15:59 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Ivan Sauer

Qoʻshnilarda yoʻq, tovuqlar esa yordam bermaydi: ekspert Oʻzbekistondagi goʻsht muammosi haqida

Foto iz lichnogo arxiva Ivana Sauera
Analitika
Havola olish
551 0 0

"Qozogʻiston goʻsht-sut ittifoqi" uyushmasi boshqaruv raisi Ivan Sauer qoʻshnilarga umid yoʻqligini aytib, Oʻzbekiston oʻz chorvachiligini rivojlantirmogʻi lozim, degan fikrda

Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari kengashi rahbari, respublikada goʻsht isteʼmoli oshib borayotganini, ammo chorva sonini oshirish uchun ozuqa yetishmasligi, bu esa goʻsht narxi oshishiga olib kelayotgani haqida gapirgan edi.

Qozogʻistonlik ekspert fikriga koʻra, Oʻzbekiston oʻz chorvachiligini rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatga ega, negaki mol yoki qoʻy goʻshtini Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlardan eksport qilish anchayin muammoli holat.

"Olib kelinadigan joy deyarli yoʻq. Qozogʻistonni oladigan boʻlsak, u bunday imkoniyatga ega emas. Tovuq goʻshtini ishlab-chiqarish haqida gapiradigan boʻlsak, bu holat koʻproq Yevropa Ittifoqi yoki Isroil uchun, sharqiy davlatlar emas. Sharqiy davlatlar asrlar davomida shakllangan mentalitetni buzishdan koʻra, yirik shoxli hayvonlar sonini koʻpaytirishsa, osonroq boʻladi. Buning uchun Oʻzbekistonda barcha resurslar mavjud", - deya ishonch bildiradi Sauer.

U shuningdek, sugʻoriladigan yerlar mavjud bir vaqtda, global goʻsht importiga murojaat qilmagan holda, ozuqa bazasi bilan bogʻliq masalani ham hal etish mumkinligini aytdi.

Toʻliq izohni quyida rus tilidagi radiopodkastda tinglang.

Asosiy mavzular