09:12 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Rossiya kapitalizm tufayli aroqdan voz kechmoqda  

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Analitika
Havola olish
131750

Rossiya yillar davomida milliy anʼanasi boʻlgan aroqdan voz kechmoqda - hammasiga "laʼnati" kapitalizm aybdor!

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti statistikasiga koʻra, oxiri 15 yil ichida Rossiyada alkogolli ichimliklar isteʼmol qilish 43%ga kamaygan. Aynan ushbu sabab Rossiyada erkaklar orasida oʻlim miqdori 39 %ga ayollar orasida 36 %ga kamaygan, hayot davomiyligi esa erkaklar uchun oʻrtacha 68 yosh va ayollar uchun – 78 yoshga yetgan

Magazinda alkogol mahsulotlar. Arxiv surat
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov

Ushbu maʼlumotlarga asoslangan holda JST Rossiya ildam qadamlar bilan alkogoldan voz kechmoqda, degan qarorga kelgan.

Hollivud filmlarida koʻrsatilgan aroqni butilkasi bilan ichadigan ruslar obrazini bugungi yosh rossiyaliklar umuman tushunmaydi. Axir soʻnggi vaqtda aroq ichadiganlar soni sezilarli darajada kamayib ketdi.

Rossiyaning eng yirik alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi bosh direktori aytishiga qaraganda Rossiya janubida uzumzorlar maydoni koʻpayib bormoqda. Kompaniya u yerda vino, jin va viski ichimliklari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Chunki aroq arzon va sifatli boʻlishiga qarmasdan – uni sotib olmay qoʻyishgan.

Nega bunday boʻldi, axir Rossiya xalqi azaldan koʻp aroq ichib kelgan-ku?- degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:

- Hammasiga “laʼnati” kapitalizm aybdor!  

Maʼlumki oldingi zamonlarda kishi gohida aroq ichib, ishga kelmasa ham, gohida mast holda ishlasa ham korxonalar bungi panja ortidan qarashgan, ichuvchi xodim yillar davomida ishlab yuravergan.  

Hozir esa, aksariyat ish beruvchilar tijorat va xususyi korxonalar. Ichuvchi va oʻz ishini bajarmaydigan xodim hech kimga kerak emas. Buni ishchilar ham yaxshi tushunib olishgan.

Ikkinchidan, Rossiya hukumati alkogolga qarshi kurashga qatʼiy bel bogʻlagan. Bunga 2003 yildan buyon aktsizlar tinimsiz oshirib kelinayotgani hamda magazinlarda alkogol sotish soat 22:00 da cheklangani ham oʻz hissasini qoʻshgan.

Uchinchidan, oldingi zamonlarda kichik shaharlarda ishsizlik darajasi oʻta yuqori boʻlgan, odamlar bekorchilikdan ham koʻp ichishgan. Hozir esa – iqtisod, qishloq xoʻjaligi sekin-asta tiklanib bormoqda. Koʻchada bekor sangʻib yurgan odamlar deyarli qolmagan. Hatto uzoq qishloqlarda ham ichuvchilar soni keskin kamayib ketgan.

Toʻrtinchidan, oldin ichib yoʻlga chiqqan haydovchi jarima bilan qutilish imkoni bor edi. Endi esa – u bir necha yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum boʻlishi aniq. Ustiga-ustak gai xodimlari ham pora olmay qoʻygan...  Buni ham oʻziga xos tarbiya desak boʻladi.

Bugungi kunda ommaviy mast holatdagi ruslarni faqat bir joyda koʻrish mumkin – Turkiyaning all-inclusive mehmonxonalarida. Ertaga ishga chiqish yoki avtomobil boshqarish kerak emasligini bilgan dam oluvchilar oʻzlarini erkin tutadi. Lekin bu holat albatta JST statistikasiga kirmagan. Kim bilsin, balkim endi turklar koʻproq “ichayotgandir”...   

Yana bir sabab – sobiq SSSRda turli koʻngilochar dam olish uslublari kam boʻlgan va aroq muhim  ijtimoiy, kommunikatsion dam olish vosita vazifasini bajargan. Odamlar tez-tez uchrashib oʻz doʻstlari bilan alkogol isteʼmol qilishar edi.

Soʻnggi yillarda esa, aroqdan boshqa koʻplab koʻngilochar vositalar paydo boʻldi. Masalan, internet, kompyuter oʻyinlari va hokazo. Bunday dam olish juda qulay, albatta. Hech qayerga borish, pul xarajat qilish talab etilmaydi. Lekin buning oqibatida odamlar oʻzaro muloqoti keskin kamaydi. Bir oʻzi boʻlganidan keyin kishining aroq ichgisi ham kelmaydi...  

Asosiy mavzular