20:59 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Proizvodstvo rastitelnogo masla

Daryo-daryo yogʻ: ekspert YEOIIga aʼzolik Oʻzbekistonga nima berishini aytdi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy
Analitika
Havola olish
84520

Saratov viloyati sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri va Saratov tumani rahbari Ivan Baboshkin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qaytish Oʻzbekistonga qanday naf keltirishi mumkinligini tushuntirdi

— Saratov viloyati — Rossiyada kungaboqar urugʻini yetishtiruvchi eng yirik regionlardan biri. Oʻzbekiston esa Rossiya kungaboqar yogʻini oladigan yirik importyorlardan biridir. Respublika uchun yogʻ sohasi qanchalik muhim?

— Oʻzbekistonliklar uchun kungaboqar yogʻi - ratsionning deyarli ajralmas qismidir. Aynan shu bois mamlakatda qayta ishlash korxonalariga yetkazib berilishi kerak boʻlgan xom-ashyo tanqisligidan tashvishlanishmoqda. U yerda haqiqatda defitsit mavjud - quvvatlar oxirigacha ishlamayapti.

Oʻzbekistondagi qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarini rossiyalik ishlab-chiqaruvchilar singari, oʻrtakash orqali ishlash holati tashvishlantiradi: yogʻ bilan bogʻliq vaziyatlarda - bu Qozogʻistondir, chunki asosiy daromadni u olib qolmoqda. Oʻzbekistonda yanada arzon xom-ashyoni xarid qilish uchun nima qilish kerak, degan masalaga oydinlik kiritishga harakat qilishmoqda. Qozogʻistonda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari kooperatsiyasi masalalariga bagʻishlangan anjumanda aytishdiki: asosiy muammo, Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) tarkibiga kirmasligida. Oʻzbekiston va RF ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida ishlovchi "yashil yoʻlak" esa, muzokara ishtirokchilari fikriga koʻra, yetarlicha samarali ishlamayapti.

Fikrimcha, YEOIIga aʼzo boʻlish - mavjud muammoning asosiy yechimini tashkil etadi.

— Oʻzbekiston hozirda Rossiya bilan regional darajada hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Saratov viloyati bilan qishloq xoʻjaligi sohasida qanday loyihalarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda?

— Bugun biz respublika jadallik bilan rivojlanayotganini koʻrib turibmiz, biznes uchun naqadar qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani guvohi boʻlyapmiz. Saratovlik tadbirkorlarning ham oʻzbekistonliklarga beradigan takliflari bor. Rossiya bozorlarida Oʻzbekistondan keltiriladigan pomidor, mevalar bor, biz esa birinchi navbatda moy beradigan oʻsimliklarni yetkazib berishdan manfaatdormiz, negaki respublikada yogʻ beruvchi oʻsimliklarni kerakli hajmda yetishtirishning iqlim shart-sharoitlari tufayli iloji yoʻq.

Bundan tashqari, bizning eksportchilarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Oʻzbekiston orqali Afgʻoniston tomonga tranzit qilish masalasi qiziqtiradi. Biz Saratov tumani logistik imkoniyatlaridan kengroq foydalanishni taklif etamiz, axir markaz va Rossiya janubiga eltuvchi asosiy yoʻllar biz orqali oʻtadi. Oʻzbekistonliklarga investitsiya maydonlarini taklif etmoqdamiz. Bizning tumanimiz hududida ulgurji-taqsimlovchi markazlar bor, va men oʻzbek hamkasblarimizni ular bizdagi imkoniyatlar bilan tanishishlari uchun II Saratov iqtisodiy forumiga taklif etdim.

Oʻzbek tadbirkorlari Saratov tumani hududida oʻrnashishlari, bizning ishlab-chiqaruvchilar esa Oʻzbekistonda oʻzlarini har jihatdan bekamu-koʻst his etishlarini xohlar edik. Oʻzaro manfaatli hamkorlik yanada kengroq va manfaatli shakl olishi kerak.

Asosiy mavzular