Cho‘ntakdagi pichoq nimaga kerak?

Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston kolumnisti Dilshoda Rahmatova odamlarni hamisha o‘ylantirib kelgan: cho‘ntakdagi pichoq nimaga kerak, degan savolga javob topishga harakat qildi

O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda ayniqsa, yoshlar orasida agressiya holatlari - muammolarni muomala, muloqot bilan emas, pichoqbozlik bilan hal etishga intilish holatlari soni ko‘payayotganini kuzatish mumkin. Har holda oxirgi vaqtlarda hali Vatanga xizmati singmagan yoki O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro sahnalarda baland ko‘tarishga ulgurgan taniqli sportchilar bilan shunday holatlar sodir etilmoqda.

Olmaliqda fuqaro 18 yashar ukasining bo‘yniga bir necha marta pichoq sanchdi

...Burungi zamonlarda yigitning hamrohi ot, non va pichoq bo‘lgan. Bular hayotiy zaruratlar edi: avtomobil yo‘q, zamon notinch, hali har qadamda somsaxonalar qurilmagan. Zarur bo‘lgan-da!

Bugun ayrimlar uchun o‘sha qoidalar hamon amalda… Keyingi bo‘layotgan voqealarga, pichoqbozliklarga qaraganda qadriyatga ham aylanib ulgurganda o‘xshaydi. O‘zi shunday axir, har qanday ahmoqona odat ham bir avlod o‘tib, qadriyatga aylanib qolishi mumkin.

Yodingizda, bir-ikki sportchilar pichoqlangan edi. Yaqinda yasha shunday holat bo‘ldi – 23 yoshli Muslimbek Omonovni pichoqlab qo‘yishdi.

Qiziq tomoni, ushbu janjallarni sodir etganlarning qo‘liga pichoq o‘tsatdan tushib qolmagan. Uni yigitlar o‘zi bilan olib kelgan. Nima, ular qasddan shunday qilishganmi?  Aslini so‘rasangiz, ular pichoqni shunchaki har ehtimolga qarshi cho‘ntagiga solib kelgan bo‘ladi. Biroq buning huquqiy bahosi boshqacha: jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va uni qasddan sodir etish!

Shu holatda Chexovning teatr haqidagi gapi yodga tushadi: birinchi sahnada miltiq devorda osiqlik turgan bo‘lsa, oxirgi ko‘rinishgacha u otilishi kerak.

Toshkentdagi kollejda ikki o‘quvchi pichoqlandi: bir o‘quvchi vafot etdi

Pichoq masalasida ham shunday – pichoqni cho‘ntakka solib chiqdingmi, u baribir ishga tushadi. Buni o‘zing xohlamassan, lekin bu sening inon-ixtiyoringdagi narsa emas, endi.

Inson o‘ziga kerak bo‘lmagan matohni ko‘tarib yurmaydi, ko‘tarib yuribdim, demak ishlatadi. Ongli-ongsiz ravishda o‘zi bilan pichoq ovoldimi bu uning ko‘ngli buzuqliga ishora emasmi?

Albatta, yigitlar har doim qurolga ishqiboz bo‘lgan. Qurolni yoqtirishadi, go‘zallik, mukammallik timsoli deb bilishadi uni. Bu minglab yillar davomida ularning qoniga singib ketgan. Biroq insonning qonidan tashqari, ongi ham bor. O‘ylashi kerak emasmi?

Ko‘p eshitamiz, AQShda besababdan besabab fuqarolar yoppasiga otiladi, o‘ldiriladi. Buning har xil sabablarini aytishadi – esi joyida emas, hayotdan to‘yib ketgan, kimdandir xafa bo‘lgan. Bo‘lishi mumkin. Lekin bu holatlarni birlashtirib turgan sabab – odamlarda qurol bor, uni ishlatishni istashadi. Kamiga esa kinolar, televideniya jozibali, chiroyli qilib uning ishlatilishini namoyish etib turibdi. Odam falon pulga qurol olib, uni ishlatish lozim bo‘lgan holatni bir yil kutadi, ikki yil,ana, boringki, o‘n yil kutadi Holat esa yuz beravermaydi. Oqibatda kutish joniga tekkan qurolbardorning o‘zi holatni yaratishni istab qoladi...

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Retsidivist qo‘lga olindi: u pichoq bilan qarshilik ko‘rsatgan

Pichoq masalasida ham shunday.

Ko‘pni ko‘rganlar "qurolning devi bo‘ladi, odamni ko‘taradi", deyishadi. Kechki payt o‘zi bilan pichoq olib chiqqan odam uni ishlatishni istaydi-da va u yuzaga kelgan eng qulay holatdan foydalanib qolmoqchi bo‘ladi.

Albatta, odamlar uni "o‘zimni himoya qilishga oldim" deb o‘zini ham boshqalarni ham aldaydi. Pichoqdan qanaqa himoyachi chiqishi mumkin? U hujum vositasi.

Albatta, hamma ham “bugun bu bilan birovni pichoqlayman”, deb xayol qilmaydi, bu bilan o‘zi duch kelishi mumkin muammolarni yengil hal qilmoqchi bo‘ladi. Aslida esa, ko‘rapmizki, hayotda pichoq egasini o‘n, yuz barobar kattaroq muammolarga duchor qilmoqda. Bir begunoh hayotdan ko‘z yumib, ikkinchisi uzoq yillarga qamalishiga sabab bo‘ladi. Hammasi esa oddiy boshlangan edi – shunchaki muammoga duch kelsa, oson hal qilmoqchi edi…

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Pichoqlangan MIB xodimi prezident farmoniga ko‘ra "Jasorat" medali bilan taqdirlandi

Nihoyat tushunishimiz kerak, zamonlar o‘zgarapti, erkaklar uchun qurol go‘zal, mukammal narsa sanaladigan zamonlar ortda qoldi. Bu boradagi qadriyatlarni o‘zgartirish zamoni keldi.

Qurol bilan ko‘chaga chiqib, mamont ovlaydigan, dushmanlarni yer tishlatadigan zamonlar o‘tgan.

Allaqachon huquqiy davlat, huquqiy jamiyat qurilgan. Endi hammasini qurol emas, huquq hal qilmoqda. Endi qurol sizning himoyangizni ta’minlamaydi, aksincha, muamoingizni ko‘paytiradi, xolos!

Yangiliklar lentasi
0