17:10 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Uygʻurlar uchun kontslagerlar: Xitoy yolgʻonimi yoki gʻarb propagandasi

© REUTERS / Thomas Peter
Analitika
Havola olish
123632

Suhbat mavzusi Xitoydagi terrorizm xususida emas, mutlaqo boshqa – faktlarni oʻz koʻzi bilan koʻrib, ularni tan olishni rad etadigan odamlar xususida

Yaqinda shunday voqea roʻy berdi: BMTdagi britaniya vakili Karen Pirs Qrim yarim orolidagi ukrain fuqarolarining "noshud ahvoli" haqida bayonot qilgan edi. Ammo Pirsning bu chiqishiga javoban qrimliklar uni "Qrimga kelib, hammasini oʻz koʻzi bilan koʻrishga" daʼvat qilishdi.

Antiterroristicheskiye ucheniya voorujennыx sil stran-chlenov SHOS Mirnaya missiya-2018
© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk

Ammo bu foydasiz. Chunki amaliyot shuni koʻrsatadi-ki: agar sen haqiqiy gʻarblik boʻlsang va gʻarblikka xos fikrlasang, u holda, sen oʻsha yarimorolga kelgan taqdiringda ham, faqat koʻrishing kerak boʻlgan narsani koʻrasan. Boshqacha boʻlishi mumkin emas.

Yaqinda Sintszyanga borgan vaqtimda ushbu fenomenga yana bir karra amin boʻldim. Gap aslida bugungi dunyoning ikki-uchta eng oʻtkir siyosiy-tashviqot syujetlaridan biri haqida bormoqda.

Eslatamiz: Xitoy iqtisodiy va boshqa kuch jihatdan AQShga tenglashgan vaqtdan boshlab, u eng yomon davlat va yovuzlik imperiyasi ekanligi maʼlum boʻlib qoldi. Unga qarshi qaratilgan asosiy ayblovlar orasida shunday band ham bor: Sintszyan kontslagerlarida bir yoki ikki million uygʻur-musulmonlari yotibdi, ular tahqirlovchi mafkuraviy "qayta ishlash" ishlari oʻtkazilmoqda.

Pekinning bu kabi xabarlarga ilk reaktsiyasi "qrim reaktsiyasi" kabi boʻldi: keling-da, koʻring. Siz qamoqxonani ekstremistik mafkura profilaktikasi dasturi bilan adashtirdingiz. Dastur boʻyicha sud qarori bilan yosh jihodchilarni maktablarga yuborishadi, ular u yerda til va mamlakat qonunlari boʻyicha saboq olishadi. Soʻngra kasb oʻrganib, ishga joylashtiriladi. Bu yerda gap jiddiy jinoyat sodir etmagan yoshlar haqida bormoqda, ular qamoqda oʻtirish oʻrniga mana shunday radikallashishdan chetlashtirilish kurslarini tamomlaydilar.

Bizning Xitoyga safarimiz (16 davlatdan 24 kishi qatnashgan) — bu sensatsiya emas.

Ikki yil ichida (uygʻur uyezdlarida maktablar 2017 yildan ochila boshlagan) Sintszyanda bunday delegatsiyadan mingga yaqin boʻlgan. Pekinda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomat va jurnalistlarniku aytmasa ham boʻladi. Ushbu tanishtiruv missiyasini xitoyliklar ularga xos tashkiliy perfektsionizm bilan Pekindan, Sintszyan poytaxti Urumchidan, Qashgʻar va Aksudan oʻnlab amaldorlar ishtirok etadigan mexanizmga aylantirishgan.

Maʼruzalar, seminarlar, tonnalab bosma va koʻrgazma materiallari, avtobuslar, kuzatuvchilar – ayrim hollarda xitoy tomoni barcha harajatlarni koʻtaradi.

Osiyo globalizatsiya qurboni

Xulosa bunday. Provintsiyadagi rahbar ayollardan biri chuqur xoʻrsinadi: gʻarbliklar bu yerga kelayotganini bilamiz, hammasini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, bu yolgʻon degan xulosa bilan ketishadi. Lekin biz ularni taklif etishni va qabul qilishni toʻxtatganimiz yoʻq.

Aslida maktab-internat boʻlib chiqqan "kontslager" boʻylab ekskursiyadan keyin avtobusimizga qaytamiz va bir-birimiz bilan fikr almashamiz. Oramizdagi chinakam gʻarblik bitta - yaponiyalik yigit. "Daysuke, maktablar haqida qanday fikrdasiz?" "Kontslagerlarni nazarda tutyapsizmi?" "Yoʻq, maktablarni". "Ular maktabmas. Bu yolgʻon".

Ha, hammasi tushunarli. Yuzlab odamlar boʻlgan muassasa - bu chet elliklar uchun dekoratsiya. Bizga bu yerda koʻrsatiladigan barchasi - yolgʻon, hammasi qoʻrqitilgan. Allaqayerdadir, deylik, Lob-Nor sahrosi ortida - insonlar miyasini "qayta ishlovchi" qoʻrqinchli kontslagerlar bor: faqat ular haqiqiy, garchi hech kim bu kontslagerlarni koʻrmagan boʻlsa-da.

Ammo, aftidan, xitoy hukumati gʻarbliklarni ishontirishga shoshilayotgani ham yoʻq. Delegatsiyamiz tarkibi bilan tanishtiraman: oramizda, Saudiya Arabistoni, Qatar, Amirliklar, Albaniya, Pokiston, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Bangladeshdan, shuningdek, Rossiya, Chexiya va Hindistondan ham vakillar bor.

Gap shundaki, kontslagerlar haqidagi soxta xabarlar Xitoyni musulmon olami bilan urishtirishga moʻljallangan edi. Ammo musulmon olami propagandaga koʻpam ishonavermaydi, u vaziyatni joyida oʻrganish uchun delegatsiya yuboradi. Misol uchun, yaqinda Abu dabida oʻtgan Ilom davlatlari tashkiloti uchrashuvida Sintszyandagi musulmonlar ahvoli yaxshilangani uchun Xitoy hatto olqishlarga sazovor boʻldi.

Xitoyga ekskursiyada ishtirok etgan musulmon davlatlar vakillari xitoy tajribasini oʻz ona vatanida tasavvur qilib koʻrib, hammasi ham oson emasligini aytishar edi. "Bizda bunday qayta oʻqitish uchun 35 million aholining kamida 22 millionini jalb etish zarur - kim buni amalga oshiradi", - deya savol berishardi afgʻonistonliklar.

Koʻrinib turibdiki, bunday bahslar — kaltafahm propagandaga aloqasi boʻlmagan adolatli, qiziquvchan bahslar davom etaveradi.

Asosiy mavzular