10:43 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)
97401

MDHda hozirgi vaziyat va uning rivojlanish istiqbollari qanday? Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi Aleksandr Karavayev bu haqda.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik, Aleksandr Karavayev. Ashhobodda boʻlib oʻtgan sammitda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorlik va oʻzaro aloqalar tafsilotlarini aniqlab olish uchun zarur boʻlgan qator hujjatlar qabul qilindi. Ularning orasida asosiy hujjatlar boʻlgan MDHning kelgusi rivojlanish kontseptsiyasi va 2030 yilgacha MDHning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi kabilarning yangi nizomlari oʻrin egallagan. MDH va YEOII doirasida iqtisodiy aloqalar tarmoqlarini mukamallashtirishga imkon yaratuvchi tashqi hamkorlikning tizimli mexanizmlari muhokama qilindi. Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi Aleksandr Karavayev Sputnik uchun bular haqida soʻzlar ekan, munozaralarda ancha uzoq hamkorlar ham ishtirok etganini qayd etdi.

Hozirda MDHdagi vaziyat qanday, tashkilot bilan nimalar sodir boʻlyapti? Aytish kerakki, koʻplab iqtisodchilar mazkur qisqartma soʻz ostida 2011 yil imzolagan Erkin savdo zonasi toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlagan bir guruh davlatlarni tushunadi. 

Soʻnggi yillarda MDH guruhining YEOII bilan oʻzaro aloqalarni rivojlantirish darajasiga oʻtayotganlik tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu qay yoʻsinda davom etyapti? Masalan, kun tartibini modernizatsiya qilish impulslarini birlashtirish orqali. Qolaversa, Qozogʻiston prezidenti Toqayev YEIdagi Shengen shartnomasi singari MDH hududida ham umumiy viza rejimini joriy etish yuzasidan ilgari surgan taklifi ham umumiy vizasiz makon rejimi atrofidagi gʻoyalar jonlanishi bilan ayni vaqtda yuzaga chiqqanligi yuqoridagi fikrimizga tasdiq boʻla oladi.

YEOII davlatlari yagona moliya bozori tizimini tasdiqlashdi

YEOII-MDH yoʻnalishi boʻyicha sanoat hamkorligini taraqqiy ettirishning faol tarafdori boʻlib chiqayotgan Belarus prezidenti Lukashenkoning YEOII mintaqasi chegaralari boʻylab joylashgan qoʻshni mamlakatlarni birlashish dasturlariga “biriktirish” kabi taklifi ham huddi shu sohadan, deb ayta olamiz. Ehtimol, kelajakda bu Erkin savdo zonasi va YEOIIning barcha qatnashchilariga taaluqli boʻla oladi. Yuk tashish va qishloq xoʻjaligi transportini yigʻish koʻlami qator dunyo mamlakatlari, MDHdan tashqariga tarqalganligini hisobga olganda, Rossiya va Belarus iqtisodiy sohalari uchun bu allaqachon voqelik boʻlib qolgan.

Vizasiz makon, savdo-sotiq va siyosiy bufer

Sobiq ittifoq qulashidan postsovet integratsiyasigacha boʻlgan oʻtish davrini rasmiylashtirgan tashkilot – Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining 30 yillik yubileyigacha salkam ikki yil qoldi. Umumiy makonimizda sodir boʻlgan ijobiy oʻzgarishlarni koʻrish uchun maxsus “optika”dan foydalanish u qadar qiyin ham emas. Ayrimlarini sanab oʻtamiz.

Birinchidan, Hamdoʻstlik formati ochiq-oydin siyosiy-iqtisodiy va yanada keskin mojarolarning, va hatto u paytda endigina shakllangan yosh milliy davlatlar oʻrtasidagi harbiy sohadagi kelishmovchiliklar salohiyatini kamaytirish orqali sobiq ittifoq respublikalari oʻrtasidagi avvalgi aloqalar toʻxtatilishini, kutilgandek boʻlmasa-da, rasmiylashtirib berdi. Umumiy sovet uyi yugoslav stsenariysidan-da kuchliroq qulashi mumkin edi. Harbiy mojarolarning toʻrtta yirik oʻchogʻi (Moldova, Gruziya, Ozarbayjon va Tojikistondagi fuqarolar urushi) mavjudligiga qaramay, tashkilot hayotiy muhim iqtisodiy aloqalarni saqlab qolib, siyosiy bufer rolini oʻtab berdi.

Bular, shubhasiz, xalqlarimizning tarixiy umumiyligi, ilgarigi partiya yetakchilari oʻrtasidagi oʻzaro anglashish tamoyillari mavjudligi uchun ham mumkin boʻla oldi. Qolaversa, aynan MDHda ilgarigi iqtisodiy-xoʻjalik aloqalarni qoʻllagan va shuning barobarida, yangi huquqiy makon va suverenitetni tasdiqlagan yangi ikkitomonlama shartnomalar amalda tadbiq etildi.

Bundan MDHning ikkinchi roli kelib chiqadi: mavjud asosiy makon va erkinliklarni saqlab qolish. Eng avvalo, harakatlanish erkinligi – MDH ichida vizasiz safar qilish, hech shubhasiz, yangi mehnat bozorlarini vujudga keltirdi va iqtisodiyoti eng sust boʻlgan mamlakatlarni oʻz vaqtida qoʻlladi. Transportda yagona infrastrukturaga erkin yoʻl taʼminlanishi ham shular jumlasidan. Hozirda ayniqsa unutilayotgan hodisa – 1990 yillarda yosh shakllangan respublikalarda yangi valyuta hosil boʻlgunga qadar rublning erkin qoʻllanishini aynan MDH taʼminlagandi. Rubl qoʻllanilish makoni, dollarizatsiyaga qaramay, oyoqqa turayotgan milliy valyutalarga qator yillar davomida bufer rolini oʻtadi. Tabiiyki, bu bufer har doim ham dosh berganicha yoʻq. Buning uchun 1998 yilgi defoltni eslash kifoya. Shunday boʻlsa-da, rubl ham ilgari va ham yangi sharoitlarda sezilarli kuchga ega.

Nihoyat, uchinchi rol – YevrAzEs (Rossiya, Qozogʻiston, Belarus) markaziy oʻqi oʻrtasida shakllana boshlagan yangi joriy savdo rejimlariga umumiy savdo makonining (1994-2011 yillarda MDH Erkin savdo zonasi) iqtisodiy tranzitini bosqichma-bosqich shakllantirish. YevrAzEs, istiqbolda, butun MDH uchun tortishuv kuchi boʻlib xizmat qiluvchi YEOIIga aylanadi.

Manfaatli tranzit

Ashhobodda Vladimir Putin eʼtiborga loyiq taklif kiritdi – YEOII oliy kengash yigʻilishlariga MDH rahbarlarini taklif qilish. Bu orqali norasmiy muzokaralar muhiti shakllanadi, kelgusida esa ushbu mamlakatlarning asta-sekinlik bilan YEOIIda kuzatuvchi statusiga oʻtishiga zamin yaratadi.

Aslini olganda, ikki tashkilot oʻrtasidagi ichki savdo rejimlar koʻp hollarda oʻxshash boʻlmoqda (birlashma aʼzolari mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun QQS stavkasining bekor qilinishi, ST-1 sertifikati joriy etilishi). MDHning “qoldiqlari” YEOII umumiy tarif bazasi darajasiga yetkazilganda, kelgusi bosqichda savdo toʻsiqlarni pasaytirish, kodifikatsiya va texnik reglamentlarni joriy etish kabilar ustidan faoliyat olib boriladi.

Ekspert Oʻzbekiston va Tojikiston YEOIIga kirish imkoniyatlarini baholadi

MDH doirasida 190 mlrd. AQSH dollarlik oʻzaro savdo mavjud. Demakki, Hamdoʻstlikka barcha ishtirokchilar manfaati yoʻlida mustahkamlanishi va kengaytirilishi kerak boʻlgan “orolcha” singari qarash kerak. YEOII markazida amaliyotdan oʻtgan va adaptatsiya qilingan elektron savdo, raqamli platforma, davlat boshqaruvi islohoti va boshqa elementlar koʻrinishida MDH makonida yangi texnologik “ustki qavat”ni tadbiq etish ham shular jumlasidandir.

Zotan, 2030 yilgacha tashkilotni rivojlantirish strategiyasining asl mohiyati ham shunda.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)

Asosiy mavzular