21:56 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Direktor Tsentra izucheniya mirovыx energeticheskix rыnkov VSHE Vyacheslav Kulagin

MO uchun yagona gaztaqsimlovchi markazni yaratish oson boʻlmaydi — ekspert

© Foto : Iz lichnogo arxiva Vyacheslava Kulagina
Analitika
Havola olish
120 0 0

Oʻzbekiston Energetika vaziri Toshkentda yagona muvofiqlashtiruvchi gaz taqsimlovchi markazni yaratishni taklif etdi. Iqtisodiyot oliy maktabi Jahon energetika bozorlarini oʻrganish markazi direktori Vyacheslav Kulaginning fikricha, bu faqatgina ayrim loyihalar uchun mos taklif

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari energetika vazirlari forumi boʻlib oʻtdi va tadbirda respublika energetika vazirligi rahbari Alisher Sultonov hamkasblarga Oʻzbekiston poytaxtida mintaqa uchun gaz taqsimlovchi yagona markazni yaratish masalasi ustida oʻylab koʻrishni taklif etdi. Vazir soʻzlariga koʻra, tegishli muzokaralar qozogʻistonlik sheriklar bilan boshlab yuborilgan, Osiyo taraqqiyot banki esa bu loyihani amalga oshirish uchun mablagʻ ajratishga tayyorligini bildirgan.

Rossiyalik ekspert fikricha, yagona muvofiqlashtiruvchi-taqsimlovchi gaz markazining yaratilishi samarali instrument boʻlishi mumkin edi, biroq bu loyiha uchun koʻplab masalalarni hal etish lozim.

"Umumiy foydalanish uchun qulay boʻlgan chegaraoldi infratuzilmalari mavjud. Biroq mamlakatlar oʻrtasida mavjud qarama-qarshiliklar va murakkab masalalar hali kam emas, shu bois, bunday markazni yaratish toʻgʻrisida kelishib olish oson kechmaydi. Har bir davlat ham oʻz gaz tizimi boshqaruvini boshqa davlatga topshirishga tayyor, deb boʻlmaydi, ayniqsa, gap, yoqilgʻini ichki bozorga yetkazib berish xususida ketayotgan boʻlsa. Lekin alohida loyihalar, deylik gazni Markaziy Osiyodan Xitoyga tranzit qilish uchun bunday markaz ayni muddao boʻlardi", - deb hisoblaydi Vyacheslav Kulagin.

U shuningdek, xuddi shunga oʻxshash, biroq regional koʻlamdagi xab Rossiyada ham borligini qoʻshimcha qildi. Ekspert soʻzlariga koʻra, bunda chegaralar va suveren mamlakatlar mavjud boʻlib, bu tajribmani aniq takrorlashning imkoni boʻlmasligi mumkin.

Ekspert izohini toʻliq Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular