11:47 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
. Foto Aleksandra Xrolenko.

Ekspert: Tojikiston chegarasidagi keskinlashuv – jangarilarning puxta oʻylagan rejasi

© Aleksandr Xrolenko
Analitika
Havola olish
604 0 0

Rossiya Afgʻoniston faxriylari ittifoqi vakili Vyacheslav Nekrasov Tojikiston chegarasida jangarilarning faollashgani haqida gapirdi.

Rossiya Afgʻoniston faxriylari ittifoqi vakili Vyacheslav Nekrasov chegara yaqinidagi jangarilar muammolari haqida soʻzlab berdi.

“Men Afgʻonistonda 81-yildan buyon madaniyat, taʼlim va sport ishlari bilan shugʻullanaman. Jiddiy tadbirlar tashkil qilganimizda shunday holatlar boʻladiki, afgʻonlar uylaridan chiqishga xavfsirashadi, chunki portlashlar ostida qolib ketishdan qoʻrqishadi”, - dedi Nekrasov Sputnik Tojikiston bilan boʻlgan suhbatda.

Ekspert hozirda Afgʻonistonda 20 dan ziyod huqumatga qarshi terroristik guruhlar faoliyat olib borayotgani eslatib oʻtadi. Ushbu guruhlar faqat muayyan yordam boʻlgan vaqtda faol harakat qilishlari mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Shu bilan birga, aynan Afgʻonistonning shimoliy hududlarida harbiy keskinlashuv kuchaymoqda va bunda “sunʼiy ravishda yoʻnaltiruvchi qoʻl” borligi seziladi.

“Suriyadan jangarilar Buyuk Britaniya kemalarida Pokiston portlariga yetkazilmoqda va gap minglab kishilar haqida bormoqda”, - deya tushuntiradi Nekrasov.

“Tolibon” Tojikiston bilan chegaradagi afgʻon qishlogʻini bosib oldi

Ekspertning ishonchi komilki, bu Tojikiston bilan chegaradosh hududlarda vaziyatni beqarorlashtirishdagi jangarilarning puxta oʻylagan rejasidir.

Ekspertning toʻliq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq toliblar Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan yana bir hududni bosib olgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular