, mojahedlarning Panjsher sheri laqabli  Ahmad Shoh Maʼsud rahbarlik qilgan.

Siyosatshunosning toʻliq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular