16:37 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Korovы cherno-pestroy porodы na plemennom zavode

Goʻsht narxi nega oshdi – rossiyalik mutaxassislar javobi

© Sputnik / Aleksey Danichev
Analitika
Havola olish
95020

Rossiya “Mol goʻshti ishlab chiqaruvchilari milliy ittifoqi” direktori Oʻzbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish haqida.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Shu kunlarda Oʻzbekistonda mol goʻshti narxi oshishi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga chorvachilik sohasidagi muammolar ham birin ketin aytib oʻtilmoqda.

Ushbu munosabat bilan Sputnik muxbirlari Rossiya “Mol goʻshti ishlab chiqaruvchilari milliy ittifoqi” direktori Kostyuk Roman Vladislavovichga murojaat qildi. Ushbu Ittifoq vakillari yaqinda Oʻzbekistonda boʻlib vaziyat bilan yaqindan tanishib qaytishgan ekan.

Bu muammolar kecha paydo boʻlgani yoʻq

Mol goʻshti narxi oshishi muammosi negiziga nazar soladigan boʻlsak, uning bir necha sabablari bor va ular kecha paydo boʻlgani yoʻq. Ana shunday omillar deb, xususan, quyidagilarni aytish mumkin:

  • Chorvachilik aksariyat holda anʼanaviy (eskirgan) uslubda olib borilayotgani
  • Chorvachilik infratuzilmasi yoʻq yoki juda sust rivojlangani
  • Yangi infratuzilma qurish uchun resurslar yetishmasligi
  • Yem-xashak tayyorlash uchun moʻljallangan yerlar yetishmasligi
  • Sohada yetarli darajada tayyorlangan mutaxassislar yetishmasligi
  • Sohada hukumat qoʻllab-quvvatlashi haqida axborot taqchilligi  

Ushbu muammolar orasida eng asosiysi – bu Respublikada professional semirtirib boqish majmualari yoʻqligi. Bugungi kunda aynan shunday majmualar sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda butun sohani olgʻa yetaklashi mumkin, - deydi mutaxassis.

Eng katta muammo – zamonaviy professional chorvachilik majmualari yoʻqligi

Afsuski, bugungi kunda Oʻzbekistonda ommaviy tartibda yetishtirilayotgan chorva mollari yuqori sifatli va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulot yetishtirish imkonini bermaydi, ayniqsa bir moldan olinayotgan suyakka nisbatan goʻsht miqdori koʻrsatgichi boʻyicha.

Masalan, Oʻzbekistonda semirtirib boqilgan molning oʻrtacha vazni 400 kilogramni tashkil qilsa, AQShda ushbu koʻrsatgich 580 kilogramga  teng.

Shuning uchun Oʻzbekistonda chorva genetikasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ham amalga oshirish kerak. Bu borada dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarida zotdor mollarni olib ularni mahalliy sharoitga moslashtirish yoʻllarini topish kerak.

Shuningdek, goʻsht yetishtirish sohasida boshidan oxirigacha mutlaq shaffof boʻlgan veterinariya nazorati xizmatini yoʻlga qoʻyish kerak. Xorijdan sotib olinayotgan nasldor chorva barcha veterinar va sanitariya nazoratlardan oʻtishi kerak.

Oʻzbekiston chorvachiligining eng asosiy masalalaridan biri bu – yirik chorva naslini yaxshilash, soʻyish oldidan semirtirib boqish texnologiyasini yoʻlga qoʻyish, yangi texnologiyaga asoslangan holda soʻyish va olingan mahsulotdan  samarali foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyishdir, - deydi mutaxassis.

Mustaqillik yillarida chorvachilik rivojlanmadi

Sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda chorva mollari soni nisbatan koʻp boʻlgan, lekin mustaqillikka erishganidan soʻng, Oʻzbekiston xalqaro va MDH bozorida oʻzining ushbu ustuvorligidan samarali foydalana olmadi, yetakchi goʻsht yetishtirib beruvchi mamlakatga aylanmadi.

