18:36 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Atomnыy vzrыv

Akademik yadro urushi qanday boshlanishi mumkinligini aytdi

© Sputnik / RIA Novosti
Analitika
Havola olish
964 0 0

Sal oldin Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov strategik stabillik sohasidagi vaziyat tobora yomonlashayotgani, garchi tomonlarda bunga xohish boʻlmasa-da, yadro urushi boshlanishi xavfi yuzaga kelgani haqida gapirgan edi

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. AQSH va Rossiya oʻrtasida yadroviy urush yolgʻon "trevoga" yoki mahalliy darajadagi mojaroning ziddiy tus olishi singari stsenariylar asosida yuz berishi mumkin, deb hisoblaydi Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Xalqaro xavfsizlik markazi rahbari, akademik Aleksey Arbatov. RIA Novosti xabari asosida.

Sal oldin Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov strategik stabillik sohasidagi vaziyat tobora yomonlashayotgani, garchi tomonlarda bunga xohish boʻlmasa-da, yadro urushi boshlanishi xavfi yuzaga kelgani haqida gapirgan edi.

Ekspert fikriga koʻra, tomonlarning birontasi yadro urushini gʻalaba qozonish maqsadida boshlamaydi ikkala tomon ham bunday urushda gʻalaba qozonish mumkin emasligini yaxshi biladi. Shu bois, rejalashtirilmagan yadroviy urush yuzaga kelishi ehtimoli katta. "Rossiyaning AQShga yoki AQShning Rossiyaga qasddan hujumi - ehtimoli juda past stsenariydir. Boshqa narsalar haqida qaygʻurish lozim", - deb taʼkidlaydi Arbatov.

Texnik nosozlik

Mutaxassis yadro urushi boshlanishi mumkin boʻlgan sabablardan biri sifatida texnika masalasini keltirmoqda.

"U(yadro mojarosi — tahr.) avvalo raketa hujumi haqida ogohlantiruvchi tizimlardagi texnik nosozlik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Chunki bu tizimlar vaqti-vaqti bilan yolgʻon trevoga beradi. Agar yolgʻon trevogaga inqiroz sharoitida u yoki bu tomon reaktsiya qilsa, u holda yadro urushi yuz berishi mumkin", - deya tushuntiradi Arbatov.

Yolgʻon trevoganing ishga tushirilishi texnik nosozlik bilan bir qatorda yadro terrorchilari tomonidan uyushtirilgan fitna tufayli ham yuz berishi mumkin, deb qoʻshimcha qiladi u.

Eskalatsiya

Ikkinchi ehtimoliy stsenariy - mahalliy mojaroning global mojaroga aylanishidir, deb hisoblaydi akademik.

"Harbiy mojaro Qora dengiz, Boltiq dengizi, Shimoliy dengiz, Boltiqboʻyi yoki Ukrainada yuz berishi va oʻsha hududlarning birida bizning qurolli kuchlarimiz toʻqnashishlari mumkin. Yutqazishni boshlaydigan tomon mojaroni toʻxtatish uchun cheklangan miqdorda yadro qurolini qoʻllashga qaror qilishi, yaʼni deeskalatsiyani oʻtkazishi mumkin. Ammo bunga javoban boshqa tomon ham yadro qurolini qoʻllaydi, va, shu tariqa, eskalatsiya zanjiri boʻylab zarbalar almashuvi avj oladi: taktik darajadan boshlangan zarbalar soʻngra oʻrta masofaga, keyin esa strategik masofagacha yetib borishi mumkin", - deydi Arbatov.

Ekspertning aytishicha, ayni vaqtda DRSMD faoliyati toʻxtashi xatarlarni kuchaytirmoqda.

Arbatov soʻzlariga koʻra, Rossiya uchun Yevropa va Osiyodagi oʻrta masofa tizimlari hamisha strategik xarakterga ega boʻladi va ularning har qanday tarzda qoʻllanilishiga Moskva nafaqat aks, balki strategik darajada javob qaytaradi va bu holat AQSH ham strategik darajada javob berishiga sabab boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular