14:20 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Neftyanыe stanki-kachalki

Dunyoda qancha neft qolgan va u qachon tugaydi?

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Analitika
Havola olish
105920

Buyuk Britaniyaning BP Statistical Review of World Energy yillik hisobotiga koʻra, joriy yil boshiga kelib dunyoda neftning oʻrganilgan umumiy hajmi 1,7 trillion barrelga tenglashdi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik, Aleksandr Lesnыx. IHS Markit tahlillariga muvofiq, dunyoda yangi anʼanaviy neft konlarini oʻrganish 70 yil ilgarigi koʻrsatkichlargacha tushdi. Huddi shu zamon, Amerikaning slanets qazilmasining oʻsish surʼatlari birinchi yarimyillikda ramziy 1% gacha qisqardi. Bu 2018 yilgi huddi shunday muddatlar bilan solishtirganda 7 baravar kam.

RIA Novosti tadqiqoti boʻyicha, yaqin yillarda qora oltin qazilmasi oʻz rentabelligini yoʻqotadi va butun insoniyat energiyaning muqobil manbalariga diqqatini qaratishga majbur boʻladi.

Dastlabki hisobotlar

Britaniyalik BP Statistical Review of World Energyning yillik hisobotlariga koʻra, joriy yil boshiga kelib dunyoda neftning oʻrganilgan umumiy hajmi 1,7 trillion barrelga tenglashadi. Qora oltinning eng yirik zahiralari Venesuelada boʻlib, ular 303 mlrd barrelni tashkil etadi. Saudiya Arabistoni 297 mlrd barrel bilan bu navbatda bir oz orqada qoladi. Keyingi oʻrinlarda – Kanada (167 mlrd), Eron (155 mlrd), Iroq (147 mlrd) va Rossiya (109 mlrd). Shu orada AQShning qora oltin zahiralari ancha past koʻrstakichga egaligi (61 mlrd barrel) qayd etilgan.

Taʼkidlash joizki, oʻtgan yilning oʻzidayoq jahon bozori neft tanqisligi bilan yuzlashdi. Yer ostidan kuniga 94,7 mlrd barrelni qazib chiqarish orqali butun dunyoda neft 5,5 %ga koʻproq (99,8 million) yoqib yubormoqda. Bu OPEK mamlakatlarining maqbul narx-navolarni saqlab qolish uchun qazilmalarini sunʼiy qisqartirishni boshlagani bilan bogʻliq.

Bu kabi koʻrsatkichlar davom etishi bilan neft butun insoniyatga yana 50 yilga yetadi. Ammo muammo shundaki, aniq oʻrganib tasdiqlangan zahiralar hech narsaga kafil boʻla olmaydi, chunki qazilmalar har doim ham harajatlarni oqlamaydi. Joriy yil oktyabr boshidagi koʻrsatkichlarga koʻra, Rossiya yer osti zahiralari inventarizatsiya qilinib, mavjud mahalliy neft konlarining 67%i daromadli deb topildi. Neftning taxminan uchdan bir qismi ularni ishlab chiqilishiga ketadigan harajatlarni oqlamayotganligi ham tahlil hisobotida qayd etiladi.  

Xitoyda ham shunga oʻxshash holat kuzatiladi. Bir hafta ilgari PetroChina (Xitoy milliy neft va gaz korporatsiyasi - CNPCning shoʻʼba korxonasi) mamlakat shimoli-gʻarbida joylashgan Sichuan chuqurida uglevodorodlarning ulkan zahiralarini aniqladi. Xususan, u yerda 358 million tonna neft (2,6 milliard barrel) va 740 milliard kubometr slanets gazi topildi.

Ammo ekspertlar bu zahiralar yer qarʼidan tashqariga chiqishiga shubha bildirmoqda. Ularning qazib chiqarilishi nafaqat transportirovka uchun quriladigan infrastrukturaga, shu bilan birga yoqilgʻini qayta ishlashga va qazib olish texnologiyalariga sarflanadigan kattadan-katta sarmoyalarni talab qiladi. Zahiralarning asosiy qatlamlari 3,5 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Gidroyorilishga (suv nasoslar orqali quduqlarga quyilib, u bosim ostida qatlamlarni yorib chiqaradi va yoqilgʻining tashqariga chiqishiga olib keladi) oʻxshagan usullar bunday chuqurlikda samarasiz boʻlibgina qolmay, halokatli yer silkinishlariga ham olib kelishi mumkin. Ushbu maʼnoda XXR uchun neft, truboprovod gazi va quyiltirilgan tabiiy gazni import qilish arzonga tushadi hamda bu xavfsizroq deb ham topiladi.