Bunday boʻlishiga sabab: sifatli semirtirilgan mollar yoʻqligi, chorvachilik sohasining qoloqligi va zamonaviy mol soʻyish va goʻshtni qayta ishlash korxonalarining yoʻqligi sabab boʻldi.

Oʻzbekiston Hukumati chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora tadbirlar qabul qilgan. Xususan, chorvachilikdan qoʻshimcha doromad manbai sifatida  foydalanish uchun.

Oʻzbekstonda soʻyilgan goʻshtini eksport qilib boʻlmaydi

Xalqaro bozorga chiqmagani tufayli Oʻzbekiston goʻsht yetishtiruvchilari katta daromad yoʻqotmoqda. Shu bilan birga mavjud anʼanaviy mol yetishtirish va mol soʻyish infratuzilmasi, zamonaviy talablarga javob bermasligi tufayli, Oʻzbekistonda soʻyilgan mol goʻshtini xalqaro bozorga olib chiqishning ham iloji yoʻq.

Birinchidan, nasldorlik va semirtirish muammolari tufayli, aksariyat hollarda, mahalliy chorvaning goʻshti oriq va yogʻsiz, suyakka nisbatan goʻsht miqdori - 48 %dan oshmaydi.

Ikkinchidan, ushbu mollar anʼanaviy uslubda soʻyilayotgani tufayli, olinayotgan teri sifati ham har xil, notekish shilingan, kesilgan va teshilgan terilar juda koʻp uchraydi. Terilarga birinchi ishlov berish ham qadimiy uslubda olib boriladi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda yirik qoramol yetishtirish sohasi rivojlanmagan. Chorva sonini va sifatini nazorat qilish, veterinariya nazorati, soʻyish va goʻshtini savdoga chiqarish jarayonlarida - tashkillashtirish darajasi juda sust deyish mumkin.

Sohaning bunday ahvoli – chorvachilikni samarali rivojlantirish, mollar nasldorligini yaxshilash va “buzoqchadan savdo rastasigacha” veterinariya nazoratini yoʻlga qoʻyish va hattoki qisqa muddatga boʻlsa ham rejalashtirish imkonini bermaydi.

Aynan mana shu muammolar toʻplami bugungi kunda Oʻzbekistonda sifatli mol goʻshti kamayishi va uning narxi oshishiga olib keldi.

Vertikal ishlab chiqarish tizimini yaratish kerak

Lekin sohaga toʻgʻri yondoshilsa, zamonaviy mol yetishtirish, semirtirish, soʻyish va qayta ishlash texnologiyalari foydalanilsa, nisbatan qisqa vaqt 5-8 yil mavjud chorvachilik tizimini yaxshilash va shu bilan birga yangi va yuqori daromadli chorvachilik tizimini yaratish mumkin. Yangi tizim orqali mol goʻshti narxini nisbatan tushirish bilan birga chorvachilikdan yuqori daromad olish mumkin boʻladi.

Bu borada Oʻzbekistonning asosiy vazifasi - oʻz vertikal ishlab chiqarish tizimini yaratishdir. Ushbu tizim chorvachilik uchun muhim boʻlgan  barcha jabhalarni qamrab olgan boʻlishi kerak: yem yetishtirish sohasidan boshlab tayyor mahsulotni tashishga moʻjallangan yuk avtomobillarigacha.

Ushbu yoʻlda Oʻzbekiston uchun eng katta muammolardan biri, bu – kadrlar yetishmasligi boʻlishi mumkin. Buning uchun mahalliy yoshlarni ushbu sohada yetakchi boʻlgan davlatlar mutaxassislari yordamida tayyorlash kerak boʻladi. Kelajakda chorvachilik texnikumlari tashkil qilish mumkin.

Hukumatning mamlakat iqtisodiy rivojlanishi tomonga qartilgan qadamlari, albatta qishloq xoʻjaligini ham uzoq muddatli moʻʼtadil rivojlanishiga va uning asosini saqlab qolishga olib kelishi kerak.

Ushbu nuqtai nazardan, kelajakda chorvachilik sohasi ham rivojlanib mol goʻshti narxlari normal  darajaga tushishini ham kutsa boʻladi.

Asosiy mavzular