14:02 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Boyeviki dvijeniya Taliban

AQShning toliblar bilan kelishuvi Afgʻonistonga tinchlik olib keladimi — ekspertlar fikri

AP Photos / Allauddin Khan
Analitika
Havola olish
74601

RIA Novosti tomonidan savolga tutilgan ekspertlar Vashingtonning "Tolibon" harakati vakillari bilan kelishuvlariga shubha bilan qarashmoqda. Ularning fikricha, bu Afgʻonistondagi umumiy ahvolga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. AQSH va "Tolibon" radikal harakati vakillari tomonidan yaqindagina Doxada maʼqullangan, bitim deb ataluvchi hujjat shartlari Afgʻonistondagi harbiy yoki siyosiy shart-sharoitni sezilarli darajada oʻzgartira olmaydi, deb hisoblashmoqda RIA Novosti tomonidan savolga tutilgan ekspertlar.

Ilgariroq, AQSH va toliblar Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha 11 punktdan iborat bitim loyihasini maʼqullaganliklari haqida xabar berilgan edi.

Mana shu voqealar fonida mamlakatdagi mojaro yanada kuchaydi. Payshanba kuni Qobulda avtomobil portlashi oqibatida 10 kishi halok boʻldi, yana 42 nafari jabrlandi. Hodisaning ertasi kuni afgʻon HHK Gʻazni shahrida aviazarbalar orqali 26 nafar "Tolibon" jangarilarini yoʻq qildilar.

Dushanba kuni amerika delegatsiyasi yetakchisi Zalmay Xalilzad toliblar bilan oʻtkazilgan muzokaralarda, bitimning dastlabki varianti dastlabki bosqichda AQShning Afgʻonistondagi 14 ming harbiy xizmatchisidan 5 minggi keyingi 135 kun ichida olib chiqib ketilishini nazarda tutishini aytgan edi.

Choʻzilgan mojaro

Xalilzad bu bayonot bilan AQSH va "Tolibon" oʻrtasida bir yil oldin boshlangan toʻqqiz raund muzokaralardan soʻng chiqish qilgan edi. Yil davomida erishilgan kelishuvlar doirasidagi yana bir bitim Afgʻonistondagi chet el kuchlarinining barchasini chiqarishni nazarda tutardi. Buni evaziga, "Tolibon" terrorchilarni qabul qilmaslik haqida kafolat berishi lozim edi.

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻtgan haftada FOX News telekanaliga, AQSH "razvedka"si Afgʻonistonda hamisha boʻlishini aytdi. New York Times nashri maʼlumotlariga koʻra, Oq uy maslahatchilari qoʻshinlarning qisman olib chiqilishi tufayli yuzaga kelayotgan tuynuklarni mamlakatda TSRU xodimlari sonini oshirish bilan toʻldirmoqchi.

Qator ekspertlar yaqindagina eʼlon qilingan bitimni hal qiluvchi kuchga ega, deb atab boʻlmaydi.

"Oʻz-oʻzidan aniq-ki, besh ming nafar amerika harbiylarining chiqarilishi Afgʻonistonda yaqin istiqbolda hech nimani oʻzgartirmaydi", - dedi RIA Novosti nashriga AQSH armiyasi harbiy kolleji professori Kris Meyson.

Meysonning aytishicha, "Tolibon" TSRU, UNB yoki ularning harbiylashgan boʻlinmalari xodimlari va oddiy qoʻshinlarni koʻpam farqlamaydi, shu bois, qoʻshinlarni chiqarish taklifi yoki ilk qadam yoki "ishonchga asos solish" boʻyicha chora sifatida koʻrilishi lozim. U shuningdek, ayni vaqtda qoʻzgʻolonchilar turli frontlarda oʻz pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etajagini qoʻshimcha qildi.

"Toliblar Afgʻoniston ustidan toʻliq siyosiy nazoratni tiklab olishga umid qilishmoqda, bu yerda toliblarning ular bidʼat va qonunga xilof deb biladigan mavjud siyosiy tartibga integrallashuvini kutish - bu puch umid, xolos. Toliblar asta-sekinlik bilan, qadam-baqadam aholining 80%dan kam boʻlmagan qismi istiqomat qiluvchi Afgʻonistonning qishloq tumanlarida nazoratni qoʻlga olishmoqda. Shu bois, bu bitimda oʻt ochishni toʻxtatish haqida gap bormayapti, meni tushunishimcha", - deydi Meyson.

Ekspert soʻzlariga koʻra, sentyabr oyi oxiriga belgilangan Afgʻonistondagi prezident saylovlari ham, agar ular oʻtkazilgan taqdirda ham, "Titanikda yogʻoch karavotlar oʻrnini almashtirish"ga oʻxshash holat boʻladi, xolos. Milliy xafsizlik professori, bundan oldingi saylovlarda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan afgʻonlarning uchdan bir qismi ishtirok etganini, shunday ekan, bu safar katta oʻzgarish boʻladi, deyish uchun hech qanday asos yoʻqligini taʼkidladi.

Ketib ketolmaydigan AQSH

AQSH sobiq prezidenti Barak Obama uch yil ilgari, oʻz lavozimini tark etishdan oldin, Afgʻonistonda 8,4 ming harbiy xizmatchilarni qoldirgan. Shu bilan birga 2017 yilda Pentagon yangicha hisob-kitob metodiga koʻra, regionda 11 ming kishi borligini eʼlon qildi. Sal keyin, 2017-yilda, Tramp sanktsiyasiga koʻra, taxminan yana uch ming harbiy xizmatchilar Afgʻonistonga kiritilildi. Shu tariqa hozirda harbiy xizmatchilar soni 14 mingga yetdi.

Ekspertlarning ayrimlari Trampni u bu bitimni tinchlik bitimi deb atayotganida aybladilar. Axir u regionda oʻzining hukumat tepasiga kelmasidan oldin boʻlgan harbiy xizmatchilar sonidan koʻp askarlarni qoldirmoqda.

Pittsburg universitining xalqaro munosabatlar boʻyicha professori Maykl Brenner 2014 yilning dekabrida Oq uydagi marosimda Obama Afgʻonistonda urush yakunlangani haqida rasman eʼlon qiligan edi degan faktni eslatdi.

Tramp, oʻz navbatida 2016 yildagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida mamlakatdan Qoʻshma Shtatlar qoʻshinlarini olib chiqib ketajagini aytgan edi. Shu bilan birga, professorning soʻzlariga koʻra, hozirda holat qanday boʻlsa shundayligicha qolmoqda, va toliblar bilan boʻlgan oxirgi kelishuv AQShni u oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga yaqinlashtirmayapti.

"Qatarda tayyorlangan bitimning oxirgi loyihasi aslida hech narsaga yordamlashmaydi. AQSH qoʻshinlar sonini qisqartirish boʻyicha grafikni taqdim etgani yoʻq. Ular mamlakatda 8,5 mingta harbiy xizmatchilarni saqlab qolishga urinmoqda", - deydi Brenner.

U shuningdek, bitim xususiy pudratchilar tomonidan boshqarilayotgan yollanma harbiylar soni va Afgʻonistonda boʻlib turgan minglab TSRU maxsus boʻlinmalari xodimlari sonini eʼtiborga olmaganini aytdi.

"Ular qayerda va qachon gaplashadilar ... va nima haqda? Bular barchasi noaniqligicha qolmoqda. Oʻt ochish toʻxtatiladimi? Yoʻq. Bu tarzda Afgʻoniston parchalangancha qoladi", - deydi professor. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatdagi tarqoqlik Al-Qoida bilan raqobatlashayotgan "Islom davlati" ham Afgʻonistonga kirib olgach oʻtkirlashdi.

"Tramp administratsiyasi qilgan ish AQSH toomnidan ilk bor oʻn yilliklar oldin "Al-Qoida" boʻyicha berilgan rasmiy vaʼdani takrorlash boʻldi, xolos", - deb qoʻshimcha qildi Brenner.

Asosiy mavzular