Slanets barchasidan bardoshlimi?

IHS Markit tahlilchilarining hisobotiga qaraganda, 2014 yilda neft narxlarining tushishi neft va gaz sohasi investorlari anʼanaviy loyihalarga emas, balki slanets neftni qazib chiqarishdagi istiqbolli texnologiyalarga mablagʻ ajratishni afzal koʻrdilar.

Slanets konlarida qazilma ishlarini olib borish chuqur suv ostida olib boriladigan qazilma ishlaridan kamroq vaqt talab qiladi va pirovardida, investitsiyalarning qoplanishini tezroq taʼminlaydi. 

Shunday boʻlishiga qaramasdan, AQSH sanoati statistik maʼlumotlariga koʻra, slanets nefti faqatgina vaqtincha yechim boʻlib chiqdi. Joriy yilning birinchi yarimyilligida oʻtgan 2018 yilgi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda, mamlakatda yer ostidan bor-yoʻgʻi 1% ga koʻproq neft qazib chiqarildi, vaholanki undan oldingi 2017 yilda oʻsish 7%ga teng edi.

Bunday holat asosiy konlarning tugallanganidan dalolat beradi. Avgustning oʻzidayoq, Wood Mackenzie tahlilchilari AQShning slanetsga boy mintaqasi – Perm basseynida (Permian basin) qazib chiqarilayotgan neftning tarkibida suv hajmlari sezilarli darajada koʻtarilayotganiga eʼtiborini qaratgandi.

Joriy yilning birinchi yarimyilligida Perm basseynidagi yangi aniqlangan quduqlardan 2018 yilga qaraganda 12% ga, 2017 yil bilan solishtirganda esa 16% ga kamroq slanets qazib chiqarilgan. Bunday sharoitlarda neftchilar yanada koʻproq quduqlarni qazib chiqarishga majbur boʻlyapti. Hatto bir barrelning narxi 60 dollarga teng boʻlgan bir paytda, yaʼni tadbir oʻta daromadsiz hisoblangan taqdirda ham bu faoliyat toʻxtatilganicha yoʻq. Ekspertlar taʼkidlashicha, agar qora oltin 10 dollarga qimmatlasa ham, AQShda slanets qazib chiqarish kuniga 200 ming barrelga oʻsadi, bu ham oʻtgan yilgi koʻrsatkichga qaraganda ancha past.

Natijada, slanets ishlab chiqaruvchilarining vaʼdalariga qaramasdan, investorlarning harajatlari qoplanganicha yoʻq: soʻnggi 10 yil mobaynida ular daromad koʻrgan narxdan 200 mlrd AQSH dollardan ziyod mablagʻ sarflaganliklari aniqlandi.

Vaqt oz qoldi

Kamayib borayotgan neft muammosi, tabiiyki, Rossiyada ham oʻtkazilayotgan tahlillar diqqat-eʼtiborida. “Agar hech nima qilmasak, salbiy oqibatlar bilan erta yuzlanishimizga toʻgʻri keladi. 2018 yil koʻrsatkichlari boʻyicha 553 million tonna qazib topilgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 570 millionga chiqishi kutilmoqda. Bundan keyin koʻrsatkichlar asta-sekin pasaya boshlaydi va 2035 yilda qazilmalar 310 milliongacha tushishi mumkin boʻladi, yaʼni 234 million tonna - umumiy qazib chiqarish hajmidan salkam 44% yoʻqotiladi”, - deb sentyabr oʻrtasida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak eʼlon qilgandi.

Rossiyaning 2035 yilgacha energetik strategiyasi loyihasida vazirlik vakillari tomonidan 2030 yilga kelib, qora oltinga boʻlgan ehtiyoj butun dunyo boʻylab tusha boshlaydi, deya prognoz qilgan. Xalqaro energetika agentligida ham huddi shunday gʻoya qoʻllab-quvvatlanmoqda. Agentlik ekspertlarining fikricha, butun dunyo boʻylab neftga boʻlgan ehtiyoj oʻz choʻqqisiga 2025 yilga kelib yetadi, undan soʻng bozor “ishtahalari” pasaya boshlaydi. Buning sababi etib muqobil energetika manbalari – gaz, shamol generatsiyasi, atom va gidroenergetikaga oʻtish koʻrsatilmoqda.

Asosiy mavzular