06:46 12 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Novosibirskiy affinajnыy zavod

Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi – ekspert

© Sputnik / Valeriy Titiyevskiy
Analitika
Havola olish
160820

Dunyoning oltin bozori  soʻnggi 100 yilda ilk bor erkin suzishga chiqdi, endi dollar narxi keskin oshadi deb hisoblaydi ekspertlar.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi, sabab – u oxirgi 100 yilda ilk bor erkin suzishga qoʻyib yuborildi, deb hisoblaydi ekspert Maksim Rubchenko.

Gap shundaki, shu vaqtga qadar, dunyo bozorida oltin sotish hajmi va narxini, Angliya boshchiligidagi Yevropaning beshta yirik banki vakillari oʻzaro kelishilgan holda belgilar edi. Ushbu oltin nraxini belgilovchi tashkilot, aniqrogʻi klub - London oltin fiksingi - The London Gold Market Fixing Limited (LGMFL) deb atalar edi.

1919 yilning 12 sentyabrida tashkil qilingan ushbu klubga Angliya banki aniqrogʻi Rotshildlar oilasi boshchilik qilardi. Undan tashqari klubga  Barclays, HSBC, Deustsche Bank, Scotiabank va Societe Generale banklari rahbariyati ham aʼzo edi.

Oʻtgan 100  yil davomida ushbu “oltin klubi” bir necha bor oʻz manfaati yoʻli oltin narxini oshirish va kamaytirish bilan shugʻullanib keldi. Ulardan eng koʻzga koʻrinarli bir necha holatni sanab oʻtamiz.

1971 yilda AQSH – bundan buyon dollar oltin bilan taʼminlashdan voz kechganidan soʻng, oltinning narxi 35 baravar oʻsdi: 1 untsiyasiga - 35dollardan (1971 yilda) 850 dollargacha (1980 yilda).

Lekin SSSR daromadlarini kamaytirish kerak boʻlganda, uning asosiy eksport tovarlaridan biri boʻlgan oltinning narxi, hech qanday sababsiz 1 yil ichida (1982) untsiyasiga 300 dollarga tushdi.

Ayni shu vaqtda SSSRning ikkinchi asosiy eksport tovari – neft narxi ham Saudiya bilan kelishilgan holda sunʼiy tushirilganini koʻp marotaba eshitganmiz.

2014 va 2015 yillarga kelib “London oltin klubi”ning harakatlarida tobora koʻproq shubha paydo boʻladi va Germaniya va Kanadada bir necha sarmoyador va banklar “Oltin klubi” faoliyatini tekshirish uchun ularni sudga beradi. Davogarlar “Oltin klubi”ni oltin narxini koʻtarish, tushirish, barqarorlashtirish yoki boshva oʻzgarishlarni sunʼiy ravishda amalga oshirishda ayblaydilar.

1999 yilda Yevropada yangi kiritilayotgan valyuta – yevroni qoʻllab-qoʻvvatlash maqsadida, Angliya banki bilan oltin savdosini cheklash haqida shartnoma imzolashadi. Ushbu shartnoma har besh yilda uzaytirib kelinayotgan edi. Xususan 2004, 2009 va 2014 yillarda. Lekin bu yil Yevropa markaziy banki shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

“Oʻtgan davr mobaynida vaziyat jiddiy oʻzgardi – yevroning likvidligi oshdi, sarmoyadorlar ham koʻpaydi va shu bilan birga dollar narxi ham besh baravar oshdi, 260 dollardan – 1420 dollargacha”, - deb vaziyatga izoh berdi Yevropa banki.

Dunyoning oltin bozori  ilk bor mutlaq erkin suzishga chiqdi, endi dollar narxi keskin oshadi. Yaqin vaqt ichida birja narxi 2000 $dan oshishi mumkin, deb hisoblaydi Citibank va boshqa yirik moliya tashkilotlari eksperti.

Uoll-stritlik analitik Devid rozenberg esa “Men oltinni 3000 dollardan koʻrsam ham hayron boʻlmayman”, - dedi.

Asosiy mavzular