12:14 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Politolog Aleksandr Perendjiyev

Ekspert: Oʻzbekistonning "Markaz-2019"dagi ishtiroki - ODKB sari qadamdir

© Sputnik Abxaziya
Analitika
Havola olish
52410

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi dotsenti, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perenjiyev Oʻzbekistonning "Markaz-2019"dagi ishtiroki qay tarzda uni ODKB bilan yaqinlashtirishi haqida soʻzladi

Oʻzbekiston 2012 yildan buyon KXSHT (ODKB) tarkibiga kirmaydi, biroq aʼzo-mamlakatlar bilan hamkorlikni ikkiqyolama asosda davom ettirib kelmoqda. Toshkentga tashrifi doirasida RF Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin oʻzbek deputatlariga ODKB assambleyasi Parlamentida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni taklif qildi.

Respublika ODKBga qaysi maqomda integrallashadi va bunga "Markaz-2019"dagi harbiy oʻquvlar qanday yordam beradi, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perenjiyev Sputnik radiosi efirida soʻzlab berdi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, bu oʻquvlar yangi texnikani oʻrganib olish va mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mashq qilib olish imkonini beradi.

Oʻquv mashgʻulotlarining eng yorqin voqealaridan biri - Oʻzbekiston ishtirokidir, sababi, respublika uzoq vaqt davomida bu kabi tadbirlarda ishtirok etishdan yiroq boʻlgan. Ekspertlarning aksariyati, Oʻzbekiston ODKB ishtirokchisi emas, balki sherigi boʻladigan birinchi davlat boʻlishini prognoz qilishmoqda. Bunday maqom ODKB aʼzosi boʻlishni istamaydigan, biroq tashkilot bilan hamkorlik qilishni istaydigan mamlakatlar uchun tashkil etilishi mumkin.

Asosiy mavzular