12:07 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vladimir Sokolov

Sokolov: ayollar siyosatga sunʼiy tarzda jalb etilishi kerak emas

© Foto : Iz lichnogo arxiva Vladimira Sokolova
Analitika
Havola olish
149 0 0

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) professori, falsafa fanlari doktori Vladimir Sokolov ayollarni siyosatga jalb etishda qanday mexanizm samaraliroq boʻlishi haqida fikr yuritdi.

Ekspert fikricha, mazkur muammo nafaqat Oʻzbekiston yoki Rossiya, balki butun dunyoda nihoyatda dolzarbdir. Gender tenglik barcha sohalarda, shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida teng mehnat sharoitlari yaratilishi orqali kuzatilishi lozim.

Bunday muammolar har yerda turlicha yechim topadi. Masalan, Yevropada hukumat, parlament va vazirliklarda davlat xizmatchilari umumiy sonining 30-40%ini ayollar tashkil etadi. Rossiyada ushbu koʻrsatkich oʻrtacha 20-25%ga teng, deydi Vladimir Sokolov Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida.

Albatta, butun dunyoda, ayollarning koʻp asrlik diskriminatsiyasi muayyan yechimlarni talab qiladi, ayniqsa, ayollar tarixan erkaklar bilan teng huquqqa ega boʻlmagan Sharq mamlakatlarida.

Ammo bunda rasmiyatchilikdan hamda masalaga mexanik tarzda yechim qidirishdan yiroq boʻlish kerak. Bunday jarayon tabiiy muhitda vujudga kelishi kerak, yuqoridan buyruqbozlik koʻrinishida emas.

"Ayol muayyan funktsiyalarni bajarishga tayyor boʻlishi va buning uchun jiddiy katta maktabni bosib oʻtgan boʻlishi kerak", - deb hisoblaydi ekspert.

Agar ayolning siyosatdagi ishtiroki sunʼiy oshirilsa, u holda bu zararli tendentsiyaga aylanadi va bunday tashabbuslardan foyda koʻp boʻlmaydi.

Ekspertning izohini toʻliq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular